Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 2-dekabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie dobrovolcheskogo batalona imeni Sudoplatova vo vremya polucheniya imi voyennoy texniki v Zaporojskoy oblasti.
Voyennoslujashie dobrovolcheskogo batalona imeni Sudoplatova vo vremya polucheniya imi voyennoy texniki v Zaporojskoy oblasti.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘tgan sutkada Ukraina qurolli kuchlari hujumlarni kuchaytirdi, lekin muvaffaqiyatga erisha olmadi. Katta yo‘qotishlar bilan chekinishga majbur bo‘lishdi. DXRda Rossiya QKlari Kurdumovka aholi punktini to‘liq ozod qildi.
TOShKENT, 2 dek - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning asosiy voqealari.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti:

Donesk yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlarining muvaffaqiyatli hujum harakatlari natijasida DXRning Kurdumovka aholi punkti Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalaridan to‘liq ozod qilindi. Janlarda 60 dan ortiq ukrainalik harbiylar, uchta tank va oltita zirhli jangovar mashina yo‘q qilindi.
Kupansk yo‘nalishida Kotlyarovka aholi punkti hududida Ukraina QKning ikki rota-taktik guruhi bilan uyushtirilgan hujumi qaytarildi. Dushman 50 dan ortiq askar, ikkita tank, to‘rtta BMP va ikkita "Kozak" zirhli texnikasi yo‘q qilindi.
Krasno-Limanskiy yo‘nalishida Chervonopopovka aholi punkti yaqinida dushmanning uchta rota-taktik guruhi hujum qaytarildi. Dushman yo‘qotishlari yuzdan ortiq askar, ikkita tank, ikkita zirhli jangovar mashina va ikkita pikapni tashkil etdi. Ukraina Qurolli kuchlarining 11 nafar harbiy xizmatchisi taslim bo‘ldi.
Janubiy-Donesk yo‘nalishida Ugledar aholi punkti hududida dushman bir vzvod bilan qarshi hujumga o‘tishga urinli. Qarshi o‘t bilan 50 nafar harbiy xizmatchi, bitta tank, uchta bronetransportor va ikkita pikap yo‘q qilindi.
DXRning Dibrova, Vodanoe, Prechistovka, Konstantinovka va Sherbaki aholi punktlari hududlarida Aviatsiya, raketa qo‘shinlari va artilleriya kuchlari Xarkov viloyatining Sinkovka, Kruglyakovka, dushmanning yettita qo‘mondonlik punktlariga zarba berildi.
Bundan tashqari, 184 ta nuqtada joylashgan o‘q otish pozitsiyalaridagi 78 ta artilleriya bo‘linmasi, hamda DXRning Chasov Yar qishlog‘idagi xorijiy yollanma askarlarni vaqtincha joylashtirish punktiga zarba berildi.
Lipsi qishlog‘i yaqinidagi Batareyaga qarshi jangda UQKning 40-artilleriya brigadasi bo‘linmalari to‘plangan hududga va 2ta "Grad" reaktiv tizimini pozitsiyasiga zarba berildi. Xarkov viloyatining Jovtneve va Mixaylovka aholi punktlari hududlarida raketa tizimlari bostirildi.
Zaporojye viloyatining Zagornoe, Dimitrovo va Volchanskoe aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining raketa va artilleriya qurollari va o‘q-dorilarining uchta omboriga zarba berildi.
DXRning Ukrainka qishlog‘i yaqinida Rossiya qiruvchi samolyoti Ukraina harbiy-havo kuchlarining MiG-29 samolyotini urib tushirdi.
DXRning Nikolskoe aholi punkti hududida Ukrainaning Su-25 samolyoti havo mudofaa kuchlari yordamida urib tushirildi.
LXRning Svatovo, Krasnorechenskoe, Chervonopopovka, Golikovo, Storojivka va Donetsk Xalq Respublikasining Yegorovka aholi punktlari hududlarida yettita uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
LXRning Svatovo, DXRning Novoandreyevka va Yegorovka aholi punktlari hududlarida "Uragan" va "Olxa" raketa tizimlarining 13 ta raketasi havoda tutib olindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukrana qurolli kuchlari jami 336 ta samolyot, 177 ta vertolot, 2599 ta uchuvchisiz uchish apparati, 391 ta zenit-raketa kompleksi, 6953 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 908 ta ko‘p raketa tizimiga ega jangovar texnika, 3648 ta maydon artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 7437 dona maxsus harbiy mashinalarni yo‘qotdi.
Yangiliklar lentasi
0