Bugun tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor - O‘zgidromet

© Sputnik / Aleksey DanichevSneg
Sneg - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2022
Obuna bo‘lish
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim hududlarida ertalab yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati +2-7 daraja iliq, shimolda -0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Poytaxtda ertalab yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +5-7 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, bir qator hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat -0-5 daraja sovuq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0