https://oz.sputniknews.uz/20221201/ozbekistonliklar-odnoklassnikidan-daromad-olishlari-mumkin-boladi-30413676.html
O‘zbekistonliklar “Odnoklassniki”dan daromad olishlari mumkin bo‘ladi
O‘zbekistonliklar “Odnoklassniki”dan daromad olishlari mumkin bo‘ladi
Sputnik O‘zbekiston
Odnoklassniki daromadning bir qismini mualliflar bilan bo‘lishadi. 01.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-01T17:22+0500
2022-12-01T17:22+0500
2022-12-01T17:22+0500
jamiyat
ijtimoiy tarmoq
odnoklassniki
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/01/30409182_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_20b69a492859b24cdba2f94db6eab766.jpg
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. O‘zbekistonliklar “Odnoklassniki” kontentida pul ishlashni boshlashlari mumkin bo‘ladi, endi u yerda yangi monetizatsiya dasturi joriy etildi.Daromad miqdori cheklanmagan va u tasmadagi foto, video, longrid va boshqa turdagi namoyishlarga mutanosib ravishda oshadi.Dasturda ijtimoiy tarmoq qoidalariga va dasturga kirish mezonlariga mos keladigan barcha guruhlar ishtirok etishi mumkin. Yangi monetizatsiya dasturi mualliflarni yuqori sifatli noyob kontent bilan qo‘llab-quvvatlaydi.Endi mualliflarning o‘zlari foydalanuvchilar tasmalarida nashrlarni ko‘rish sonini ko‘paytirish orqali daromadlariga ta’sir o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi. Muallif va uning tomoshabinlari qanchalik faol bo‘lsa, yangi dastur bo‘yicha u shuncha ko‘p ishlab topishi mumkin.Ma’lum qilinishicha, kontentni monetizatsiya qilish dasturida ishtirok etish uchun guruh bir nechta mezonlarga javob berishi kerak. Dastur 1000+ obunachi va oyiga 200+ obuna bo‘lgan guruhlar ma’murlari uchun mavjud bo‘ladi. Shu bilan birga, guruh faol auditoriyaga ega bo‘lishi muhimdir: obunachilarning 50% dan ortig‘i kamida oyiga bir marta uning kontenti bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi kerak.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/01/30409182_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_3bdbac171771164a21a663617c330707.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, ijtimoiy tarmoq, odnoklassniki
jamiyat, ijtimoiy tarmoq, odnoklassniki
O‘zbekistonliklar “Odnoklassniki”dan daromad olishlari mumkin bo‘ladi
Odnoklassniki daromadning bir qismini mualliflar bilan bo‘lishadi.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. O‘zbekistonliklar “Odnoklassniki” kontentida pul ishlashni boshlashlari mumkin bo‘ladi, endi u yerda yangi monetizatsiya dasturi joriy etildi.
Daromad miqdori cheklanmagan va u tasmadagi foto, video, longrid va boshqa turdagi namoyishlarga mutanosib ravishda oshadi.
Dasturda ijtimoiy tarmoq qoidalariga va dasturga kirish mezonlariga mos keladigan barcha guruhlar ishtirok etishi mumkin. Yangi monetizatsiya dasturi mualliflarni yuqori sifatli noyob kontent bilan qo‘llab-quvvatlaydi.
Endi mualliflarning o‘zlari foydalanuvchilar tasmalarida nashrlarni ko‘rish sonini ko‘paytirish orqali daromadlariga ta’sir o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi. Muallif va uning tomoshabinlari qanchalik faol bo‘lsa, yangi dastur bo‘yicha u shuncha ko‘p ishlab topishi mumkin.
“Bu yil biz kontent mualliflari bilan faol ishlay boshladik: OKda blogerlar va hamjamiyatlar bilan ishlash bo‘yicha jamoa mavjud, biz yangi “Uvlecheniya” (Qiziqishlar) kontent-xizmati va “Molniya” (Tezkor) algoritmini ishga tushirdik, bu esa yangi mualliflarga boshlang‘ich auditoriya beradi. Keyingi qadam mualliflarga ijtimoiy tarmoqlarda o‘z kontenti bo‘yicha pul ishlash uchun shaffof imkoniyatlarni taqdim etish va shu bilan kontent sifati ustida ishlash uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etishdir. 1000 obunachining kirish chegarasi pastligi sababli, yangi monetizatsiya dasturi platformadagi yangi mualliflarga ham, OK guruhining tajribali administratorlariga ham yordam beradi”, - deb izohlaydi OK strategik kommunikatsiyalar direktori Sergey Tomilov.
Ma’lum qilinishicha, kontentni monetizatsiya qilish dasturida ishtirok etish uchun guruh bir nechta mezonlarga javob berishi kerak. Dastur 1000+ obunachi va oyiga 200+ obuna bo‘lgan guruhlar ma’murlari uchun mavjud bo‘ladi. Shu bilan birga, guruh faol auditoriyaga ega bo‘lishi muhimdir: obunachilarning 50% dan ortig‘i kamida oyiga bir marta uning kontenti bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi kerak.