Alisher Usmonov Rossiyada yana bir bor eng saxovatli homiy bo‘ldi

© Sputnik / Sergey GuneyevAlisher Usmanov, arxivnoe foto
Alisher Usmanov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2022
Obuna bo‘lish
Usmonovning fan, ta’lim, madaniyat va sportni rivojlantirishga, shuningdek, mamlakatdan tashqarida rus madaniyatini targ‘ib qilish va saqlashga qo‘shgan hissasi qayd etildi.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Alisher Usmonov “Russian Creative Awards 2022”da “Yil homiysi” mukofotini oldi. Marosimning hakamlar hay’ati Usmonovning fan, ta’lim, madaniyat va sportni rivojlantirishga, shuningdek, mamlakatdan tashqarida rus madaniyatini targ‘ib qilish va saqlashga qo‘shgan hissasini qayd etdi.
Mukofot uchun taqdimnomada 2006-yilda u “San’at, fan va sport” xayriya jamg‘armasini tashkil etgani, uning maqsadi ushbu sohalardagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, Rossiya ijodiy sohalarining xorijdagi obro‘sini mustahkamlash ekanligi ta’kidlangan.
“Russian Creative Awards” 10 ta toifa bo‘yicha, jumladan, “Yil odami”, “Yil kashfiyoti”, “Yil voqeasi”, “Yilning ijodiy maydoni”, “Raqamli loyiha”, “Ta’lim loyihasi” va boshqalar bo‘yicha topshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0