https://oz.sputniknews.uz/20221201/otkazmalar-xavfsizligi-uchun-mustaqil-tolov-tizimi-yaratish-kerak--rossiya-vaziri-30421818.html
O‘tkazmalar xavfsizligi uchun mustaqil to‘lov tizimi yaratish kerak – Rossiya vaziri
O‘tkazmalar xavfsizligi uchun mustaqil to‘lov tizimi yaratish kerak – Rossiya vaziri
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya vaziri o‘zaro hisob-kitoblar uchun mustaqil moliyaiviy to‘lov tizimini yaratish kerakligini aytdi. 01.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-01T18:02+0500
2022-12-01T18:02+0500
2023-04-05T18:42+0500
o‘zbekiston - rossiya
to‘lov
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/01/30418822_0:11:3237:1832_1920x0_80_0_0_d1a25ecd6d6cacd1052a1c7a2b1a05c1.jpg
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Mustaqil moliyaviy va to‘lov infratuzilmasini yaratish va o‘zaro hisob-kitoblar bilan bog‘liq muammolarni hal qilish zarur. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov Samarqand biznes-forumining ochilishidagi nutqida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.Rossiya vaziri, shuningdek, sentabr oyida Moskva birjasida o‘zbek so‘mida savdolar boshlanganini eslatdi. Bu, o‘z navbatida, milliy valyutalardan foydalanishga turtki bo‘ladi.Reshetnikov o‘zaro hisob-kitoblar mavzusi turizmni rivojlantirish, jumladan, sayyohlarning Rossiya va O‘zbekistonda qulay dam olishlari uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.Reshetnikovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va O‘zbekistonda korxonalar ochish va rivojlantirish bo‘yicha so‘rovlar ko‘paymoqda. Shunday qilib, kompaniyalar ikki davlat bozorlari imkoniyatlari, shuningdek, tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash choralaridan manfaatdor.“Forum ushbu savollarga javob berishga, tajriba almashishga va yangi aloqalarni topishga yordam beradi. Bu muammoni ham ishonch telefoni orqali vazirliklar darajasida hal qilamiz”, - dedi u.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/01/30418822_205:0:2936:2048_1920x0_80_0_0_24774f5814a280aca7ccd89071abea0e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston - rossiya, to‘lov, o‘zbekiston, rossiya
o‘zbekiston - rossiya, to‘lov, o‘zbekiston, rossiya
O‘tkazmalar xavfsizligi uchun mustaqil to‘lov tizimi yaratish kerak – Rossiya vaziri
18:02 01.12.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) Rossiya vaziri o‘zaro hisob-kitoblar uchun mustaqil moliyaiviy to‘lov tizimini yaratish kerakligini aytdi.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Mustaqil moliyaviy va to‘lov infratuzilmasini yaratish va o‘zaro hisob-kitoblar bilan bog‘liq muammolarni hal qilish zarur. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov Samarqand biznes-forumining ochilishidagi nutqida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda
Sputnik muxbiri.
“Bularning barchasi, jumladan, O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyadan pul o‘tkazmalari xavfsizligi kafolati hisoblanadi. Oxirgi besh yil ichida mamlakatimizdan transferlar ikki baravar oshdi. O‘zbekiston uchun bu YaIMning 8 foizigacha yoki yiliga 5,5 mlrdga teng”, - deydi u.
Rossiya vaziri, shuningdek, sentabr oyida Moskva birjasida o‘zbek so‘mida savdolar boshlanganini eslatdi. Bu, o‘z navbatida, milliy valyutalardan foydalanishga turtki bo‘ladi.
Reshetnikov o‘zaro hisob-kitoblar mavzusi turizmni rivojlantirish, jumladan, sayyohlarning Rossiya va O‘zbekistonda qulay dam olishlari uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.
“Bu yerda boshlash uchun allaqachon yaxshi baza bor. Bu yil sayyohlar oqimi bo‘yicha biz koronavirusdan oldingi 2019-yil ko‘rsatkichlaridan oshamiz. Mamlakatlarimiz hukumatlari darajasida tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi doirasidagi ishlar bu natijani mustahkamlashga yordam beradi”, - deydi Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri.
Reshetnikovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va O‘zbekistonda korxonalar ochish va rivojlantirish bo‘yicha so‘rovlar ko‘paymoqda. Shunday qilib, kompaniyalar ikki davlat bozorlari imkoniyatlari, shuningdek, tartibga solish va qo‘llab-quvvatlash choralaridan manfaatdor.
“Forum ushbu savollarga javob berishga, tajriba almashishga va yangi aloqalarni topishga yordam beradi. Bu muammoni ham ishonch telefoni orqali vazirliklar darajasida hal qilamiz”, - dedi u.