Qozog‘iston bilan maqbul narxlarda neft import qilishga kelishib olindi

© Sputnik / Vitaly Timkiv / Mediabankka o‘tishSisterni dlya nefteproduktov
Sisterni dlya nefteproduktov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston tomoni neftni tolling shartlari asosida o‘zbek zavodlarida qayta ishlash istagini bildirdi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekiston Qozog‘istondan “maqbul narxlarda” neft import qilishga kelishib oldi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Energetika vazirligi va yirik energetika kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya Qozog‘istonda bo‘lgan. Safar davomida Qozog‘istonning “Qazmunaygaz” AJ tijorat va sotish departamenti, neft marketingi boshqarmasi mutaxassislari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Muzokaralarda qozoq hamkorlar tomonidan “Qazmunaygaz” AJga tegishli konlardan qazib chiqarilayotgan xomashoni yetkazib berish shartlari taklif etilgan. Shuningdek, “Qazmunaygaz” AJ tomonidan O‘zbekiston neftni qayta ishlash zavodlarida o‘ziga tegishli bo‘lgan xomashoni tolling shartlari asosida qayta ishlashni o‘rganib chiqishga qiziqish bildirdi.
Qozog‘iston tomonidan “Qazmunaygaz” AJ tasarrufidagi qazib chiqarish tashkilotlarining xom-ashyo resurslari bari mahalliy neftni qayta ishlash zavodlari va Ruminiyada joylashgan zavodni ta’minlashga yo‘naltirilayotgani, qo‘shma korxonalarning neft hajmlari esa shartnomalar bilan taqsimlangan ma’lum qilindi.
Shu bilan birga, Qozog‘istonda ko‘plab xususiy neft qazib oluvchi korxonalar mavjudligi, ular xomashoga narx belgilash tartibi va yetkazib berish logistikasi jihatidan jozibador hisoblanishi ta’kidlandi. Masalan, “Potensial Oyl” MChJ va “Kultuk” konida qazib chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Ozarbayjon neft kompaniyasi shular jumlasidan.
Ushbu korxonalar bilan aloqa o‘rnatish maqsadida ikki tomon Energetika vazirliklari o‘rtasida ish olib borishga hamda tomonlar O‘zbekiston neftni qayta ishlash zavodlariga Qozog‘iston nefti importi bo‘yicha ishlarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0