https://oz.sputniknews.uz/20221201/olimlar-ilk-bor-sarimsoqpiyozning-yangi-navini-yartishdi-30397744.html
Olimlar ilk bor sarimsoqpiyozning yangi navini yartishdi
Olimlar ilk bor sarimsoqpiyozning yangi navini yartishdi
Sputnik O‘zbekiston
Mamlakatda ilk bor noa’anaviy sabzavot ekini rokambolning yangi “Baraka” navini ixtiro qilishga erishildi. 01.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-01T10:26+0500
2022-12-01T10:26+0500
2022-12-01T10:26+0500
jamiyat
olimlar
dorivor o‘simliklar
meva-sabzavot
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/01/30397999_0:0:768:432_1920x0_80_0_0_f55c9124dd94ac44e10d9d8e3320ead7.jpg
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. O‘zbek seleksioner olimlari rokambolning (sarimsoqpiyoz) O‘zbekistonga moslashtirilgan navini yaratishdi. Bu haqida Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, mamlakatda ilk bor noa’anaviy sabzavot ekini rokambolning yangi “Baraka” navini ixtiro qilishga erishildi.Ma’lumot uchun, rokambol bir vaqtning o‘zida ham piyoz, ham sarimsoqning ta’mini beradi. Ko‘pgina ovqatlarda piyoz va sarimsoq o‘rnida ishlatiladi. Rokambol piyoz va sarimsoq belgilarini o‘zida mujassamlashtirgan o‘tsimon o‘simlik.Uning tarkibida magniy, rux, temir va marganes elementlari mavjud. Organizmdagi qon tomirlarni samarali tozalashga yordam beradi va yurak kasalligi havfini kamaytiradi. Ko‘k massasi bargida ko‘plab A, C, E vitaminlari hamda karotin va temir moddalari mavjud.Ushbu sabzavot juda ko‘p foydali xususiyatlarga ega va deyarli butun tanaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ammo uni iste’mol qilishga doir qarshi ko‘rsatmalar ham bor. Oshqozon, o‘t pufagi yoki buyrak kasalliklari borlar uni ko‘p miqdorda iste’mol qilmaganlari ma’qul.Rokambol ba’zi mamlakatlarda misr piyozi, ispan sarimsog‘i, piyoz-sarimsoq deb ham ataladi. Tabiiy sharoitda Ispaniya va Misrda o‘sishi aniqlangan. Hozir u Yevropada, Shimoliy Kavkaz, Xitoy, Koreya, Yaponiya, va qisman Rossiyada yetishtiriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/01/30397999_96:0:672:432_1920x0_80_0_0_841a5f2ebc68eda7b8215b631da677df.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, olimlar, dorivor o‘simliklar, meva-sabzavot
jamiyat, olimlar, dorivor o‘simliklar, meva-sabzavot
Olimlar ilk bor sarimsoqpiyozning yangi navini yartishdi
Mamlakatda ilk bor noa’anaviy sabzavot ekini rokambolning yangi “Baraka” navini ixtiro qilishga erishildi.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. O‘zbek seleksioner olimlari rokambolning (sarimsoqpiyoz) O‘zbekistonga moslashtirilgan navini yaratishdi. Bu haqida Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar
berdi. Qayd etilishicha, mamlakatda ilk bor noa’anaviy sabzavot ekini rokambolning yangi “Baraka” navini ixtiro qilishga erishildi.
“Ushbu sabzavot turi yurtimizda hali keng tarqalmagan bo‘lsa-da, yaqin kelajakda uni har qanday tomorqada uchratish mumkin bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, rokambol bir vaqtning o‘zida ham piyoz, ham sarimsoqning ta’mini beradi. Ko‘pgina ovqatlarda piyoz va sarimsoq o‘rnida ishlatiladi. Rokambol piyoz va sarimsoq belgilarini o‘zida mujassamlashtirgan o‘tsimon o‘simlik.
Uning tarkibida magniy, rux, temir va marganes elementlari mavjud. Organizmdagi qon tomirlarni samarali tozalashga yordam beradi va yurak kasalligi havfini kamaytiradi. Ko‘k massasi bargida ko‘plab A, C, E vitaminlari hamda karotin va temir moddalari mavjud.
Ushbu sabzavot juda ko‘p foydali xususiyatlarga ega va deyarli butun tanaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ammo uni iste’mol qilishga doir qarshi ko‘rsatmalar ham bor. Oshqozon, o‘t pufagi yoki buyrak kasalliklari borlar uni ko‘p miqdorda iste’mol qilmaganlari ma’qul.
Rokambol ba’zi mamlakatlarda misr piyozi, ispan sarimsog‘i, piyoz-sarimsoq deb ham ataladi. Tabiiy sharoitda Ispaniya va Misrda o‘sishi aniqlangan. Hozir u Yevropada, Shimoliy Kavkaz, Xitoy, Koreya, Yaponiya, va qisman Rossiyada yetishtiriladi.