https://oz.sputniknews.uz/20221129/nato-ukrainada-maglubiyatga-uchramoqda-30345064.html
NATO Ukrainada mag‘lubiyatga uchramoqda
NATO Ukrainada mag‘lubiyatga uchramoqda
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina inqirozi G‘arbning fundamental tayyor emasligini, ya’ni Pentagon va NATOning Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurolli to‘qnashuvga texnologik jihatdan tayyor... 29.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-29T22:15+0500
2022-11-29T22:15+0500
2023-04-05T18:42+0500
kolumnistlar
nato
ukraina
germaniya
yevropa
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/325/11/3251155_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_4339ef7a8c5e6f64c82456661b95fdfe.jpg
Alyansning Kiyev rejimiga harbiy yordami G‘arbiy arsenallar, oddiy qurollar va o‘q-dorilarni ishlab chiqarish imkoniyatlari cheklanganligi sababli boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. To‘qqiz oy maxsus harbiy operatsiya AQSh va YeIda keng spektrli jangovar texnikalar hamda sanoat-texnologiya liniyalarning yetishmasligini tasdiqladi. Eng qiyin vaziyat Ukraina Qurolli Kuchlariga NATO standartidagi artilleriya va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini yetkazib berishda kuzatilmoqda. 155-mm lik artilleriya zaxiralari tugayapti, zamonaviy zenit raketa komplekslari esa NATOning o‘z mamlakatlariga yetmayapti.Shubhasiz, Rossiya Qurolli Kuchlari Eski dunyoda va Ukrainadagi harbiy harakatlar teatrida strategik ravishda hukmronlik qilmoqda. Rossiyaning qanotli raketalari benuqson va Tu-160 strategik bombardimonchilari MiG-31 qiruvchilari bilan hamrohlikda 25-noyabr kuni NATOning shimoliy chegaralarida 13-soatlik rejali parvozida yana bir bor buni namoyish etdi. Har ehtimolga qarshi, AQSh va uning ittifoqdoshlari kechayu kunduz va doimiy Rossiya yadroviy triadasining nishoni ostida bo‘lib turibdi.G‘arbning Ukrainada mag‘lub bo‘lishi jangovar salohiyatlar farqi bilan avvaldan aniq edi - Rossiyaga hech kimning “tishi o‘tmaydi”. “Mudofaaviy” alyans yana bir bor butun dunyoga o‘z mavjudligi va kengayishining bema’niligini isbotladi. G‘arb OAVlari va performanslarining noto‘g‘ri talqinlari bilan toshgan Kiyev rejimining jang maydonlarida qarshilik ko‘rsatishi aslida haqiqatdan uzoq va maxsus operatsiya sur’atlariga ta’sir qilmaydi.Yevropa “jannat bog‘lari”ning alohida rahbarlarining Rossiya ustidan g‘arbiy g‘alaba qilish haqidagi “vijirlash”lari klinik xarakterga ega.Rossiya qo‘shinlari 1000 kilometrlik harbiy tutashuv liniyalarida bir qancha yo‘nalishlarda hujum qilishmoqda. Ukraina Qurolli Kuchlari va NATO yollanma askarlarining katta yo‘qotishlarini G‘arbiy Yevropa ham, Shimoliy Amerikada ham hech kim inkor etmaydi. Harbiy ekspert, AQSh armiyasi iste’fodagi polkovnigi Duglas Makgregor Ukraina Qurolli Kuchlar yo‘qotishlarini 100 ming qurbon va yuz minglab jarohatlanganlar, deya baholamoqda.Ukrainadagi maxsus operatsiyaning to‘qqiz oyi mobaynida alyansning boshqa mamlakatlardan kelgan “ko‘ngilli askarlar”ni hisoblamaganda 1200 nafar polshalik yollanma askarlar halok bo‘lgan. Buning fonida Kiyevning Ukraina qo‘shinlari Zaporojsk va Xarkov yo‘nalishida qarshi hujumga o‘tishi haqidagi qoqirik-suriqlari - NATO va Ukraina qurolli kuchlari bayramni askarlarning ommaviy marosimiga aylantirish kabi bema’ni va yovuzdir.Rossiyaning strategik zarbalariG‘arbda Ukrainadagi harbiy harakatlar teatrida strategik tashabbus Rossiyaga tegishni ekanini anglashadi. U Kiyev rejimining harbiy boshqaruv tizimlari va unga bog‘liq energetika va logistika obyektlarini uzoq masofali yuqori aniqlikdagi qanotli raketalar bilan yo‘q qilmoqda. UQK havo kuchlari to‘qqiz oy davomida bunday parvozlarning 4000 tasini sanab chiqqan, qolaversa, bu statistikaga X-59, S-300 raketalari, zarba beruvchi dronlar va reaktiv snaradlar kiritilmagan.Ukraina hukumati har kuni fuqarolarini raketa zarbalarining yangi to‘lqini va millionlab aholining ehtimoliy evakuatsiyasidan ogohlantiradi. G‘arbning versiyalaridan qat’iy nazar, Rossiyaning yuqori aniqlikda zarba beruvchi qurollari hech qanday sharoitida tugamaydi.Alyans strateglari Ukrainada to‘liq blekautni, ya’ni Ukraina Qurolli Kuchlari muhim energiya infratuzilmasini tiklash imkoniyatisiz vayron bo‘lishini bashorat qilishmoqda. NATOning Ukrainada “qudratli havo hujumiga qarshi mudofaasi”ni yaratishga harakatlari haqiqatga aslo chiday olmaydi. Ukrainaning “yopiq osmoni” borasida ham xomxayollarga borish kerak emas. G‘arbning havo hujumiga qarshi mudofaa komplekslari son va sifat jihatidan ham (texnologik jihatdan ham) alyans mamlakatlari, jumladan, AQShning muhim obyektlarini qanotli raketalardan himoya qila olmaydi. Ukraina Qurolli Kuchlarining to‘liq “o‘chib qolishi”ga faqat Kiyevning Moskva shartlarini bajarishi: Ukrainaning demilitarizatsiyasi va denatsifikatsiyasi, Rossiya Federatsiyasining hududlarini tan olishi kerak bo‘ladi.AQSh va NATO Kiyev rejimini qaytadan qurollantirish va o‘z arsenallarini to‘ldirishga harakat qilishmoqda. Bu esa yaxshi ish bermayapti: G‘arbda Kiyev rejimi uchun qurollar va o‘q-dorilar tugayapti, yetkazib berilganlari esa tezda ishdan va safdan chiqapti. Polshaning NATOdagi elchisi Tomash Shatkovski Ukraina tufayli ko‘plab mamlakatlarning harbiy omborlari bo‘shab qolgani va vayronaga aylangani haqida xabar berdi. Shu bilan birga, Ukraina Qurolli Kuchlarining muvaffaqiyatlari va jangovar salohiyati aniq emas.Pentagon va Britaniyaning mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli Kuchlariga boshqariladigan Excalibur snaradlari va Brimstone-2 raketalarini yetkazib bermoqda. Amerikaning Boeing kompaniyasi 2023-yilning bahorida Kiyev rejimiga yuqori aniqlikdagi GLSDB o‘q-dorilarini yetkazib berishni rejalashtirapti. Va baribir G‘arbning muntazam harbiy yordamga Ukrainaning umidlari mustahkam asosga ega emas. Kiyev o‘zining Yevropa Ittifoqi va Rossiya o‘rtasida iqtisodiy buzg‘unchi rolini Vashington foydasiga o‘ynab bo‘ldi.Yevroiittifoqning Amerika qo‘g‘irchoqligiga aylanishdek ayanchli va abgor ishi tugadi. Pentagon ufqida - Tayvandagi yangi harbiy mojaro va Kiyevdan qahramonlarcha evakuatsiya.Eng yomoni hali oldindaBritaniyalik tarixchi Orlando Fidjes Germaniyaning Die Welt gazetasiga shunday bashorat qilgan: “Ukrainadagi harbiy harakatlar juda uzoq davom etadi va Rossiyaning g‘alabasi bilan tugaydi”. Axir Kremlning “qancha kerak bo‘lsa shuncha davom ettirish uchun qat’iyati, mablag‘i va ittifoqdoshlari yetarlicha”.Vashingtonda Ukraina mojarosining yakunini AQShning NATOdan chiqib ketishi bilan muhokama qilishmoqda. Kiyev rejimi uchun yana bir tashvishli signal - Amerikaning eng nufuzli kishilaridan biri, yozuvchi, AQSh prezidenti Ronald Reygan davridagi Bosh prokurorning sobiq maslahatchisi, advokat Brus Faynning 25-noyabr kuni “markaziy” The Hill gazetasining nashrida amaliy taklifi: “Kongress Ukrainadagi urushni tugatishi va AQShni NATOdan chiqarish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish orqali Tinchlik uchun Nobel mukofotini qo‘lga kiritishi mumkin, tashkilotni kuchli hujumkor eman daraxtidan Rossiyani bezovta qilmaydigan mayda daraxtzorga aylantirishi mumkin”. Feyning fikricha, AQShsiz NATO - bu “qog‘ozdan yasalgan yo‘lbars”, Rossiyaga Ukraina bilan ham usiz ham hech qanday xavf sola olmaydi. RF ham NATOning Yevropadagi a’zolariga harbiy tahdid solmaydi, shu sababli AQShning NATO dan chiqib ketishi ittifoqchilarni tashvishga qoldirmaydi. Boshqa tomondan, “Ukrainadagi urush cheksiz davom etishi mumkin, va Qo‘shma Shtatlar uchun yiliga 100 milliard dollarga tushadi”. Bu kabi g‘oyalar Amerika matbuotida shunchaki e’lon qilinmaydi.Germaniya so‘llar partiyasi asoschisi Oskar Lafonten 27-noyabr kuni Deutsche Wirtschafts Nachrichten nashriga bergan intveryusida aytishicha, yevropaliklar “Vashingtondagi aqldan ozgan elitalarning buyuk derjavalik ambitsiyalari” va Yevropa mamlakatlari rahbarlarining qo‘rqoqligi uchun tovon to‘lashga majbur bo‘lishmoqda.“Shimoliy oqim”larning buzilishi - Rossiyaga qarshi kurashda “tishlarini sindirib qo‘ygan” Qo‘shma Shtatlarning “Germaniyaga urush e’lon qilishi” . NATO “eskirdi” va Lafonten yangi Yevropa xavfsizlik arxitekturasini yaratishni, yadro qurolidan va Ramshteyn harbiy bazasidan xalos bo‘lishni va Amerika qo‘shinlarini Germaniyadan chiqarib yuborishni taklif qilmoqda.Ma’lumki, Yevropada ham fikrlaydigan odamlar bor. Aniq toifadagi siyosiy kuchlar esa “gegemon” bilan ayrilishga shunchaki tayyor emas. Yoki unga ovqat bo‘lib qolishni istashmaydi. Pentagonning yevropalik ittifoqdoshlari bilan “ajrim”ini rasman tasdiqlash qoladi xolos. Va bunda Ukraina vijdonan hammadan ko‘ra ko‘proq tovon to‘laydi.
ukraina
yevropa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/325/11/3251155_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_15f7aa6ce0deb7527ff0fcdab8369b9c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
kolumnistlar, nato, ukraina, germaniya, yevropa, rossiya
kolumnistlar, nato, ukraina, germaniya, yevropa, rossiya
NATO Ukrainada mag‘lubiyatga uchramoqda
22:15 29.11.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) Ukraina inqirozi G‘arbning fundamental tayyor emasligini, ya’ni Pentagon va NATOning Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurolli to‘qnashuvga texnologik jihatdan tayyor emasligini ko‘rsatib berdi.
Alyansning Kiyev rejimiga harbiy yordami G‘arbiy arsenallar, oddiy qurollar va o‘q-dorilarni ishlab chiqarish imkoniyatlari cheklanganligi sababli boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. To‘qqiz oy maxsus harbiy operatsiya AQSh va YeIda keng spektrli jangovar texnikalar hamda sanoat-texnologiya liniyalarning yetishmasligini tasdiqladi. Eng qiyin vaziyat Ukraina Qurolli Kuchlariga NATO standartidagi artilleriya va havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini yetkazib berishda kuzatilmoqda. 155-mm lik artilleriya zaxiralari tugayapti, zamonaviy zenit raketa komplekslari esa NATOning o‘z mamlakatlariga yetmayapti.
Shubhasiz, Rossiya Qurolli Kuchlari Eski dunyoda va Ukrainadagi harbiy harakatlar teatrida strategik ravishda hukmronlik qilmoqda. Rossiyaning qanotli raketalari benuqson va Tu-160 strategik bombardimonchilari MiG-31 qiruvchilari bilan hamrohlikda 25-noyabr kuni NATOning shimoliy chegaralarida 13-soatlik rejali parvozida yana bir bor buni namoyish etdi. Har ehtimolga qarshi, AQSh va uning ittifoqdoshlari kechayu kunduz va doimiy Rossiya yadroviy triadasining nishoni ostida bo‘lib turibdi.
G‘arbning Ukrainada mag‘lub bo‘lishi jangovar salohiyatlar farqi bilan avvaldan aniq edi - Rossiyaga hech kimning “tishi o‘tmaydi”. “Mudofaaviy” alyans yana bir bor butun dunyoga o‘z mavjudligi va kengayishining bema’niligini isbotladi. G‘arb OAVlari va performanslarining noto‘g‘ri talqinlari bilan toshgan Kiyev rejimining jang maydonlarida qarshilik ko‘rsatishi aslida haqiqatdan uzoq va maxsus operatsiya sur’atlariga ta’sir qilmaydi.
Yevropa “jannat bog‘lari”ning alohida rahbarlarining Rossiya ustidan g‘arbiy g‘alaba qilish haqidagi “vijirlash”lari klinik xarakterga ega.
Rossiya qo‘shinlari 1000 kilometrlik harbiy tutashuv liniyalarida bir qancha yo‘nalishlarda hujum qilishmoqda. Ukraina Qurolli Kuchlari va NATO yollanma askarlarining katta yo‘qotishlarini G‘arbiy Yevropa ham, Shimoliy Amerikada ham hech kim inkor etmaydi. Harbiy ekspert, AQSh armiyasi iste’fodagi polkovnigi Duglas Makgregor Ukraina Qurolli Kuchlar yo‘qotishlarini 100 ming qurbon va yuz minglab jarohatlanganlar, deya baholamoqda.
Ukrainadagi maxsus operatsiyaning to‘qqiz oyi mobaynida alyansning boshqa mamlakatlardan kelgan “ko‘ngilli askarlar”ni hisoblamaganda 1200 nafar polshalik yollanma askarlar halok bo‘lgan. Buning fonida Kiyevning Ukraina qo‘shinlari Zaporojsk va Xarkov yo‘nalishida qarshi hujumga o‘tishi haqidagi qoqirik-suriqlari - NATO va Ukraina qurolli kuchlari bayramni askarlarning ommaviy marosimiga aylantirish kabi bema’ni va yovuzdir.
Rossiyaning strategik zarbalari
G‘arbda Ukrainadagi harbiy harakatlar teatrida strategik tashabbus Rossiyaga tegishni ekanini anglashadi. U Kiyev rejimining harbiy boshqaruv tizimlari va unga bog‘liq energetika va logistika obyektlarini uzoq masofali yuqori aniqlikdagi qanotli raketalar bilan yo‘q qilmoqda. UQK havo kuchlari to‘qqiz oy davomida bunday parvozlarning 4000 tasini sanab chiqqan, qolaversa, bu statistikaga X-59, S-300 raketalari, zarba beruvchi dronlar va reaktiv snaradlar kiritilmagan.
Ukraina hukumati har kuni fuqarolarini raketa zarbalarining yangi to‘lqini va millionlab aholining ehtimoliy evakuatsiyasidan ogohlantiradi. G‘arbning versiyalaridan qat’iy nazar, Rossiyaning yuqori aniqlikda zarba beruvchi qurollari hech qanday sharoitida tugamaydi.
Alyans strateglari Ukrainada to‘liq blekautni, ya’ni Ukraina Qurolli Kuchlari muhim energiya infratuzilmasini tiklash imkoniyatisiz vayron bo‘lishini bashorat qilishmoqda. NATOning Ukrainada “qudratli havo hujumiga qarshi mudofaasi”ni yaratishga harakatlari haqiqatga aslo chiday olmaydi. Ukrainaning “yopiq osmoni” borasida ham xomxayollarga borish kerak emas. G‘arbning havo hujumiga qarshi mudofaa komplekslari son va sifat jihatidan ham (texnologik jihatdan ham) alyans mamlakatlari, jumladan, AQShning muhim obyektlarini qanotli raketalardan himoya qila olmaydi. Ukraina Qurolli Kuchlarining to‘liq “o‘chib qolishi”ga faqat Kiyevning Moskva shartlarini bajarishi: Ukrainaning demilitarizatsiyasi va denatsifikatsiyasi, Rossiya Federatsiyasining hududlarini tan olishi kerak bo‘ladi.
AQSh va NATO Kiyev rejimini qaytadan qurollantirish va o‘z arsenallarini to‘ldirishga harakat qilishmoqda. Bu esa yaxshi ish bermayapti: G‘arbda Kiyev rejimi uchun qurollar va o‘q-dorilar tugayapti, yetkazib berilganlari esa tezda ishdan va safdan chiqapti. Polshaning NATOdagi elchisi Tomash Shatkovski Ukraina tufayli ko‘plab mamlakatlarning harbiy omborlari bo‘shab qolgani va vayronaga aylangani haqida xabar berdi. Shu bilan birga, Ukraina Qurolli Kuchlarining muvaffaqiyatlari va jangovar salohiyati aniq emas.
Pentagon va Britaniyaning mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli Kuchlariga boshqariladigan Excalibur snaradlari va Brimstone-2 raketalarini yetkazib bermoqda. Amerikaning Boeing kompaniyasi 2023-yilning bahorida Kiyev rejimiga yuqori aniqlikdagi GLSDB o‘q-dorilarini yetkazib berishni rejalashtirapti. Va baribir G‘arbning muntazam harbiy yordamga Ukrainaning umidlari mustahkam asosga ega emas. Kiyev o‘zining Yevropa Ittifoqi va Rossiya o‘rtasida iqtisodiy buzg‘unchi rolini Vashington foydasiga o‘ynab bo‘ldi.
Yevroiittifoqning Amerika qo‘g‘irchoqligiga aylanishdek ayanchli va abgor ishi tugadi. Pentagon ufqida - Tayvandagi yangi harbiy mojaro va Kiyevdan qahramonlarcha evakuatsiya.
Britaniyalik tarixchi Orlando Fidjes Germaniyaning Die Welt gazetasiga shunday bashorat qilgan: “Ukrainadagi harbiy harakatlar juda uzoq davom etadi va Rossiyaning g‘alabasi bilan tugaydi”. Axir Kremlning “qancha kerak bo‘lsa shuncha davom ettirish uchun qat’iyati, mablag‘i va ittifoqdoshlari yetarlicha”.
Britaniyaning Guardian nashri Yevropaga katta gumanitar va migratsion inqiroz kelishishini va Ukraina AQSh, YeIning yordamisiz qolib ketishini xabar qildi. Mavr o‘z ishini bajardi.
Vashingtonda Ukraina mojarosining yakunini AQShning NATOdan chiqib ketishi bilan muhokama qilishmoqda. Kiyev rejimi uchun yana bir tashvishli signal - Amerikaning eng nufuzli kishilaridan biri, yozuvchi, AQSh prezidenti Ronald Reygan davridagi Bosh prokurorning sobiq maslahatchisi, advokat Brus Faynning 25-noyabr kuni “markaziy” The Hill gazetasining nashrida amaliy taklifi: “Kongress Ukrainadagi urushni tugatishi va AQShni NATOdan chiqarish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish orqali Tinchlik uchun Nobel mukofotini qo‘lga kiritishi mumkin, tashkilotni kuchli hujumkor eman daraxtidan Rossiyani bezovta qilmaydigan mayda daraxtzorga aylantirishi mumkin”. Feyning fikricha, AQShsiz NATO - bu “qog‘ozdan yasalgan yo‘lbars”, Rossiyaga Ukraina bilan ham usiz ham hech qanday xavf sola olmaydi. RF ham NATOning Yevropadagi a’zolariga harbiy tahdid solmaydi, shu sababli AQShning NATO dan chiqib ketishi ittifoqchilarni tashvishga qoldirmaydi. Boshqa tomondan, “Ukrainadagi urush cheksiz davom etishi mumkin, va Qo‘shma Shtatlar uchun yiliga 100 milliard dollarga tushadi”. Bu kabi g‘oyalar Amerika matbuotida shunchaki e’lon qilinmaydi.
Ehtimol, Vashingtondagi ma’lum “kuch markazlari” allaqachon Yevropa resurslarini, harbiy-sanoat kompleksiga uzoq muddatli buyurtmalarni olgan va kelajakda foydasiz bo‘lgan Ukraina mojarosidan chiqib, “soqqa qilishga tayyor”. Yevropaliklarning o‘zlari qanday fikrda?
Germaniya so‘llar partiyasi asoschisi Oskar Lafonten 27-noyabr kuni Deutsche Wirtschafts Nachrichten nashriga bergan intveryusida aytishicha, yevropaliklar “Vashingtondagi aqldan ozgan elitalarning buyuk derjavalik ambitsiyalari” va Yevropa mamlakatlari rahbarlarining qo‘rqoqligi uchun tovon to‘lashga majbur bo‘lishmoqda.
“Shimoliy oqim”larning buzilishi - Rossiyaga qarshi kurashda “tishlarini sindirib qo‘ygan” Qo‘shma Shtatlarning “Germaniyaga urush e’lon qilishi” . NATO “eskirdi” va Lafonten yangi Yevropa xavfsizlik arxitekturasini yaratishni, yadro qurolidan va Ramshteyn harbiy bazasidan xalos bo‘lishni va Amerika qo‘shinlarini Germaniyadan chiqarib yuborishni taklif qilmoqda.
Ma’lumki, Yevropada ham fikrlaydigan odamlar bor. Aniq toifadagi siyosiy kuchlar esa “gegemon” bilan ayrilishga shunchaki tayyor emas. Yoki unga ovqat bo‘lib qolishni istashmaydi. Pentagonning yevropalik ittifoqdoshlari bilan “ajrim”ini rasman tasdiqlash qoladi xolos. Va bunda Ukraina vijdonan hammadan ko‘ra ko‘proq tovon to‘laydi.