Mirziyoyevning Xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlangan tabrik so‘zi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston nogironligi bo‘lgan fuqarolarni jamiyatning to‘laqonli a’zosiga aylantirish yo‘lidan bormoqda - Shavkat Mirziyoyev.
TOShKENT, 2 dek - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik so‘zi.
"Dunyo mamlakatlari qatori yurtimizda ham keng nishonlanayotgan mazkur sana munosabati bilan mamlakatimizdagi 1 millionga yaqin nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizga o‘zimning samimiy hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etaman", - dedi Mirziyoyev.
Shuningdek, prezident tabrik so‘zida sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, oilaviy baxt-saodat va omad tiladi.
Shavkat Mirziyoyev nogironli bo‘lgan shaxslarning qobiliyati, mehnati, matonati va sabr-bardoshi bilan ko‘pchilikka ibrat bo‘layotganini ham alohida ta’kidlab o‘tdi.
"Biz sizlarning bunday olijanob intilishlaringizni yuksak qadrlaymiz va ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi faol ishtirokingiz uchun barchangizga chuqur minnatdorlik bildiramiz", - dedi prezident.
Undan tashqari, prezident O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan fuqarolarni jamiyatning to‘laqonli a’zosiga aylantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar borasida ham to‘xtaldi, xususan:
1.
Biz barcha fuqarolar, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun bir xil imkoniyatlar amal qiladigan inklyuziv jamiyatni barpo etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiramiz. Shu asosda nogironlikni belgilashning allaqachon eskirgan tibbiy modelidan umume’tirof etilgan ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o‘tishni o‘z oldimizga muhim vazifa qilib qo‘yganmiz.
2.
Bundan buyon bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, jamoat transporti, axborot va aloqa vositalarini ishlab chiqarishda nogironligi bo‘lgan shaxslarning ulardan hech bir moneliksiz foydalana olishiga birlamchi ahamiyat qaratiladi.
3.
Nogironligi bor shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazlaridagi qamrov hajmini 2 barobar oshirish, hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan 10 ga yaqin shunday markazlarni kengaytirib, zamonaviy tibbiy va reabilitatsiya uskunalari bilan jihozlash ishlari amalga oshiriladi, - dedi prezident.

Ishontirib aytamanki, sizlar o‘zlaringizni yolg‘iz his etmasligingiz, zarur bilim va kasb-hunarlarni egallab, barcha soha va tarmoqlarda faol ishtirok etishingiz, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishingiz, madaniy ehtiyojlaringizni ta’minlashingiz uchun bor kuch va imkoniyatlarni safarbar etamiz, - dedi prezident.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda respublikada bir necha ixtisoslashgan tashkilotlar O‘zbekiston nogironlar jamiyati, Nogironlar assotsiatsiyasi, Ko‘zi ojizlar jamiyati, Karlar jamiyati samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Undan tashqari qator ixtisoslashgan fond va jamg‘armalar ham mavjud.
Yangiliklar lentasi
0