Toshkent yer usti metrosining 19 ta bekati nomi o‘zgaradi

CC BY-SA 4.0 / Wulfsbloth / Stansiya metro "Kuylyuk" v Tashkente
Stansiya metro Kuylyuk v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2022
Obuna bo‘lish
Hozirda “Do‘stlik—Qo‘yliq” yo‘nalishidagi yer usti metro bekatlari raqamlar bilan ataladi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Toshkent yer usti metrosining Qo‘yliq va Sergeli yo‘nalishlaridagi 19 ta bekatga qanday nom berish bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA Transport vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, xabar berdi.
Qayd etilishicha, jamoatchilik fikrini yig‘ish va ovozga qo‘yish uchun tez orada Toshkent shahar hokimligining maxsus veb-sahifasi ishga tushiriladi.
Keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar ustida ishlash maqsadida ishchi guruh tashkil qilingan bo‘lib, unda mazkur masalaga mas’ul bo‘lgan davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan bir qatorda, olimlar, tarixchilar, filologlar, o‘lkashunos, blogerlar, toponimika sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar taklif etilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Sergeli metro liniyasini qurish ishlari 2016-yilning dekabrida boshlangan bo‘lib, u 2020-yilning kuzida foydalanishga topshirilishi lozim bo‘lgan. Loyihaga ko‘ra, metropolitenning yangi yo‘nalishi “Choshtepa”, “Toshkent halqa yo‘li”, “Sergeli”, “Afrosiyob”, “Qipchoq” va “Chinor” nomlariga ega bo‘lishi kerak edi.
Toshkent metropoliteni xodimi Rustam Po‘latov 2021-yil sentabr oyida yangi metro liniyalarining raqamlanishi vaqtincha ekanligini bildirgan.
Atamashunoslar bunda bekatlar qurilgan joyning tarixi, o‘tmishini o‘rganib, shunga ko‘ra nom tanlaydi. Hozirda “Do‘stlik—Qo‘yliq” yo‘nalishidagi yer usti metro bekatlari 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 tartibida nomlangan.
Yangiliklar lentasi
0