https://oz.sputniknews.uz/20221202/rossiyaliklar-yangi-yilni-otkazish-uchun-qoshni-davlatlarni-tanlashdi-30452799.html
Rossiyaliklar yangi yilni o‘tkazish uchun qo‘shni davlatlarni tanlashdi
Rossiyaliklar yangi yilni o‘tkazish uchun qo‘shni davlatlarni tanlashdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaliklar Yangi yilda vizasiz borish mumkin bo‘lgan, til va valyuta jihatidan to‘siqlar yo‘q manzillarni tanlashmoqda. Bunday davlatlar orasida MDH mamlakatlari... 02.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-02T20:20+0500
2022-12-02T20:20+0500
2023-04-05T18:42+0500
turizm
belarus
o‘zbekiston
qozog‘iston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/1b/21955785_0:112:3245:1937_1920x0_80_0_0_9086654396c0dd1e6d4af7f83687ef37.jpg
TOShKENT, 2 dek - Sputnik. Rossiyaliklar sayohat manzillari tanlashda ko‘proq qo‘shni mamlakatlarda muqobil izlay boshladilar. Rossiya Turoperatorlari Assotsiatsiyasi (ATOR) ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning eng yirik turoperatorlari yangi yil bayramlari uchun qo‘shni mamlakatlarga turlarga bo‘lgan talabning o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10-80 foizga oshganini qayd etdi.Belarusiya: zubr tomosha qilish va xaridlar uchunBelorussiya - rossiyaliklar orasida Yangi yil bayramlari kunida so‘zsiz etakchiga yo‘nalishga aylandi. Sayyohlik agentliklari alyansi (ATA) vitse-prezidenti Aleksandr Mkrtchanning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shni davlatlarga sayohat qilishni rejalashtirgan rossiyaliklarning yarmidan ko‘pi Belarusni tanlagan. Sayyohlar u yerga asosan poyezdlar va shaxsiy avtoulovlarda boradilar, ammo ba’zilari samolyotdan ham foydalanadilar. Yangi yil bayramlari uchun rossiyaliklar tomonidan sotib olingan chiptalarning umumiy sonining 2,6 foizi Belarus hissasiga to‘g‘ri keladi (OneTwoTripga asosan).Belorussiya yil bo‘yi rossiyaliklarni yaqin xorijdagi boshqa mamlakatlarga qaraganda ko‘proq qiziqtirdi, dedi Sputnik muxbiriga "Alean" milliy turoperatori tijorat direktori Oksana Bulax. Sayohlarni asosian mahalliy sog‘lomlashtirish maskanlari, go‘zal joylarda qishloq mehmonxonalarida hordiq chiqarish, ekskursiya dasturlariga qiziqish bor. Shuningdek, bu yil rossiyaliklar Belarusga xarid maqsadlarida ham borib Minsk mehmonxonalarida qolishmoqda”, - deydi Bulax.Yevropani tomosha qilishni istaydigan rossiyaliklarga Aleksan Mkrtchan Belarusga, ayniqsa uning g‘arbiy qismi – Grodno shahriga borishni maslahat beradi. “Bu Yevropaning ajoyib qismi, u yerga vizasiz va hatto pasportsiz ham borishingiz mumkin”, deb tushuntiradi Mkrtchan.Armanistonga "Tinchlik" bilanRossiyaliklar orasida umumiy talab soni bo‘yicha ikkinchi mamlakat (ATA ma’lumotlariga ko‘ra) va bron qilingan aviachiptalar reytingida MDH davlatlari orasida birinchi (OneTwoTrip ma’lumotlariga ko‘ra) Armaniston bo‘ldi. Biroq Rossiya sayyohlik sanoati ittifoqi vitse-prezidenti Yuriy Barzikinning so‘zlariga ko‘ra, Armanistonda tranzit yo‘lovchilar ko‘p. “Rossiya Federatsiyasining ko‘plab fuqarolari u yerga sayyohlik maqsadida borishadi, biroq u yerda kim sayyoh ekanligini, kim boshqa mamlakatlarga tranzitda ketayotganini va kim qarindoshlarinikiga tashrif buyurayotganini aniqlash oson emas”, — deya izoh berdi ekspert.Armaniston juda arzon davlat, dedi Aleksan Mkrtchan, u yerda rossiyaliklarga yaxshi munosabatda bo‘lishadi. Til yoki rubl bilan bog‘liq hech qanday muammolar ham yo‘q. MIR kartalari qabul qilinadi. Yana Rossiyaning 15 ta shahridan Armanistonga uchish mumkin.Qozog‘iston va O‘zbekistonga nafaqat "karta-turlar" uchun boradilar.Uchinchi o‘rinda rossiyaliklar talabi bo‘yicha (ATA ma’lumotlariga ko‘ra) Qozog‘iston. Bu yerni sibirliklar yaxshi ko‘rishadi, deb ta’kidlaydi Yuriy Barzikin: "Odamlar ta’tilga ham, boshqa maqsadlarda ham boradilar. Qozog‘iston, ayniqsa, Rossiyaning Osiyo qismida mashhur joy, chunki uchish yaqinroq. Yangi yil bayramlarida ushbu respublikaning sanatoriy-kurort qismi ham faol yuklanadi”, - deya tushuntiradi mutaxassis. Shuningdek, u Rossiya va Qozog‘iston turoperatorlarining Qozog‘istonga paketli turlari borligini ta’kidlaydi.Qozog‘iston ham qo‘shni Qirg‘iziston kabi "karta-turlar" uchun ham rossiyalik xaridorlar uchun jozibador bo‘lib qolmoqda. Biroq, unga bo‘lgan talab allaqachon pasaymoqda, deydi Aleksan Mkrtchan. “Ko‘pgina mamlakatlarda kartalarni masofadan rasmiylashtirish joriy qilingan. Bu o‘rtacha 25 ming rublni tashkil qiladi va bu mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashrif buyurganindan ko‘ra ancha arzon bo‘lib chiqadi", - deya tushuntiradi ekspert.ATA ma’lumotlariga ko‘ra, talab yuqori beshlikka Gruziya va O‘zbekiston kirdi. Birinchi mamlakat ruslarni milliy taomlari, qorli Gudauri va qiziqarli ekskursiya qismi bilan o‘ziga jalb qiladi. O‘zbekiston esa - o‘ziga xosligi va mehmondo‘stligi bilan.Rossiyaliklar sayohatni qanday tashkil qilishadiRST kuzatuvlari shuni ko‘rsatadiki, rossiyaliklarning yarmi qo‘shni mamlakatlarga mustaqil ravishda sayohat qiladi. "Bu yerda mantiq shunday - Manzil qancha uzoq bo‘lsa, sayyohlar shunchalik operatorga ishonishadi. Mamlakat ichida sayohat qilayotgan barcha ruslarning 80% mustaqil sayyohlardir. Yaqin xorijga sayohat qilganlarning 50 foizi. Uzoq xorij davlatlariga esa - atigi 10 foizi mustaqil sayyohlar. Aksariyat paketli ekskursiyalarni xarid qilishni afzal ko‘rishadi ", - deydi Yuriy Barzikin.“Yangi yil bayramlari uchun aviachiptalar narxi (29.12. dan 10.01 gacha) har qanday yo‘nalishlar uchun qimmatlashdi. Ammo hozirgi kunlarda (01.12 dan 20.12 gacha) eng past davr. Keyingi narxlar faqat ko‘tariladi. Yangi yil uchun vaucherlarning o‘zi qimmatroq bo‘lishini tushunishingiz kerak, lekin bir necha kun kutsangiz, u allaqachon arzon bo‘ladi. "Yuqori sanalar" yuqori narxlarni anglatadi, - deydi Aleksandr Mkrtchan.
belarus
o‘zbekiston
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/1b/21955785_256:0:2987:2048_1920x0_80_0_0_c2de69dd1a59d8cc53e8ab90776703c9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, belarus, o‘zbekiston, qozog‘iston, rossiya
turizm, belarus, o‘zbekiston, qozog‘iston, rossiya
Rossiyaliklar yangi yilni o‘tkazish uchun qo‘shni davlatlarni tanlashdi
20:20 02.12.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) Rossiyaliklar Yangi yilda vizasiz borish mumkin bo‘lgan, til va valyuta jihatidan to‘siqlar yo‘q manzillarni tanlashmoqda. Bunday davlatlar orasida MDH mamlakatlari yetakchi bo‘lmoqda. Batafsil - Sputnik materialida.
TOShKENT, 2 dek - Sputnik. Rossiyaliklar sayohat manzillari tanlashda ko‘proq qo‘shni mamlakatlarda muqobil izlay boshladilar. Rossiya Turoperatorlari Assotsiatsiyasi (ATOR) ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning eng yirik turoperatorlari yangi yil bayramlari uchun qo‘shni mamlakatlarga turlarga bo‘lgan talabning o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10-80 foizga oshganini qayd etdi.
Belarusiya: zubr tomosha qilish va xaridlar uchun
Belorussiya - rossiyaliklar orasida Yangi yil bayramlari kunida so‘zsiz etakchiga yo‘nalishga aylandi. Sayyohlik agentliklari alyansi (ATA) vitse-prezidenti Aleksandr Mkrtchanning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shni davlatlarga sayohat qilishni rejalashtirgan rossiyaliklarning yarmidan ko‘pi Belarusni tanlagan. Sayyohlar u yerga asosan poyezdlar va shaxsiy avtoulovlarda boradilar, ammo ba’zilari samolyotdan ham foydalanadilar.
Yangi yil bayramlari uchun rossiyaliklar tomonidan sotib olingan chiptalarning umumiy sonining 2,6 foizi Belarus hissasiga to‘g‘ri keladi (OneTwoTripga asosan).
Belorussiya yil bo‘yi rossiyaliklarni yaqin xorijdagi boshqa mamlakatlarga qaraganda ko‘proq qiziqtirdi, dedi Sputnik muxbiriga "Alean" milliy turoperatori tijorat direktori Oksana Bulax. Sayohlarni asosian mahalliy sog‘lomlashtirish maskanlari, go‘zal joylarda qishloq mehmonxonalarida hordiq chiqarish, ekskursiya dasturlariga qiziqish bor. Shuningdek, bu yil rossiyaliklar Belarusga xarid maqsadlarida ham borib Minsk mehmonxonalarida qolishmoqda”, - deydi Bulax.
Yevropani tomosha qilishni istaydigan rossiyaliklarga Aleksan Mkrtchan Belarusga, ayniqsa uning g‘arbiy qismi – Grodno shahriga borishni maslahat beradi. “Bu Yevropaning ajoyib qismi, u yerga vizasiz va hatto pasportsiz ham borishingiz mumkin”, deb tushuntiradi Mkrtchan.
Armanistonga "Tinchlik" bilan
Rossiyaliklar orasida umumiy talab soni bo‘yicha ikkinchi mamlakat (ATA ma’lumotlariga ko‘ra) va bron qilingan aviachiptalar reytingida MDH davlatlari orasida birinchi (OneTwoTrip ma’lumotlariga ko‘ra) Armaniston bo‘ldi. Biroq Rossiya sayyohlik sanoati ittifoqi vitse-prezidenti Yuriy Barzikinning so‘zlariga ko‘ra, Armanistonda tranzit yo‘lovchilar ko‘p. “Rossiya Federatsiyasining ko‘plab fuqarolari u yerga sayyohlik maqsadida borishadi, biroq u yerda kim sayyoh ekanligini, kim boshqa mamlakatlarga tranzitda ketayotganini va kim qarindoshlarinikiga tashrif buyurayotganini aniqlash oson emas”, — deya izoh berdi ekspert.
Armaniston juda arzon davlat, dedi Aleksan Mkrtchan, u yerda rossiyaliklarga yaxshi munosabatda bo‘lishadi. Til yoki rubl bilan bog‘liq hech qanday muammolar ham yo‘q. MIR kartalari qabul qilinadi. Yana Rossiyaning 15 ta shahridan Armanistonga uchish mumkin.
Qozog‘iston va O‘zbekistonga nafaqat "karta-turlar" uchun boradilar.
Uchinchi o‘rinda rossiyaliklar talabi bo‘yicha (ATA ma’lumotlariga ko‘ra) Qozog‘iston. Bu yerni sibirliklar yaxshi ko‘rishadi, deb ta’kidlaydi Yuriy Barzikin: "Odamlar ta’tilga ham, boshqa maqsadlarda ham boradilar. Qozog‘iston, ayniqsa, Rossiyaning Osiyo qismida mashhur joy, chunki uchish yaqinroq. Yangi yil bayramlarida ushbu respublikaning sanatoriy-kurort qismi ham faol yuklanadi”, - deya tushuntiradi mutaxassis. Shuningdek, u Rossiya va Qozog‘iston turoperatorlarining Qozog‘istonga paketli turlari borligini ta’kidlaydi.
Qozog‘iston ham qo‘shni Qirg‘iziston kabi "karta-turlar" uchun ham rossiyalik xaridorlar uchun jozibador bo‘lib qolmoqda. Biroq, unga bo‘lgan talab allaqachon pasaymoqda, deydi Aleksan Mkrtchan.
“Ko‘pgina mamlakatlarda kartalarni masofadan rasmiylashtirish joriy qilingan. Bu o‘rtacha 25 ming rublni tashkil qiladi va bu mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tashrif buyurganindan ko‘ra ancha arzon bo‘lib chiqadi", - deya tushuntiradi ekspert.
ATA ma’lumotlariga ko‘ra, talab yuqori beshlikka Gruziya va O‘zbekiston kirdi. Birinchi mamlakat ruslarni milliy taomlari, qorli Gudauri va qiziqarli ekskursiya qismi bilan o‘ziga jalb qiladi. O‘zbekiston esa - o‘ziga xosligi va mehmondo‘stligi bilan.
2022 yilda O‘zbekistonga sayyohlar oqimi 25 foizga oshdi, dedi Sputnik muxbiriga Rossiya Turoperatorlari uyushmasi (ATOR) ijrochi direktori Maya Lomidze. Yuriy Barzikin esa “Toshkent, Samarqand, Buxoroga paketli turlar borligiga e’tibor qaratadi. O‘zbekistonga Moskvadan ham, Rossiya viloyatlaridan ham reyslar bor”.
Rossiyaliklar sayohatni qanday tashkil qilishadi
RST kuzatuvlari shuni ko‘rsatadiki, rossiyaliklarning yarmi qo‘shni mamlakatlarga mustaqil ravishda sayohat qiladi.
"Bu yerda mantiq shunday - Manzil qancha uzoq bo‘lsa, sayyohlar shunchalik operatorga ishonishadi. Mamlakat ichida sayohat qilayotgan barcha ruslarning 80% mustaqil sayyohlardir. Yaqin xorijga sayohat qilganlarning 50 foizi. Uzoq xorij davlatlariga esa - atigi 10 foizi mustaqil sayyohlar. Aksariyat paketli ekskursiyalarni xarid qilishni afzal ko‘rishadi ", - deydi Yuriy Barzikin.
“Yangi yil bayramlari uchun aviachiptalar narxi (29.12. dan 10.01 gacha) har qanday yo‘nalishlar uchun qimmatlashdi. Ammo hozirgi kunlarda (01.12 dan 20.12 gacha) eng past davr. Keyingi narxlar faqat ko‘tariladi. Yangi yil uchun vaucherlarning o‘zi qimmatroq bo‘lishini tushunishingiz kerak, lekin bir necha kun kutsangiz, u allaqachon arzon bo‘ladi. "Yuqori sanalar" yuqori narxlarni anglatadi, - deydi Aleksandr Mkrtchan.