https://oz.sputniknews.uz/20221202/dunyo-aholisi-emlanishni-kechiktirayotgani-ogir-oqibatlarga-sabab-bolishi-mumkin--jsst-30437825.html
Dunyo aholisi emlanishni kechiktirayotgani og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin – JSST
Dunyo aholisi emlanishni kechiktirayotgani og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin – JSST
Sputnik O‘zbekiston
Qayd etilishicha, ommaviy emlash chora-tadbirlari natijasida Yer yuzida yiliga 3 millionga yaqin o‘lim holatlarining oldini olish mumkin. 02.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-02T15:36+0500
2022-12-02T15:36+0500
2022-12-02T15:36+0500
dunyoda
jsst
salomatlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1c/21131016_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_b25338a3fae861beca94ca010d64af5f.jpg
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Dunyo aholisi yuqumli kasalliklarga qarshi vaksinalar olishdan bosh tortayotgani yoki buni paysalga solayotgani sog‘liqni saqlash sohasidagi strategik vazifalar ijrosiga putur yetkazadi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Melita Vuynovich ta’kidladi.Masalan, emlanmagan aholi qatlami ko‘payishi bilan qizamiq va poliomiyelitga chalinganlar soni ortmoqda. Vaholanki, avvallari bu kasalliklarga Yer sayyorasining ba’zi mintaqa va davlatlarida butunlay barham berilgan edi.Ta’kidlanishicha, koronavirus pandemiyasi tufayli dunyo bo‘yicha 25 million nafardan ortiq bolalar difteriya, qoqshol va ko‘k yo‘talga qarshi rejali vaksinatsiya jarayonlarini o‘tkazib yuborgan. Bu borada Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarida ahvol ancha xavotirli.JSST kelgusida noma’lum — "X” xastaligi tarqalishi xavfidan ogohlantirgan edi. Olimlar xulosasiga ko‘ra, yana bir pandemiya boshlanishi ehtimoli yuqori. Bunga esa o‘z vaqtida oldi olinmagan mavjud virus va infeksiyalarning yangi mutatsiyalari sabab bo‘lishi mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/1c/21131016_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_8bb7b7ed213ee150e350a32f94ef07ca.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, jsst, salomatlik
dunyoda, jsst, salomatlik
Dunyo aholisi emlanishni kechiktirayotgani og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin – JSST
Qayd etilishicha, ommaviy emlash chora-tadbirlari natijasida Yer yuzida yiliga 3 millionga yaqin o‘lim holatlarining oldini olish mumkin.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Dunyo aholisi yuqumli kasalliklarga qarshi vaksinalar olishdan bosh tortayotgani yoki buni paysalga solayotgani sog‘liqni saqlash sohasidagi strategik vazifalar ijrosiga putur yetkazadi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Melita Vuynovich
ta’kidladi.
Masalan, emlanmagan aholi qatlami ko‘payishi bilan qizamiq va poliomiyelitga chalinganlar soni ortmoqda. Vaholanki, avvallari bu kasalliklarga Yer sayyorasining ba’zi mintaqa va davlatlarida butunlay barham berilgan edi.
“Ommaviy emlash chora-tadbirlari natijasida Yer yuzida yiliga 3 millionga yaqin o‘lim holatlarining oldini olish mumkin”, deydi JSST eksperti.
Ta’kidlanishicha, koronavirus pandemiyasi tufayli dunyo bo‘yicha 25 million nafardan ortiq bolalar difteriya, qoqshol va ko‘k yo‘talga qarshi rejali vaksinatsiya jarayonlarini o‘tkazib yuborgan. Bu borada Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarida ahvol ancha xavotirli.
JSST kelgusida noma’lum — "X” xastaligi tarqalishi xavfidan ogohlantirgan edi. Olimlar xulosasiga ko‘ra, yana bir pandemiya boshlanishi ehtimoli yuqori. Bunga esa o‘z vaqtida oldi olinmagan mavjud virus va infeksiyalarning yangi mutatsiyalari sabab bo‘lishi mumkin.