Ta’limga investitsiya kiritish qashshoqlikni kamaytiradi - PMTI

© Sputnik / Valeriy MelnikovDengi v plastikovom stakane v ruke bednyaka.
Dengi v plastikovom stakane v ruke bednyaka. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2022
Obuna bo‘lish
Ta’lim rivojlanish, kambag‘allikni qisqartirish, jamiyatda tenglik va bolalar o‘limini kamaytirishga xizmat qilishi mumkin.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Davlat tomonidan ta’lim tizimi uchun ajratilayotgan mablag‘larning ortishi kambag‘allikni qisqartirish imkonini beradi. Bu haqda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti xabar bermoqda.
Institut yozishiga ko‘ra:
Ta’lim yosh avlod uchun ham, kattalar uchun ham taraqqiyotning kuchli omili hamda kambag‘allikni qisqartirish va sog‘liqni saqlash, gender tengligi, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash sohalaridagi ko‘rsatkichlarni yaxshilashning eng kuchli vositalaridan biridir.
Ma’lumot darajasi yuqoriroq odamlarning ish topish imkoniyati ko‘proq. Ular iqtisodiy jihatdan samaraliroq va shuning uchun daromadlari ham yuqoriroq.
Ayollarning ta’lim olishi yaxshilansa, bolalar o‘limi kamayishi isbotlangan. Sababi bilimli ayollar tibbiy yordamga ko‘proq murojaat qiladi va o‘zlari hamda farzandlarining salomatligini asrash usullari haqida yaxshiroq ma’lumotga ega.
Inson kapitali nazariyasiga ko‘ra, ta’lim uchun xarajatlar oshiriladigan bo‘lsa, xodimlarning mehnat unumdorligi ham oshadi. Bu esa pirovardida ularning daromadlari ortishi hamda aholining kambag‘allik darajasi pasayishiga olib keladi, - deyiladi xabarda.
Lekin kam ta’minlangan oilalar har doim ham oila a’zolarining asosiy ehtiyojlari, shu jumladan ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli mablag‘ga ega bo‘lavermaydi.
Shu nuqtayi nazardan, ta’lim sohasiga ajratilayotgan davlat xarajatlari, bir tomondan, bu oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, mamlakatning kelajakdagi iqtisodiy yuksalishi uchun bebaho sarmoyadir, - deyiladi tadqiqotda.
Institut tadqiqotchilari 52ta davlatning 1990–2020 yillarda rivojlanish ko‘rsatgichlari va ta’limga ajratgan xarajatlari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilganidan so‘ng ana shunday xulosalarga kelishgan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, davlat tomonidan ta’lim tizimi uchun ajratilayotgan mablag‘larning 1 foizga ortishi kambag‘allikni 0,03 foizga qisqartirish imkonini beradi.
Shu bilan birga, YaIMning o‘sishi, savdo-sotiq va hamda yalpi kapital qo‘yilmalarning oshishi, inflyatsiyaning pasayishi kabi omillar kambag‘allik darajasi bilan teskari aloqaga ega.
Ushbu nuqtayi nazardan, ta’lim sohasiga ajratilayotgan xarajatlar jihatidan O‘zbekiston yetakchi o‘rinlarda. Chunki dunyoda ushbu ko‘rsatgich YaIMga nisbatan o‘rtacha 4,11 foizni tashqil qilsa O‘zbekistonda - 4,9 %.
Yangiliklar lentasi
0