https://oz.sputniknews.uz/20221202/rossiya-ozbekiston-mahsulotlari-uchun-soddalashtirilgan-bojxona-tartibi-tashkil-etiladi-30449218.html
Rossiya O‘zbekiston mahsulotlari uchun soddalashtirilgan bojxona tartibi tashkil etiladi
Rossiya O‘zbekiston mahsulotlari uchun soddalashtirilgan bojxona tartibi tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi tartibi hozirda tekstil materiallari, to‘qimachilik hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan keng tatbiq qilinmoqda. 02.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-02T19:05+0500
2022-12-02T19:05+0500
2022-12-02T19:05+0500
o‘zbekiston - rossiya
davlat bojxona qo‘mitasi
bojxona
tadbirkor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/704/39/7043907_436:519:2778:1837_1920x0_80_0_0_9f68890eac9d3c6c82bc4462100a01f9.jpg
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. O‘zbekiston mahsulotlarining Rossiya bozorlariga kirib borishida soddalashtirilgan bojxona tartibi tashkil etiladi. Bu haqida Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning 3-majlisi doirasida O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi bilan Rossiya Federal bojxona xizmati o‘rtasida Bayonnoma imzolandi.Hujjat tovar va transport vositalarini olib o‘tishda bojxona operatsiyalarining soddalashtirilgan tartibini tashkil etish, ya’ni “Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi” to‘g‘risidagi Bitimga qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadi.Bayonnomani O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonov va Rossiya Federal bojxona xizmati rahbari V.Bulavin imzolashdi. Bunda ikka mamlakat o‘rtasida tovarlar, transport vositalari va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari haqidagi axborotlarni o‘zaro oldindan almashish orqali “Xavflarni boshqarish” tizimi ko‘magida tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazoratini qo‘llash minimallashadi.Shuningdek, forum doirasida O‘zbekiston va Rossiya bojxona xizmatlari vakolatxonalarini ochish to‘g‘risida bitim imzolandi.Ushbu bitim ikki mamlakat bojxona xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish va faollashtirishga xizmat qiladi. Rossiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida tovarlar va transport vositalarining erkin o‘tishiga to‘sqinlik qiladigan sabablarni baholash, aniqlash va joyida bartarf etish imkonini beradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/704/39/7043907_762:340:2778:1852_1920x0_80_0_0_ccb4dc3f4c46ae7643261195ed6f8a95.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston - rossiya, davlat bojxona qo‘mitasi, bojxona, tadbirkor
o‘zbekiston - rossiya, davlat bojxona qo‘mitasi, bojxona, tadbirkor
Rossiya O‘zbekiston mahsulotlari uchun soddalashtirilgan bojxona tartibi tashkil etiladi
Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi tartibi hozirda tekstil materiallari, to‘qimachilik hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan keng tatbiq qilinmoqda.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. O‘zbekiston mahsulotlarining Rossiya bozorlariga kirib borishida soddalashtirilgan bojxona tartibi tashkil etiladi. Bu haqida Davlat bojxona qo‘mitasi xabar
berdi. O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning 3-majlisi doirasida O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi bilan Rossiya Federal bojxona xizmati o‘rtasida Bayonnoma imzolandi.
Hujjat tovar va transport vositalarini olib o‘tishda bojxona operatsiyalarining soddalashtirilgan tartibini tashkil etish, ya’ni “Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi” to‘g‘risidagi Bitimga qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutadi.
Bayonnomani O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonov va Rossiya Federal bojxona xizmati rahbari V.Bulavin imzolashdi.
Soddalashtirilgan bojxona yo‘lagi tartibi hozirda tekstil materiallari, to‘qimachilik hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan keng tatbiq qilinmoqda.
Bunda ikka mamlakat o‘rtasida tovarlar, transport vositalari va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari haqidagi axborotlarni o‘zaro oldindan almashish orqali “Xavflarni boshqarish” tizimi ko‘magida tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona nazoratini qo‘llash minimallashadi.
“Sodda qilib aytganda, Rossiyaga mahsulotlarni olib kirishda, bojxona qonunchiligi buzilishi xavfi aniqlanmasa, ushbu tovarlarga nisbatan bojxona ko‘rigi o‘tkazilmaydi. Vakolatli iqtisodiy operatorlar maqomiga ega tadbirkorlar ham bojxona yo‘lagidan foydalanish imkoniga ega bo‘lishadi. Natijada, O‘zbekiston mahsulotlarining Rossiya bozorlariga kirib borishi yanada soddalashadi va tezlashadi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, forum doirasida O‘zbekiston va Rossiya bojxona xizmatlari vakolatxonalarini ochish to‘g‘risida bitim imzolandi.
Ushbu bitim ikki mamlakat bojxona xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish va faollashtirishga xizmat qiladi. Rossiya bilan O‘zbekiston o‘rtasida tovarlar va transport vositalarining erkin o‘tishiga to‘sqinlik qiladigan sabablarni baholash, aniqlash va joyida bartarf etish imkonini beradi.