https://oz.sputniknews.uz/20221202/ssv-ozbekistonda-omikronning-qaysi-shakli-eng-keng-tarqalganini-aytdi-30445943.html
SSV O‘zbekistonda omikronning qaysi shakli eng keng tarqalganini aytdi
SSV O‘zbekistonda omikronning qaysi shakli eng keng tarqalganini aytdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda “omikron” shtammining qaysi turi keng tarqalayotganini aniqlash uchun o‘rganish o‘tkazildi. 02.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-02T17:55+0500
2022-12-02T17:55+0500
2022-12-02T17:55+0500
jamiyat
covid-19 umumjahon pandemiyasi
omikron shtammi
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0d/23944755_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_6c995406b57c20fedff5683f48bba8ba.jpg
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining “omikron” shtammining VA.5 subvarianti dominant versiyaga aylandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Shundan so‘ng ushbu tahlillar Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilg‘or texnologiyalar markazida sekvenlash jarayonidan o‘tkazilgan. Natijada 27 nafar bemor “omikron” shtammining BA.5 subvarianti bilan zararlangani aniqlangan.Vazirlik noyabr oyida mamlakatda koronavirusga chalinish ortayotganiga to‘xtalib, o‘sish dinamikasi, avvalo, kunlar sovib, odamlar asosiy vaqtini yopiq bino va inshootlarda o‘tkazayotgani bilan bog‘liq ekanini ta’kidlagan. Qolaversa, COVID-19 ning yuqumlilik darajasi yuqori bo‘lgan yangi mutatsiyalari bemorlar soni ko‘payishiga sabab bo‘lyapti.Ma’lumot uchun, BA.5 subvariantining yashirin davri boshqa shtammlar singari 5-6 kun emas, 2-3 kunni tashkil etapti.Uning asosiy belgilari:Shuningdek, ba’zi hollarda kuchli va xurujli yo‘tal, ko‘krak qafasida og‘riq, nafas qisishi va havo yetishmaslik belgilari yuzaga kelmoqda.Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanovning so‘zlariga ko‘ra, bu virus bilan kasallangan bemorlarda o‘pka to‘qimasining zararlanishi 30-40 foiz holatlarda kuzatilmoqda. Bunday holatlar asosan uy sharoitida yoki ba’zi xususiy klinikalarda antibiotik, gormon preparatlari hamda tomchi dorilarni tomir ichiga maqsadsiz va palapartish qabul qilgan bemorlarda uchrayapti.Eslatib o‘tamiz, 1-dekabr kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida jami 159 kishida koronavirus aniqlandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0d/23944755_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_ed6fafab526a3f0e4bda90a847c286ea.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi, omikron shtammi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
jamiyat, covid-19 umumjahon pandemiyasi, omikron shtammi, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
SSV O‘zbekistonda omikronning qaysi shakli eng keng tarqalganini aytdi
O‘zbekistonda “omikron” shtammining qaysi turi keng tarqalayotganini aniqlash uchun o‘rganish o‘tkazildi.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining “omikron” shtammining VA.5 subvarianti dominant versiyaga aylandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mamlakatda hozirgi kunda “omikron”ning qaysi subvarianti dominant versiyaga aylanganini aniqlash maqsadida joriy yil 10-12 noyabr kunlari Respublika maxsus 1-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasiga gospitalizatsiya qilingan 27 nafar bemordan tibbiy namunalar olingan.
Shundan so‘ng ushbu tahlillar Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilg‘or texnologiyalar markazida sekvenlash jarayonidan o‘tkazilgan. Natijada 27 nafar bemor “omikron” shtammining BA.5 subvarianti bilan zararlangani aniqlangan.
Vazirlik noyabr oyida mamlakatda koronavirusga chalinish ortayotganiga to‘xtalib, o‘sish dinamikasi, avvalo, kunlar sovib, odamlar asosiy vaqtini yopiq bino va inshootlarda o‘tkazayotgani bilan bog‘liq ekanini ta’kidlagan. Qolaversa, COVID-19 ning yuqumlilik darajasi yuqori bo‘lgan yangi mutatsiyalari bemorlar soni ko‘payishiga sabab bo‘lyapti.
Ma’lumot uchun, BA.5 subvariantining yashirin davri boshqa shtammlar singari 5-6 kun emas, 2-3 kunni tashkil etapti.
tana haroratining gektik (41 darajagacha) ko‘tarilishi;
bosh va mushaklarda kuchli og‘riq;
konyuktivit (10 foiz holatda);
rint va tonzilit (40 foiz holatda);
diareya (10 foiz holatda) yuzaga kelishi kuzatilmoqda.
Shuningdek, ba’zi hollarda kuchli va xurujli yo‘tal, ko‘krak qafasida og‘riq, nafas qisishi va havo yetishmaslik belgilari yuzaga kelmoqda.
Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanovning so‘zlariga ko‘ra, bu virus bilan kasallangan bemorlarda o‘pka to‘qimasining zararlanishi 30-40 foiz holatlarda kuzatilmoqda. Bunday holatlar asosan uy sharoitida yoki ba’zi xususiy klinikalarda antibiotik, gormon preparatlari hamda tomchi dorilarni tomir ichiga maqsadsiz va palapartish qabul qilgan bemorlarda uchrayapti.
Eslatib o‘tamiz, 1-dekabr kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida jami 159 kishida koronavirus aniqlandi.