https://oz.sputniknews.uz/20221202/aksilmonopoliya-qomitasi-ayoqshlarni-gaz-narxi-borasida-ogohlantirdi-30448703.html
Aksilmonopoliya qo‘mitasi AYoQShlarni gaz narxi borasida ogohlantirdi
Aksilmonopoliya qo‘mitasi AYoQShlarni gaz narxi borasida ogohlantirdi
Sputnik O‘zbekiston
Qo‘mita tadbirkorlarni metan gaz narxini asossiz oshirishdan tiyilishga chaqirdi. 02.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-02T18:45+0500
2022-12-02T18:45+0500
2022-12-02T18:45+0500
jamiyat
gaz
“o‘ztransgaz”
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/11/26261694_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_b6f13c34d9ec019f393f6b7e498bce09.jpg
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Gaz quyish shoxobchalari faoliyatiga kiritilgan cheklovlar metan gaz narxlarining oshishiga sabab bo‘la olmaydi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi shunday ogohlantirish bilan chiqdi.Qo‘mita matbuot xizmati xabariga ko‘ra, kuz-qish mavsumida ob-havoning sovishi sababli ayrim hududlarda metan gaz quyish shoxobchalarida cheklovlar kiritish to‘g‘risida mutasaddi idoralar tomonidan axborot berilgan. Ammo bu holat avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari tomonidan metan gazi narxlarining oshishiga sabab bo‘la olmaydi.Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bu borada barcha hududiy boshqarmalariga aniq topshiriqlar bergani va ular tomonidan nazorat ishlari olib borilayotgani haqida ogohlantirgan.Eslatib o‘tamiz, O‘ztransgaz 9-noyabrdan boshlab avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyati vaqtinchalik cheklov kiritilishini e’lon qilgandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/11/26261694_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_76c734ba6a1d31c2023e0773b1084004.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, gaz, “o‘ztransgaz”
jamiyat, gaz, “o‘ztransgaz”
Aksilmonopoliya qo‘mitasi AYoQShlarni gaz narxi borasida ogohlantirdi
Qo‘mita tadbirkorlarni metan gaz narxini asossiz oshirishdan tiyilishga chaqirdi.
TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Gaz quyish shoxobchalari faoliyatiga kiritilgan cheklovlar metan gaz narxlarining oshishiga sabab bo‘la olmaydi. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi shunday ogohlantirish bilan chiqdi.
Qo‘mita matbuot xizmati
xabariga ko‘ra, kuz-qish mavsumida ob-havoning sovishi sababli ayrim hududlarda metan gaz quyish shoxobchalarida cheklovlar kiritish to‘g‘risida mutasaddi idoralar tomonidan axborot berilgan. Ammo bu holat avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari tomonidan metan gazi narxlarining oshishiga sabab bo‘la olmaydi.
“O‘z navbatida, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan metan gaz narxlari doimiy monitoring qilib borilayotgani va tadbirkorlar tomonidan avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida metan gazi narxlarini sun’iy ravishda oshirish holati aniqlangan taqdirda mansabdor shaxslarga belgilangan tartibda tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilinadi”, deyiladi qo‘mita xabarida.
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bu borada barcha hududiy boshqarmalariga aniq topshiriqlar bergani va ular tomonidan nazorat ishlari olib borilayotgani haqida ogohlantirgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘ztransgaz 9-noyabrdan boshlab avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyati vaqtinchalik cheklov kiritilishini e’lon qilgandi.