https://oz.sputniknews.uz/20221130/ozbek-baroni-mahorat-darsi-otkazadi-30391464.html
“O‘zbek Baroni” mahorat darsi o‘tkazadi
“O‘zbek Baroni” mahorat darsi o‘tkazadi
Sputnik O‘zbekiston
Farhod Mahmudov Butunrossiya davlat kinematografiya institutining (VGIK) Toshkent filialida ilk mahorat darsini o‘tkazadi. 30.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-30T19:08+0500
2022-11-30T19:08+0500
2022-12-03T15:12+0500
jamiyat
gerasimov nomidagi butunrossiya davlat kinematografiya instituti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1e/30388402_0:438:853:918_1920x0_80_0_0_3994ab9341a107e255359db310c35592.jpg
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Mahmudov 3-dekabr kuni Butunrossiya davlat kinematografiya institutining (VGIK) Toshkent filialida ilk mahorat darsini o‘tkazadi.Mahorat darslari bosqichma-bosqich o‘tkaziladi, navbatda Rossiya xalq artisti Sergey Bezrukov, taniqli kinorejissor Nikolay Lebedev ham bor.“Mahorat darsi nafaqat talabalarga, balki kino san’atiga qiziquvchi barcha uchun o‘tkaziladi. O‘ylaymanki, uchrashuvlarda mutaxassis ijodkorlar uchun ham yosh ijodkorlarni aniqlashadi va kelgusida o‘zaro ijodiy hamkorliklar yo‘lga qo‘yiladi”, - deya ishonch bildirdi Yuldashev.Uning so‘zlariga ko‘ra, VGIKning Toshkent filialida hozirda asosan ta’limdagi urg‘u pedagogik-amaliy jarayonlarga qaratilmoqda, biroq kelgusi yildan ilmiy jarayonlarga ham e’tibor qaratiladi. Rejaga ko‘ra, 2023-yildan filialda maxsus “kinotanqid” va “kinoshunoslik” ta’lim yo‘nalishlari ochiladi.Kelgusida filialda mazkur yo‘nalishlarning magistratura va doktorantura bosqichlari ham ochilishi rejalashtirilgan.Farhod Mahmudov 1972-yili Toshkentda tavallud topgan, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist. 1993-yilda VGIKda aktorlik yo‘nalishini tamomlagan (pedagog Mixail Gluzskiy). Rus teatri spektakllarida va kinofilmlarda ko‘plab rollar ijro etgan. O‘zbekistonda rejissor Rustam Sa’diyevning “Baron” (2016) kinokartinasidagi Izzat roli orqali shuhrat qozondi va "o‘zbek Baroni" deya tanildi.2022 yil kuz oyida “Baron 2.Sog‘inch” kinokartinasi premyera qilindi. Farhod Mahmudov bu kartinada o‘z qahramoni Izzat rolini ijro etdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1e/30388402_0:358:853:998_1920x0_80_0_0_ca2160a6b45f3fe7f6667e280e047443.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, gerasimov nomidagi butunrossiya davlat kinematografiya instituti
jamiyat, gerasimov nomidagi butunrossiya davlat kinematografiya instituti
“O‘zbek Baroni” mahorat darsi o‘tkazadi
19:08 30.11.2022 (yangilandi: 15:12 03.12.2022) Farhod Mahmudov Butunrossiya davlat kinematografiya institutining (VGIK) Toshkent filialida ilk mahorat darsini o‘tkazadi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Mahmudov 3-dekabr kuni Butunrossiya davlat kinematografiya institutining (VGIK) Toshkent filialida ilk mahorat darsini o‘tkazadi.
“2020 yili prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekfilm”ga tashrifi chog‘ida Farhod Mahmudovga VGIKning Toshkent filialida ilk aktorlik mahorati ustaxonasini ochish borasida topshiriq bergandilar. Shundan so‘ng Farhod Mahmudov Moskvada mazkur ustaxonani ochib, o‘zbekistonlik talabalarga saboq bera boshladi. Endi biz uning mahorat darslarini Toshkentdagi filialda muntazam o‘tkazib boramiz”, - dedi VGIK Toshkent filiali direktori Eldor Yuldashev Sputnik muxbiri bilan suhbatda.
Mahorat darslari bosqichma-bosqich o‘tkaziladi, navbatda Rossiya xalq artisti Sergey Bezrukov, taniqli kinorejissor Nikolay Lebedev ham bor.
“Mahorat darsi nafaqat talabalarga, balki kino san’atiga qiziquvchi barcha uchun o‘tkaziladi. O‘ylaymanki, uchrashuvlarda mutaxassis ijodkorlar uchun ham yosh ijodkorlarni aniqlashadi va kelgusida o‘zaro ijodiy hamkorliklar yo‘lga qo‘yiladi”, - deya ishonch bildirdi Yuldashev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, VGIKning Toshkent filialida hozirda asosan ta’limdagi urg‘u pedagogik-amaliy jarayonlarga qaratilmoqda, biroq kelgusi yildan ilmiy jarayonlarga ham e’tibor qaratiladi. Rejaga ko‘ra, 2023-yildan filialda maxsus “kinotanqid” va “kinoshunoslik” ta’lim yo‘nalishlari ochiladi.
Kelgusida filialda mazkur yo‘nalishlarning magistratura va doktorantura bosqichlari ham ochilishi rejalashtirilgan.
Farhod Mahmudov 1972-yili Toshkentda tavallud topgan, Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist. 1993-yilda VGIKda aktorlik yo‘nalishini tamomlagan (pedagog Mixail Gluzskiy). Rus teatri spektakllarida va kinofilmlarda ko‘plab rollar ijro etgan. O‘zbekistonda rejissor Rustam Sa’diyevning “Baron” (2016) kinokartinasidagi Izzat roli orqali shuhrat qozondi va "o‘zbek Baroni" deya tanildi.
2022 yil kuz oyida “Baron 2.Sog‘inch” kinokartinasi premyera qilindi. Farhod Mahmudov bu kartinada o‘z qahramoni Izzat rolini ijro etdi.