Xorazmlik ayol turmush o‘rtog‘iga bir bo‘yragini berdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishDirektor nauchnogo sentra serdechno-sosudistoy xirurgii im. A.N. Bakuleva, akademik Leo Bokeriya vo vremya operatsii.
Direktor nauchnogo sentra serdechno-sosudistoy xirurgii im. A.N. Bakuleva, akademik Leo Bokeriya vo vremya operatsii.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2022
Obuna bo‘lish
Xorazmda bo‘yrak transplantatsiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan jarrohlik amaliyotlari soni sakkiztaga yetdi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Xorazm filialida murakkab transplantatsiya amaliyoti – buyrak ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi bajarildi. Ayol turmush o‘rtog‘iga bir buyragini berdi, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Vazirlikk ko‘ra, bemor Davron Rajabov Bog‘ot tumanidan. U ko‘p yillardan beri buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekib kelgan. So‘nggi paytlarda esa ahvoli yanada og‘irlashgan. Shifoxonaga murojaat qilganida mutaxassislar unga so‘nggi chora sifatida transplantatsiya amaliyotini tavsiya etgan.
Donorlik uchun turmush o‘rtog‘i – Kamola Sa’dullayevaning tibbiy tahlil natijalari mos kelgan va u eriga bir buyragini berishga qaror qilgan.

“Operatsiya olti soatdan ko‘proq vaqt davom etdi. Uni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va viloyat filiali jarrohlari o‘zaro hamkorlikda bajarishdi. Muhimi, amaliyot muvaffaqiyatli yakunlandi. Hozir bemorning ham, donorning ham ahvoli yaxshi. Har ikkisida tegishli standartlar asosida tibbiy muolajalar davom ettirilmoqda”, - deyiladi SSV xabarida.

Qayd etilishicha, ushbu buyrak transplantatsiyasi viloyatda o‘tkazilgan shu turdagi sakkizinchi amaliyotdir.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda buyrak ko‘chirib o‘tkazish, jigar va o‘zak hujayra amaliyotlari kengayib bormoqda. So‘nggi yillarda 700 dan ortiq ana shunday operatsiyalar muvaffaqiyatli bajarildi. Xususan, bugungacha transplantatsiya amaliyotlari Samarqand, Namangan, Xorazm, Surxondaryo va Andijon viloyatlarida o‘tkazilgan.
Aytish joizki, bir necha yil oldin ushbu kabi operatsiyalarni amalga oshirish uchun O‘zbkiston fuqarolari chet el davlatlariga borishiga to‘g‘ri kelar edi. 2017-yilda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston tibbiyot sohasini keskin tanqid qilgan va murakkab operatsiyalar uchun fuqarolarni chet elga borishga majburlaydigan sabablarni aniqlash, imkon qadar malakali mutaxassislarni O‘zbekistonga olib kelish, chet elga ishlaga ketgan o‘zbekistonlik shifokorlarni imkon qadar vataniga qaytarish kabi vazifalarni qo‘ygan edi.
2021 yil oktabrda Prezidentning “Xirurgiya xizmatini transformatsiya qilish, hududlarda jarrohlik amaliyotlari sifatini oshirish va ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan 2022-yil yakunigacha barcha hududlarda buyrak transplantatsiyasi amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.
Undan tashqari, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Rossiya orasida tibbiy ta’lim va tajriba almashish sohasida keng qamrovli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Yangiliklar lentasi
0