Biz munosabatlarni teng huquqlik va o‘zaro hurmat asosida quramiz - Mishustin

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr RF M. Mishustin provel soveshanie s vitse-premyerami RF
Premyer-ministr RF M. Mishustin provel soveshanie s vitse-premyerami RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya geografiyasi, madaniyati va ma’naviy qadriyatlari bo‘yicha yaqin bo‘lgan qo‘shnilar bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga tayyor.
TOShKENT, 2 dek – Sputnik. Rossiya Federatsiyasi do‘st davlatlar bilan hamkorlik uchun ochiqligicha qolmoqda, dedi Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin Samarqandda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston - Rossiya biznes-forumida.
Rossiya qo‘shnilari bilan jumladan, O‘zbekiston bilan ham hamkorlikni oshirish uchun hamma narsaga ega, dedi Rossiya bosh vaziri.
"Mamlakatimiz do‘stona davlatlar bilan hamkorlikka ochiqligicha qolmoqda. O‘tgan o‘n yilliklar tajribasidan kelib chiqqan holda, geografiyasi, madaniyati va ma’naviy qadriyatlari bo‘yicha yaqin bo‘lgan Rossiya bilan o‘zaro hamkorlikning afzalliklarini tushunadilar. Ko‘p qirrali savdo-iqtisodiy va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, eng yaqin qo‘shnilar bilan loyiha va sarmoyaviy hamkorlik qilish uchun uchun bizda hamma narsa mavjud.
O‘zbekiston ham ana shunday qo‘shnilardan biri. Biz munosabatlarni teng huquqlilik, o‘zaro hurmat va bir-birimizning manfaatlarini hisobga olish tamoyillari asosida quramiz”, - dedi Mishustin.
Rossiya Federatsiyasi Hukumati rahbari Mixail Mishustin 1-2 dekabr kunlari O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Bosh vazir Abdulla Aripov bilan birgalikda Samarqand shahrida hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazadi, hamda Rossiya-O‘zbekiston biznes-forumining yalpi majlisida so‘zga chiqadi.
Yangiliklar lentasi
0