O‘zbekiston qaysi davlatga eng ko‘p televizor eksport qilgani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMujchina polzuyetsya pultom
Mujchina polzuyetsya pultom  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2022
Obuna bo‘lish
Televizor eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 99,7 mingtaga oshgan.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. O‘zbekiston joriy yilning yanvar-oktabr oylarida xorijga qiymati 28,9 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 171,6 mingta televizor eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
“Televizor eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 99,7 mingtaga oshgan”, deyiladi xabarda.
O‘zbekiston 10 oyda eng ko‘p televizor eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 100,5 mingta;
Ozarbayjon – 42,7 mingta;
Qozog‘iston – 16,5 mingta;
Tojikiston – 3,8 mingta;
Turkmaniston – 2,2 mingta;
Armaniston – 1,9 mingta;
Qirg‘iz Respublikasi – 1,7 mingta.
Yangiliklar lentasi
0