https://oz.sputniknews.uz/20221129/huquqni-muhofaza-qilish-akademiyasi-tashkil-etiladi-30337671.html
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etiladi
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Akademiyaga qabul qilishda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi. 29.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-29T14:35+0500
2022-11-29T14:35+0500
2022-11-29T14:35+0500
jamiyat
bosh prokuratura
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1d/30340951_0:0:1430:804_1920x0_80_0_0_fe74b062af4ea902203fa7c74f63a319.jpg
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Bosh prokuratura Akademiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.Farmonga ko‘ra, tashkil etilayotgan Huquqni muhofaza qilish akademiyasida jinoyatlarni tergov qilish sohasida kadrlarni amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlagan holda yagona yondashuv asosida tayyorlashga qaratilgan uzluksiz o‘quv tizimi yo‘lga qo‘yiladi.Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filiali tugatilib, uning shtat birliklari, o‘quv va moddiy-texnika bazasi Akademiyaga o‘tkaziladi.Akademiya Bosh prokuratura tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi, yuridik shaxs maqomiga ega, ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.2023/2024 o‘quv yilidan Akademiyada tergov faoliyati va huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa sohalarida bakalavriat (3 yil) va magistratura (1 yil) bo‘yicha o‘quv jarayoni tashkil etiladi.Bunda qabul kvotalari bakalavriat bo‘yicha – 250 nafargacha talaba, magistratura bo‘yicha – 50 nafargacha oliy yuridik ma’lumotli vakolatli davlat organlari xodimlarini tashkil etadi.Akademiyaning qabul parametrlari har yili Prezident tomonidan belgilanadi.Akademiyaga qabul qilishda abituriyentlarning muayan toifalariga respublikaning boshqa oliygohlariga kirish uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.Shuningdek, Vakolatli davlat organlari xodimlari uchun Akademiyada tegishli o‘quv dasturlari bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirishning majburiy tartibi joriy qilinadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1d/30340951_20:0:1092:804_1920x0_80_0_0_e25573bd75f3dec9fa89ae451e93c211.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, bosh prokuratura
jamiyat, bosh prokuratura
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etiladi
Akademiyaga qabul qilishda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.
TOShKENT, 29 noya — Sputnik. Bosh prokuratura Akademiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “Jinoyatlarni tergov qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi farmonida
belgilandi.
Farmonga ko‘ra, tashkil etilayotgan Huquqni muhofaza qilish akademiyasida jinoyatlarni tergov qilish sohasida kadrlarni amaliyot bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlagan holda yagona yondashuv asosida tayyorlashga qaratilgan uzluksiz o‘quv tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Toshkent davlat yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filiali tugatilib, uning shtat birliklari, o‘quv va moddiy-texnika bazasi Akademiyaga o‘tkaziladi.
Akademiya Bosh prokuratura tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi, yuridik shaxs maqomiga ega, ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Jinoyatlarni tergov qilish sohasida mutaxassislarni chuqurlashtirilgan maqsadli bazaviy tayyorlash va tergov hamda huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa sohalarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Akademiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir.
2023/2024 o‘quv yilidan Akademiyada tergov faoliyati va huquqni muhofaza qilish faoliyatining boshqa sohalarida bakalavriat (3 yil) va magistratura (1 yil) bo‘yicha o‘quv jarayoni tashkil etiladi.
Bunda qabul kvotalari bakalavriat bo‘yicha – 250 nafargacha talaba, magistratura bo‘yicha – 50 nafargacha oliy yuridik ma’lumotli vakolatli davlat organlari xodimlarini tashkil etadi.
Akademiyaning qabul parametrlari har yili Prezident tomonidan belgilanadi.
Akademiyaga qabul qilishda abituriyentlarning muayan toifalariga respublikaning boshqa oliygohlariga kirish uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilmaydi.
Shuningdek, Vakolatli davlat organlari xodimlari uchun Akademiyada tegishli o‘quv dasturlari bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirishning majburiy tartibi joriy qilinadi.