Qoraqalpog‘iston voqealarida ayblanuvchilar aybini tan oldi

© SputnikPerviy den suda po delu o besporadkax v Karakalpakstane
Perviy den suda po delu o besporadkax v Karakalpakstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2022
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklarni uyushtirganlikda ayblanayotganlar o‘z ayblarini to‘liq yoki qisman tan oldi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Buxoroda joriy yil iyul oyida Qoraqalpog‘istonda ommaviy tartibsizliklar uyushtirganlikda ayblanayotgan shaxslar ustidan sud jarayonining ikkinchi kuni boshlandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda sud jarayonida olingan video tarqaldi, unda ish bo‘yicha barcha ayblanuvchilar o‘z aybiga iqror bo‘lgani ko‘rinadi: ba’zilari to‘liq, ba’zilari qisman.
Yig‘ilishda prokuratura vakili ayblovlarni o‘qib eshittirdi, sudya Yebulay Abibullayev esa sudlanuvchilardan qo‘yilgan ayblovlarga rozi ekanliklarini so‘radi.
Sudlanuvchilarning javobi:
Dauletmurat Tajimuratov – qisman
Lolagul Qallixanova – to‘liq
Azamat Turdanov – to‘liq
Axmet Smetullayev – qisman
Dao‘letmurat Djiyemuratov – to‘liq
Baxtiyar Kadirbergenov – qisman
Bayram Seytniyazov – qisman
Allabay Toqimbetov – qisman
Qaharman Seytimov – to‘liq
Azamat Nuratdinov – to‘liq
Seydabulla Medetov – qisman
Nurlan Nayipov – to‘liq
Polat Shamshetov – to‘liq
Razbek Bekmuratov – qisman
Sultanbek Kaipov – qisman
Berdax Genjebayev – to‘liq
Salamat Kalilayev – to‘liq
Polat Nurniyazov – to‘liq
Saiipnazar Kalimov – to‘liq
Nurlan Sultamuratov – to‘liq
Arislan Temirxanov – to‘liq
Amirbek Adilbekov – to‘liq
Avvalroq sudlanuvchilarning har biriga qo‘yilgan ayblovlar ro‘yxatini e’lon qilgan edik. Ular orasida – tartibsizliklar uyushtirish, tartibsizliklarga chaqiruvchi materiallarni tarqatish, tartibsizliklarda qatnashish, badanga shikast yetkazish va boshqa ayblovlar bor.
Qoraqalpog‘istondagi ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 20 kishi qamoqqa olingan, bir kishi uy qamog‘ida, yana biri esa “jamoa kafilligi” evaziga ozod qilingan.
O‘zbekiston huquq-tartibot idoralarining ma’lumotlariga ko‘ra, Qoraqalpog‘istondagi tartibsizliklar chog‘ida 18 kishi halok bo‘lgan, 243 kishi yaralangan, 516 kishi hibsga olingan, jumladan, chet el fuqarolari ham bor. Mamlakat Bosh prokuraturasi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining “Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz” moddasi bo‘yicha 14 kishi hibsga olingani haqida xabar bergan. 4-iyul kuni O‘zbekiston parlamenti namoyishchilar talab qilganidek, Qoraqalpog‘istonning suverenitetini nazarda tutuvchi maqomini saqlab qolishga qaror qildi.
Yangiliklar lentasi
0