Yevropa Ukraina mojarosidan kim daromad olayotganini tushundi

© Sputnik / Aleksey VitviskiyFlagi SShA i YeS, arxivnoe foto
Flagi SShA i YeS, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2022
Obuna bo‘lish
Yevropalik siyosatchilar Vashingtonning Eski dunyoni retsessiyaga olib borayotgani va Ukraina mojarosidan foyda ko‘rayotganidan shikoyat qilishmoqda, deb yozadi Politico nashri.
Darhaqiqat, amerikaliklar (rasmiy tomondan) bir nafar askarni Kiyevga jo‘natmay turib, Ukrainadagi inqirozdan misli ko‘rilmagan harbiy, iqtisodiy, geosiyosiy foyda ko‘rmoqda. Va Yevropa Ittifoqi bundan g‘azabga kelmoqda.

AQSh ta’sirining kengayishi

“Agar sovuq aql bilan qaraydigan bo‘lsak, urushdan foyda ko‘radigan mamlakat- bu AQSh, chunki ular oshirilgan narxda ko‘p gaz va qurol sotishmoqda”, -deya o‘zini sir tutishni istagan yevropalik yuqori martabalik amaldorning so‘zlarini keltiradi Politico.
Amerikaliklar har doim g‘arb olamida hukmronlik qilishga harakat qilgan. Va Ukrainadagi mojaro - hammani jilovlash uchun ajoyib imkoniyat.
So‘nggi yillarda Vashington Yevropaga muntazam bosim o‘tkazib kelgan, xususan, Rossiyaga qarshi sanksiyalar va Moskvadan energetika bo‘yicha qaramlik masalalari borasida. Bahorda “katta aka”ning izidan ergashib yevropaliklar g‘ayrat bilan taqiqlarni kengaytirishdi, garchi boshidanoq YeI ga bu Rossiyadan ham ko‘ra ko‘proq zarba bo‘lishi ma’lum bo‘lsada.
Shuningdek, G‘arb dunyosi nazarida NATO to‘liq reabilitatsiya qilindi, bu haqida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yaqin-yaqingacha “uning miyasi o‘lgan” deb aytgan edi. Bu tashkilotda mas’ul bo‘lgan har kimga sir emas.

Qurol savdosi va gaz “tuzog‘i”

Yevropa va butun dunyoda qurolga talab ortdi, AQSh esa bu borada yirik eksportchi (butun dunyo yetkazib berishning uchdan biri).
Birgina samolyotsozlik sohasida amerikaliklar o‘nlab milliard yevrolik shartnomalar oldi. Kanada 88 ta beshinchi avlod F-35 qiruvchilariga, Shveysariya - 36 ta, Germaniya - 35 ta qiruvchi samolyotga buyurtma berdi.
Yozda Germaniya hukumati Bundesverni qayta qurollantirish uchun 100 milliard yevroga yaqin mablag‘ ajratish niyatini e’lon qildi. Budjetning katta qismi AQSh ulushiga aylanishiga shubha yo‘q. Qolaversa, Bern Ukrainaga harbiy tovarlarni reeksport qilishga ruxsat bermagani uchun Germaniya va Shveysariya tortishib qolishdi.
Yevropa arsenallari bo‘shab qolmoqda, va amerikalik ishlab chiqaruvchilar ishtaha bilan qo‘llarini ishqalashmoqda. Albatta, harbiy-sanoat kompleksining gullab-yashnashi butun mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir qiladi.
Gaz eksporti haqida. Vashington uzoq vaqtdan beri Yevropani arzon rus yoqilg‘idan voz kechishga majbur qilishga urinib keladi. Va shu sababli bir necha oylarda Amerikaning suyultirilgan gazi yetkazib berilishi ortdi.
“Shimoliy oqim”dagi portlashlar Yevropa Ittifoqini amalda tanlash imkoniyatidan mahrum qildi. Bundan buyon xorijdagi yoqilg‘ini sotib olishigaga to‘g‘ri keladi, bu esa yevropalik iste’molchilarga amerikaliklarga qaraganda to‘rt baravar qimmat turadi.

Raqobatbardoshlikning yo‘qotilishi

Energetika inqirozi sharoitida Yevropa sanoati raqobatbardoshligini yo‘qotmoqda. Ayniqsa, Germaniya qattiq zarar ko‘rdi. AQShda esa yozda inflyatsiyani pasaytirish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Hujjatda milliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. Buni Yevropa Ittifoqi kamsituvchi deb hisobladi.
Natijada amerikalik kompaniyalar rivojlanib, yevropalik kompaniyalar esa yoki yopilmoqda yoki soliq imtiyozlari va arzon energiya manbalari bilan ta’minlangan AQShga ko‘chib o‘tishmoqda.
Bularning barchasi YeI siyosatchilarining g‘azabini keltirmoqda. “Yevropa iqtisodiyotining turg‘unlik sari harakatlanishi amerikaliklar uchun yaxshi yangilik va ular bundan foyda olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermadi”, deydi Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto.
Makron AQShning inflyatsiyaga qarshi qonunini nodo‘stona deb atadi va uni JST qoidalariga zid deb ta’kidladi. Iqtisodiyot vaziri Bruno Le Mer esa Yevropa Ittifoqi davlatlarini Vashingtonning harakatlariga birgalikda javob berishga chaqirdi. “Biz Ukrainadagi mojaroning AQSh iqtisodining hukmronligi va Yevropaning zaiflashishi bilan yakunlanishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz”, deydi va Parij uchun bugungi kunda asosiysi Yevropada Germaniya bilan raqobat emas, balki AQSh va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi raqobat ekanligini qo‘shimcha qildi.

Javob bo‘ladimi?

Ammo hozircha Parij va Berlin kelishib olishganicha yo‘q. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Makron AQShga o‘xshash choralarni talab qilmoqda, Germaniya kansleri Olaf Shols esa “transatlantik urush”ni yoqmoqchi emas va Vashington o‘z qarorlarini to‘g‘rilashiga umid qilmoqda.
Garchi Yevropa “g‘azablangan” bo‘lsa ham, hozir hech kim amerikaliklarga qarshi kurasha olmaydi. Fransiya, Germaniya, Italiya baland ovozda “tashvish bildirishi” mumkin, ammo Yevropa Ittifoqida ahillik yo‘q. Bundan tashqari, Yevrokomissiya rahbariyati asosiy ittifoqchi sifatida Vashingtonga e’tibor qaratmoqda.
Oliy Iqtisodiyot maktabining savdo siyosati bo‘limi boshlig‘i Maksim Medvedkovning so‘zlariga ko‘ra, JSTdagi Amerika choralariga qarshi chiqishga urinish muvaffaqiyat qozonish imkoniyatidan xoli emas. “Muammo shundaki, AQSh JST apellyatsiya organi ishiga to‘sqinlik qilishda davom etmoqda. Va boshqa yo‘l bilan murosaga erishish qiyin bo‘ladi”, - deydi u.
Makronning AQShga tashrif buyurishi kutimoqda. Aftidan, u Jo Baydenni qoidalar bo‘yicha o‘ynashga ishontirishga harakat qilmoqchi. Ammo Yevropa energiya inqirozi, inflyatsiya, yaqinlashib kelayotgan retsessiya va populizmning kuchayishi tufayli zaiflashdi - YeIda Oq uyga bosim o‘tkazishning haqiqiy dastaklari yo‘q.
Faqatgina okenan ortidagi sheriklar rahm-shafqat qilishini va rozi bo‘lishini kutish qoladi. Hozircha esa, Amerikaliklar o‘z strategiyalarini qat’iyat va ishonch bilan amalga oshirishmoqda. Tez orada Yevropa yetakchisi maqomi Berlin yoki Parijga emas, Vashingtonga beriladi.
Yangiliklar lentasi
0