Bojxonadan deklaratsiyasiz olib o‘tish mumkin bo‘lgan naqd valyuta miqdori oshiriladi

© SS0 / Unsplash / Infrarate.comKupura, illyustrativnoe foto
Kupura, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.12.2022
Obuna bo‘lish
Naqd valyuta mablag‘larini olib kirish va olib chiqishning yangi qoidalari belgilanishi kutilmoqda.
TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Jismoniy shaxslarning deklaratsiya qilmasdan O‘zbekistonga olib kirishi va undan olib chiqib ketishi mumkin bo‘lgan naqd valyuta miqdori oshirilmoqda. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e’lon qilingan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida so‘z boradi.
Amalda jismoniy shaxslar olib kirayotgan va olib chiqib ketayotgan 70 000 000 (yetmish million) so‘m ekvivalentidan ortiq miqdordagi naqd valyuta yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo‘li bilan bojxona nazoratidan o‘tkazilishi tartibi belgilangan.
Qaror bilan ushbu tartibga kiritilayotgan o‘zgartirishda deklaratsiyalash miqdori 100 000 000 (yuz million) so‘m ekvivalentidan ortiq miqdorda etib belgilanmoqda.
Shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan deklaratsiya to‘ldirish talab etiladigan belgilangan summadan ortiq miqdordagi naqd valyuta mablag‘lari deklaratsiya qilmagan holda taqdim etilganda, bojxona organlari xodimlarining deklaratsiya to‘ldirish qoidalarini tushuntirishi tartibi joriy etilmoqda.
Qayd etilishicha, qarorning qabul qilinishi natijasida valyuta olib kirish va olib chiqish bilan bog‘liq munosabatlar tartibga solinishi, tadbirkorlik subyektlariga qulayliklar yaratilishi hamda Davlat budjeti mablag‘laridan iqtisod qilinishi ta’minlanadi.
Yangiliklar lentasi
0