O‘zbek tili va adabiyoti universitetida xorijliklar uchun “O‘zbek maktabi” ochildi

© ministerstvo visshego i srednego spetsialnogo obrazovaniyaDlya inostrannix grajdan otkrilas "Uzbekskaya shkola"
Dlya inostrannix grajdan otkrilas Uzbekskaya shkola  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.11.2022
Obuna bo‘lish
“Uzbek school” - xorijliklarga o‘zbek tilini eng zamonaviy uslub va vositalar yordamida o‘rgatish bilan shug‘ullanadi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Kecha, 28-noyabr kuni Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Uzbek school” — xorijliklar uchun o‘zbek tili tayyorlov kurslari maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, bu kurslarda o‘zbek tili eng zamonaviy usul va vositalar yordamida, til o‘rganuvchilar xohishiga ko‘ra kichik, o‘rta guruhlarda yoki individual o‘rgatiladi.
Shuningdek, tadbir doirasida universitet o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan “Xorijliklar uchun o‘zbek tili”darsligining taqdimoti ham o‘tkazildi.
"A1 daraja uchun mo‘ljallangan ushbu darslik oddiydan murakkabga tomon mantiqan uzviylikda tuzilgan 12 mavzudan iborat bo‘lib, tinglovchi harflardan jumla tuzishgacha bo‘lgan yozish (writing), gapirish (speaking), o‘qish (reading), tinglash (listening) ko‘nikmalarni egallashiga imkon yaratadi. Har bir mavzu oxirida tinglovchi o‘z bilimlarini tekshirishi va mustahkamlashi uchun maxsus test topshiriqlari beriladi", deyiladi vazirlik xabarida.
Ta’kidlanishicha, ushbu darslik shu yo‘nalishda yaratilgan mavjud o‘zbek tili qo‘llanmalaridan inglizcha ko‘rsatma va izohlarning berilishi, har bir darsda ishlatilgan so‘zlarning ingliz tilidagi tarjimasi ko‘rsatilgani bilan ajralib turadi.
Kitobga ilova etilgan audio-vizual materiallar o‘zbek tili fonetikasining o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, matnlarda aks etgan dialoglar orqali turli situativ holatlarda ishlatiladigan leksik qatlam bilan tanishadi.
Kitob nafaqat o‘zbek tilini, balki o‘zbek madaniyatini ham o‘rganishga yordam beradi.
Avvalroq Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha "Yakshanba maktabi" tashkil etilgandi. Maktab Ural federal okrugida istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik bolalarni O‘zbekistonga, o‘zbek tili va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda milliy tarix va madaniyatni keng targ‘ib etish maqsadida ochildi.
Yangiliklar lentasi
0