O‘mon aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishPassajirskiy avialayner Airbus A321-211 aviakompanii "Aeroflot" v aeroportu Simferopolya.
Passajirskiy avialayner Airbus A321-211 aviakompanii Aeroflot v aeroportu Simferopolya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘mon Sultonligi aviakompaniyasi O‘zbekistonning ikkita shahariga parvozlarni yo‘lga qo‘yishga ruxsat oldi.
TOShKENT, 30 noya — Sputnik. O‘mon Sultonligining “Salam Air” aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zbekiston Respublikasi va O‘mon Sultonligi o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi hukumatlararo Bitim asosida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan “Salam Air” aviakompaniyasiga 2022-yil 30-noyabrda 18-K sonli Ekspluatatsion ruxsatnoma berildi”, - deyiladi agentlik xabarida.

Ruxsatnoma Masqat – Toshkent – Masqat va Masqat – Namangan – Masqat yo‘nalishlarida muntazam parvozlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Aviakompaniya parvozlarni A320 va A321havo kemalarida amalga oshiradi.
Avvalroq O‘zbekistonning O‘mon Sultonligidagi elchixonasida "Salam Air" aviakompaniyasi tijorat va xalqaro hamkorlik boshqarmasi direktori Mazin al-Salmaniy hamda uning tijorat bo‘yicha menejerlari Kulsum al-Balushiya va Xolid al-Riyamiy bilan aviakompaniya tomonidan Masqat-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha avvaliga charter, so‘ngra doimiy parvozlarni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilingandi.
Yangiliklar lentasi
0