Qoraqalpog‘istonga yangi transport vaziri tayinlandi

© Jokargi Kenes Respubliki KarakalpakstanMinistrom transporta Respubliki Karakalpakstan naznachen Omarov Mamanbiy.
Ministrom transporta Respubliki Karakalpakstan naznachen Omarov Mamanbiy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2022
Obuna bo‘lish
Transport vaziri ortidan uning o‘rinbosarlari ham ishdan olindi.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri lavozimiga Mamanbiy Omarov tayinlandi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining raisi Amanbay O‘rinboyev respublika hududida transport xizmatini ko‘rsatish borasidagi ishlarni takomillashtirish hamda yo‘l qo‘yilgan xatolarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgan.
Yig‘ilishda Mamanbiy Allabergenovich Omarov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vaziri etib tayinlangan.
Mamanbiy Omarov shu kunga qadar O‘zbekiston Transport vazirligi Xalqaro aloqalar, logistika va eksportni rivojlantirish departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Bundan tashqari, transport xizmati ko‘rsatish bo‘yicha ishlar samarali takomillashtirilmaganligi va boshqa bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sababli Qoraqalpog‘iston Transport vazirining o‘rinbosari va vazirlik huquqshunosi lavozimidan ozod etilgan.
Ma’lumot uchun, 2021-yil mart oyidan beri Qoraqalpog‘iston Transport vaziri lavozimida Sultanbay Perdebayevich Saparov ishlab kelayotgandi.
Yangiliklar lentasi
0