https://oz.sputniknews.uz/20221130/rossiyalik-talabalar-3d-printer-yordamida-beton-uy-qurishdi-30388744.html
Rossiyalik talabalar 3D printer yordamida beton uy qurishdi
Rossiyalik talabalar 3D printer yordamida beton uy qurishdi
Sputnik O‘zbekiston
Maydoni 100 kv.metr bo‘lgan bino 36 soatda qurib bitkazildi. Bu oddiy qurilish uslubiga qaraganda bir necha barobar tez va 36% arzonga tushdi. 30.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-30T20:50+0500
2022-11-30T20:50+0500
2022-11-30T20:50+0500
rossiya
qurilish
uy
yangi uylar
axborot texnologiyalari (it)
ilm-fan
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1e/30388898_0:63:1200:738_1920x0_80_0_0_25207799724a977a2d5f1b8f71dc1365.jpg
TOShKENT, 30 noya - Sputnik. Shimoliy Kavkaz federal universiteti muhandislik instituti talabalari "SmartBild" qurilish uskunalari zavodi yordamida 3D-printerda birinchi uyni qurib bitkazishdi. Yuqori texnologiyali qurilish uskunasi - 3D printer yordamida uy qurish uchun dastlab binoning 3D modeli yaartiladi. Model kompyuter xotirasiga joylanganidan so‘ng uni "bosib chiqarish" uchun printerga yuboriladi. Printer tez qotuvchi maxsus beton aralashmasini qavatma-qavat quyish yordamida binoni ko‘taradi. – Shimoliy Kavkaz Federal universiteti (ShKFU) mashinasozlik, oziq-ovqat texnologiyasi va qurilish sohalarida sanoat hamkorlari bilan mustahkam aloqalar o‘rnatmoqda. Bunday hamkorlik eng qisqa vaqt ichida yangi innovatsion texnologiyalar orqali milliy muammolarni hal qiluvchi amaliy loyihalarni ishga tushirish imkonini beradi, – dedi NSFU rektori Dmitriy Bespalov.Bunday uylar - qurilish tezligi, bir kvadrat metrning arzonligi, qurilish chiqindilarsiz amalga oshirilishi bilan afzaldir. 3D printer yordamida 100 kv.m uy 36 soatda qurib bitkaziladi. ShKFU talabalari bir vaqtining o‘zida ikkita bir xil, umumiy maydoni 100 m. kv bo‘lgan uy qurishni boshlashdi. Uylardan biri an’anaviy uslubda, ikkinchisi 3D printer yordamida qurildi. Printer uslubida qurilgan uy ancha arzon va tez bitgan. Umumiy tejamkorlik - 36 foizni tashkil etgan. Ayni paytda universitet loyihachilar guruhi ikki qavatli 3D-bosma bino qurish ishlarini boshlab yuborgan. Mutaxassislar aytishiga ko‘ra, Kelajakda ikki qavatli uylarni 3 kun ichida qurish mumkin bo‘ladi. Ayni damda ShKFU sanoat hamkori bilan birgalikda qo‘shimcha texnologiyalar bo‘yicha tadqiqot va o‘quv markazini ochadi. Markaz beton aralashmalar, ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot va sanoat kontrollerlari, shuningdek, 3D bosib chiqarishga moslashtirilgan binolar va qurilish konstruksiyalarini loyihalash usullarini ishlab chiqadi va takomillashtiradi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1e/30388898_67:0:1134:800_1920x0_80_0_0_e771a6d3b569691f203a3eae46b62c4e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, qurilish, uy, yangi uylar, axborot texnologiyalari (it), ilm-fan
rossiya, qurilish, uy, yangi uylar, axborot texnologiyalari (it), ilm-fan
Rossiyalik talabalar 3D printer yordamida beton uy qurishdi
Maydoni 100 kv.metr bo‘lgan bino 36 soatda qurib bitkazildi. Bu oddiy qurilish uslubiga qaraganda bir necha barobar tez va 36% arzonga tushdi.
TOShKENT, 30 noya - Sputnik. Shimoliy Kavkaz federal universiteti muhandislik instituti talabalari "SmartBild" qurilish uskunalari zavodi yordamida 3D-printerda birinchi uyni qurib
bitkazishdi. Yuqori texnologiyali qurilish uskunasi - 3D printer yordamida uy qurish uchun dastlab binoning 3D modeli yaartiladi. Model kompyuter xotirasiga joylanganidan so‘ng uni "bosib chiqarish" uchun printerga yuboriladi. Printer tez qotuvchi maxsus beton aralashmasini qavatma-qavat quyish yordamida binoni ko‘taradi.
– Shimoliy Kavkaz Federal universiteti (ShKFU) mashinasozlik, oziq-ovqat texnologiyasi va qurilish sohalarida sanoat hamkorlari bilan mustahkam aloqalar o‘rnatmoqda. Bunday hamkorlik eng qisqa vaqt ichida yangi innovatsion texnologiyalar orqali milliy muammolarni hal qiluvchi amaliy loyihalarni ishga tushirish imkonini beradi, – dedi NSFU rektori Dmitriy Bespalov.
Bunday uylar - qurilish tezligi, bir kvadrat metrning arzonligi, qurilish chiqindilarsiz amalga oshirilishi bilan afzaldir.
3D printer yordamida 100 kv.m uy 36 soatda qurib bitkaziladi. ShKFU talabalari bir vaqtining o‘zida ikkita bir xil, umumiy maydoni 100 m. kv bo‘lgan uy qurishni boshlashdi. Uylardan biri an’anaviy uslubda, ikkinchisi 3D printer yordamida qurildi. Printer uslubida qurilgan uy ancha arzon va tez bitgan. Umumiy tejamkorlik - 36 foizni tashkil etgan.
Ayni paytda universitet loyihachilar guruhi ikki qavatli 3D-bosma bino qurish ishlarini boshlab yuborgan. Mutaxassislar aytishiga ko‘ra, Kelajakda ikki qavatli uylarni 3 kun ichida qurish mumkin bo‘ladi.
Ayni damda ShKFU sanoat hamkori bilan birgalikda qo‘shimcha texnologiyalar bo‘yicha tadqiqot va o‘quv markazini ochadi. Markaz beton aralashmalar, ixtisoslashtirilgan dasturiy ta’minot va sanoat kontrollerlari, shuningdek, 3D bosib chiqarishga moslashtirilgan binolar va qurilish konstruksiyalarini loyihalash usullarini ishlab chiqadi va takomillashtiradi.