Rossiya bosh vaziri O‘zbekistonga keldi – video

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit premyer-ministra RF M. Mishustina v Uzbekistan
Rabochiy vizit premyer-ministra RF M. Mishustina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2022
Obuna bo‘lish
Tashrif doirasida O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Rossiya hukumati matbuot xizmati xabar bermoqda.
Samarqand xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazish, O‘zbekiston – Rossiya ishbilarmonlar forumida ishtirok etish ko‘zda tutilgan.
Tadbirning asosiy voqealari 2-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda O‘zbekiston - Rossiya biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forum ishtirokchilari transport-logistika, sanoat loyihalari, savdo-iqtisodiy hamkorlik, kichik va o‘rta biznes o‘rtasidagi hamkorlik kabi masalalarni muhokama qilishmoqda.
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayevning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi besh yil ichida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash 170 foizga o‘sgan. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, yana uchdan bir qismga oshgan va rekord darajadagi ko‘rsatkich 7,5 milliard dollardan oshib ketgan. Uni 10 milliard dollarga yetkazish rejada bor.
Xodjayev ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 10 oyi davomida mamlakatda Rossiya investitsiyalari ishtirokida 700 ta yangi korxona tashkil etilgan.
Yangiliklar lentasi
0