Toshkent shahri va viloyatini bog‘lovchi yangi avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente
Vozobnovlenie dvijeniya obshestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2022
Obuna bo‘lish
Yangi yo‘nalishdagi avtobus Qibraydan Eko bozorga qadar 6:00 dan 21:30 gacha harakatlanadi.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Toshkent shahri va viloyatini bog‘lovchi yangi 153-sonli "Qibray AShB-Eko bozor bekati" avtobus yo‘nalishi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi xabar berdi.
Yangi avtobus yo‘nalishi jadvallar soni 5 ta. Ish tartibi 6:00 dan 21:30 gacha etib belgilandi.
Avtobus Qibraydan A. Navoiy, Qoramurt, U. G‘ulomov ko‘chalari orqali harakatlanadi.
© Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi 153-sonli "Qibray AShB-Eko bozor bekati" avtobus yo‘nalishi
153-sonli Qibray AShB-Eko bozor bekati avtobus yo‘nalishi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2022
153-sonli "Qibray AShB-Eko bozor bekati" avtobus yo‘nalishi
Ulug‘bek markazi bekatidan, shuningdek, U. G‘ulomov, Rayhon, Haqiqat, Qoramurt, Temur Malik ko‘chalari orqali Temur Malik-TXAY ko‘chalari kesishmasidan ortga qayriladi.
U Eko bozor bekatiga yetib borgunga qadar Temur Malik ko‘chasi orqali Temur Malik-Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasidan ortga qayriladi.
Yangiliklar lentasi
0