Jamiyat

Yerlarni auktsionga chiqarish soddalashtiriladi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka oʻtishPosevnaya risa
Posevnaya risa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.12.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yangi tartibga muvofiq yerlarni auktsionga chiqarish bosqichlari 13tadan 8taga tushiriladi va yer olish uchun sarflanadigan vaqt 74 ish kunidan 22 ish kunigacha qisqartiriladi.
TOSHKENT, 1 dek — Sputnik. Yerlarni xususiylashtirishni osonlashtirish uchun uchastkalarni auktsionga chiqarish bosqichlari kamaytiriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning yerlarni auktsion orqali sotishni soddalashtirishga oid takliflar bilan tanishishi chogʻida aytib oʻtildi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, amaldagi ishlar tahlili bu tizimda ayrim kamchiliklar borligini koʻrsatgan. Xususan, auktsionga chiqarish taklif etilgan 12 mingtadan ziyod uchastka qishloq xoʻjaligi yerlarida yoki muhofaza hududida joylashgani aniqlangan. Boʻsh yer uchastkalari “Yerelektron” axborot tizimiga faqat qurilish boʻlimlari tomonidan kiritilayotgani sababli, hamma boʻsh yerlarni topish jarayoni toʻliq qamrab olinmayapti. Shu bois bu jarayonga kadastr organlarini jalb etish taklif etilmoqda.
Amaliyotda qiyinchilik tugʻdirayotgan yana bir muammo – yerlarni auktsionga chiqarish bosqichlari koʻpligi. Hozirgi kunda bu 13 ta bosqichdan iborat boʻlib, ijara huquqi bilan yer olishda 48 ish kuni, mulk huquqida 74 ish kunigacha vaqt ketmoqda. Shu bois yerni auktsionga chiqarish bosqichlarini 8 taga tushirib, muddatlarini tegishlicha 16 va 22 ish kunigacha qisqartirish mumkinligi aytildi.
Bosh rejasi yoʻq ayrim shaharchalarda jarayonni tezlatish uchun yerlarni hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashi bilan kelishgan holda, master-reja asosida auktsionga chiqarish taklifi bildirildi.
Kichik sanoat zonalarining hududi esa aniq. Shu bois ulardagi yerlarni bosh rejada nazarda tutilgan lotlarga muvofiq, sodda tartibda tadbirkorlarga berish zarurligi taʼkidlandi.
Shuningdek, aholi oʻzi foydalanib kelayotgan yerlarni xususiylashtirishi uchun undiriladigan toʻlov Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida yillik yer soligʻining 10 baravari, boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida belgilanmoqda. Hozirda bu toʻlov yer soligʻining 20 baravari miqdorida.
Yangiliklar lentasi
0