Rossiya va O‘zbekiston sanoat kooperatsiyasini kengaytiradi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishFlag Rossii i Uzbekistana, arxivnoe foto
Flag Rossii i Uzbekistana, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2022
Obuna bo‘lish
Jamshid Xo‘jayev va Denis Manturov Rossiya va O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Rossiya Federatsiyasi Sanoat va savdo vazirligi o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha Kompleks qo‘shma harakatlar dasturi ishlab chiqiladi. Bu haqda Rossiya Sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, RF Hukumati raisining o‘rinbosari – Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev bilan videokonferensiya formatida uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Xususan, ikki vazirlik o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha Kompleks qo‘shma harakatlar dasturini ishlab chiqishga e’tibor qaratilgan.
Dastur aviatsiya, farmatsevtika, radioelektronika, kimyo, yengil sanoat, yog‘ochsozlik, avtomobilsozlik, yoqilg‘i-energetika kompleksi uchun ixtisoslashtirilgan va temir yo‘l mashinasozligi va mashinasozlik kabi tarmoqlarni o‘z ichiga oladi.
Denis Manturov bu muhim va tizimli hujjat bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi uzoq muddatli istiqbolda sanoat hamkorligining strategik yo‘nalishlarini belgilab beradi, deb ta’kidladi.
“O‘zaro hamkorligimizning asosiy yo‘nalishi sifatida 10 ta soha belgilandi, hamkorlikning aniq mexanizmlari va qo‘shma tashabbuslar qayd qilindi”, deydi Rossiya sanoat va savdo vaziri.
Yana bir muhim masala O‘zbekistonda Rossiya biznes missiyalarini o‘tkazish bo‘ldi, ularda Rossiya korxonalari O‘zbekiston ishlab chiqarish maydonlariga tashrif buyurib, potensial hamkorlar bilan muzokaralar olib boradi.
Tomonlar 2023-yil bahorida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan INNOPROM xalqaro sanoat ko‘rgazmasini o‘tkazish masalalariga ham e’tibor qaratdilar.
Yangiliklar lentasi
0