Turli xavfli viruslar bilan kasallanish avj olayotganda nimalarga e’tibor qaratish kerak

© PixabayGraficheskoe izobrajenie koronavirusa
Graficheskoe izobrajenie koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘tkir respirator kasalliklarga chalingan bemorlar ovqatlanishda taomlarning tez hazm bo‘lishi va me’daga tegmaydigan taomlarni tanovvul qilishi lozim.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Havo haroratining pasayishi bilan odamlarda o‘tkir respirator virusli infeksiya (O‘RVI), turli xavfli viruslar bilan kasallanish avj oladi. Bunday paytda qanday choralar ko‘riladi, qanday iste’mol mahsulotlari tanovvul qilish hamda qanday vaksinalar bilan emlanish tavsiya etiladi?
Sputnik muxbiri shu kabi savollar bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat Otabekovga yuzlandi.
“Har yili o‘tkir respirator kasalliklar, surunkali gripp boshlanishidan avval SSV tomonidan alohida buyruq chiqariladi va unga muvofiq shifo o‘rnilari zaxiralari, dori-darmonlar, laboratoriya tashxisi uchun zarur bo‘ladigan reaktivlar, diagnostikalar zaxiralari yaratiladi. Bu an’anaga aylangan”, - deydi Otabekov.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Bu yil ham koronavirus pandemiyasi davom etayotgan bo‘lishiga qaramasdan, gripp va paragripp, o‘tkir respirator kasalliklar, rinovirus, reoviruslarga qarshi tayyorgarlik allaqachon boshlangan.
“Ikkita virus bitta odamda kasallik chaqirishini hisobga olgan holda, ya’ni miks-infeksiyalar yuqtirilganda qanday choralar ko‘rilishi va asoratlarini oldini olish bo‘yicha maxsus yo‘riqnomalar mavjud. Hozirda atrofimizda tarqalayotgan viruslarni o‘ta xavfli deyish nojoiz, chunki ular O‘zbekiston hududida uchrab turgan respirator kasalliklarning viruslaridir”, - deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari.
Bunday vaziyatda organizmni respirator kasalliklarga qarshi kurashishga qaratilgan oziq-ovqat mahsulotlari: tabiiy sharbatlar, turli suyuqliklar, damlanmalar, askorbin kislotasi mavjud yeguliklar, sitrus mevalar, ko‘proq limon mahsulotlari tavsiya etiladi.
O‘tkir respirator kasalliklarga chalingan bemorlar ovqatlanishda taomlarning tez hazm bo‘lishi va me’daga tegmaydigan taomlarni tanovvul qilishi lozim.
Immunitetni ko‘taruvchi iste’mol mahsulotlariga tarkibida oqsil, uglevod, temir tutuvchi mahsulotlar kiradi. Bunda meva-sabzavotlar, quritilgan mevalardan tayyorlangan sharbatlar ichish tavsiya etiladi.
Mutaxassis o‘tkir respirator viruslar tarqalgan vaqtda vaksina olishni tavsiya qildi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘paymoqda. Kunlik aniqlanayotgan holatlar 140 tadan oshgan.
Yangiliklar lentasi
0