https://oz.sputniknews.uz/20221129/eron-va-xitoyda-noroziliklar-garb-eski-usullarini-ishga-solmoqda-30348286.html
Eron va Xitoyda noroziliklar: G‘arb eski usullarini ishga solmoqda
Eron va Xitoyda noroziliklar: G‘arb eski usullarini ishga solmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Dunyo turlicha, va G‘arb diktati hamda gegemonligidan umumiy noroziligiga qaramay, aksariyat g‘arb bo‘lmagan davlatlar biz bilan va G‘arb bilan ham aloqalarni saqlab... 29.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-29T22:55+0500
2022-11-29T22:55+0500
2023-04-05T18:42+0500
kolumnistlar
turkiya
eron
xitoy
g‘arb
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0f/24000112_0:320:3072:2048_1920x0_80_0_0_2ae219aebdeefd38b6e1b6e76db816da.jpg
Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi qarama-qarshilikda, Ukrainada ham, butun dunyoda ham, G‘arb ertami-kechmi bardosh bera olmasligi va sekinlashishi haqidagi fikrlar ommalashgan: Yevropa zaif bo‘g‘inga aylanadi, anglo-sakslar va eski dunyo o‘rtasida (yoki hech bo‘lmaganda Yevropaning o‘zida) bo‘linish bo‘ladi, urush mavzusidagi tarqoqlik va tebranish g‘alabali yakuniga, ya’ni Rossiyaning mag‘lubiyatga qadar boshlanadi.Umidlar asossiz bo‘lmasada, lekin noto‘g‘ri: bizning G‘arb bilan ziddiyatimiz juda chuqur ildizga ega. Bu kurashda stavkalar shu qadar balandki, qandaydir kutilmagan g‘aroyib uslubda qadimiy pyesalardagidek "parvardigor" yoki "shayton" yordami bilan bu vaziyatda g‘olib chiqishning iloji yo‘q. Biz allaqanday o‘zimizga bog‘liq bo‘lmagan tashqi faktorlardan umid qilgan holda strategiya qursak - bu eng katta va xavfli xato bo‘ladi. Ammo bu yakuniy yoki umuman sodir bo‘lishi shart bo‘lgan natija emas. Bundan tashqari, dunyo tartibining o‘zgarishi va G‘arbning mag‘lubiyati bizning g‘alabamiz yaqin bo‘lgan paytdagina hamma uchun seziladi. Ya’ni, bu yaqinda sodir bo‘lmaydi: G‘arb Rossiyani yo‘q qilish uchun urushdan voz kechmoqchi emas, faqat uning shakllari o‘zgarishi mumkin (masalan, harbiy qarama-qarshilik va iqtisodiy bo‘g‘ish o‘rtasidagi nisbat - muvozanat birinchidan ikkinchisiga o‘tishi mumkin). Shuning uchun biz nafaqat uzoq jangga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak, balki dushman sinmasligi, zaiflashmasligi va o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketmasligini anglashimiz lozim.Nazariy jihatdan, xuddi shunday munosabat G‘arbda, hech bo‘lmaganda Rossiyaga qarshi butun kurashning asosiy harakatlantiruvchi kuchi - anglosaksonlar orasida bo‘lishi kerak. Ular tushunishlari kerakki, Rossiya chekinmaydi, taslim bo‘lmaydi- na Ukrainadan, na Atlantika dunyo tartibini demontaj qilish siyosatidan voz kechmaydi ham. Buni anglash uchun Kremlda josuslar yoki supertahlilchilar kerak emas, faqat Rossiya tarixi va rus xarakterini bilish kerak. Biroq, G‘arbda Rossiya Ukrainada ba’zi kutilmagan o‘zgarishlar tufayli yutqazishi mumkin degan juda keng tarqalgan ishonch haligacha bor. Rossiyadagi tartibsizliklar - xalq g‘alayonlari, davlat to‘ntarilishi, ya’ni yuz yil oldin bizni urush va milliy falokatda mag‘lubiyatga olib kelgan hamma narsaning boshlanishi ideal variant bo‘lishi mumkin edi. G‘arbda Rossiyadagi tartibsizliklar bo‘lishiga ishonch juda oz, biroq ular bu yo‘nalishda ishlashga harakat qilishapti, ayniqsa, qochib ketgan ko‘plab siyosiy muhojirlar faol “buzg‘unchi” sifatida o‘z xizmatlarini taklif qilishapti. G‘arbda rus xalqini sarosimaga solib qo‘yishning ancha ishonchli usuli Rossiyaning iqtisodiy izolyatsiyasi deb hisoblashadi. Ularning fikricha - blokada iqtisodiy muammolarga, turmush darajasining pasayishiga, iqtisodiyotning qulashiga va frontda mag‘lubiyatga olib kelishi kerak. Va mag‘lubiyatning o‘zi esa ichki tartibsizliklarni va hokimiyatni taslim bo‘lishga tayyor bo‘lgan kuchga almashtirishga olib keladi. Muammo shundaki, blokada o‘xshamayapti- to‘qqiz oy buni kundek ravshan qildi. To‘g‘ri, sanoat uchun muhim bo‘lgan butlovchi qismlarni import qilish taqiqlangani tufayli bizda juda ko‘p muammolar bor, biz energiya eksportidan voz kechishga majburmiz, lekin hali ham xaridorlar bor va xomashyo narxining global o‘sishi eksportning pasayishini qoplaydi. Rossiya zarba berapti, chunki dunyoning ko‘p qismi uni jahon iqtisodiyotidan chiqarib yubormoqchi emas. Qolaversa, g‘arbiy bo‘lmagan dunyoning aksariyati Rossiyaning g‘alabasidan manfaatdor. Shunchaki, G‘arbdan keyingi dunyo tartibini barpo etish o‘z manfaatlarini ko‘zlagani va G‘arbga to‘g‘ridan-to‘g‘ri e’tiroz bildirgan Rossiya bu jarayonni hech kimga o‘xshamagan tarzda tezlashtirayotgani uchun. Biz o‘z manfaatlarimizni himoya qilib, shu bilan dunyoning aksariyat qismi manfaatlari uchun xolisona ishlayapmiz – G‘arb esa bu borada hech nima qila olmaydi.Shu bilan birga, g‘arbiy bo‘lmagan dunyo kuchlari Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi ziddiyatda tabiiyki turli pozitsiyalarga ega: kimdir bizning xomashomizni sotib olish bilan cheklansa, yana kimdir bizning bozorimizga kirmoqchi (G‘arb bo‘shatib ketgan o‘rinlarni to‘ldirib), yana biri Rossiya va G‘arb o‘rtasida asosiy vositachi bo‘lishga haraqat qilmoqda, ikkinchisi mamlakatimizni hatto harbiy ta’minot bilan qo‘llab –quvvatlashga tayyor. Dunyo turlicha, va G‘arb diktati hamda gegemonligidan umumiy noroziligiga qaramay, askariyat g‘arb bo‘lmagan davlatlar biz bilan va G‘arb bilan ham aloqalarni saqlab qolishni istaydi (va ular nafaqat oshkora qarama-qarshilik, balki aloqalarning uzilishini ham ko‘tara olmaydi). G‘arb vaziyatni muntazam nazorat qilib boradi va ba’zi mamlakatlarga bosim o‘tkazadi, chunki u hali ham o‘zi tomonidan qurilgan jahon moliya tizimining asosiy jilovlarini nazorat qila oladi. Ammo ayrim mamlakatlarga u aslo bosim o‘tkaza olmaydi, eng ko‘pida u Rossiya bilan savdo-sotiqni qiyinlashtirib qo‘yishi mumkin. Bu Xitoy, Hindiston, Turkiya, Eron kabi muhim mamlakatlar. Ularning Rossiyani ko‘llab –quvvatlash siyosatini (ba’zilarniki yaqqolroq, boshqalarniki, masalan, bir vaqtda Ukrainani ham qo‘llaydigan Turkiya kabi) tashqaridan o‘zgartirib bo‘lmaydi. Umuman, unda ichkaridan turib o‘zgartirish mumkinmi?Bu masala ikki oy oldin, Eronda kurd qizining fojiali o‘limidan so‘ng tartibsizliklar boshlanganida dolzarb bo‘lib qoldi. Erondagi tartibsizliklar ichki qarama-qarshilik va muammolar oqibati edi, biroq G‘arb darhol ularga “mullalar diktatura”siga qarshi xalq qo‘zg‘olonini bog‘lashga harakat qilgani aniq.Yaqinda esa Xitoyda kovid tufayli karantin cheklovlariga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi va G‘arbda darhol 1989-yilda Tananmenni eslab, yangi Xitoy inqilobini bashorat qila boshlashdi.Turkiyada esa ichki siyosiy kurash kuchayib bormoqda - prezidentlik saylovlariga olti oydan sal ko‘proq vaqt qoldi, bunda muxolifatning birlashgan fronti Erdog‘anga qarshi chiqib, aslida prezidentlik respublikasini rad etishni talab qiladi.Ya’ni, demak, Rossiya uchun muhim bo‘lgan uchta mamlakatda g‘alayon boshlanishi mumkin- ular o‘zlariga chekinadilarmi yoki siyosatni G‘arb tomonga o‘zgartirishadimi? Albatta, yo‘q. Bu mamlakatlarning har biridagi jarayonlar bir-biridan juda farq qiladi, biroq ularning barchasida umumiylik bor. Bular qadimgi buyuk sivilizatsiyalarning merosxo‘rlari, to‘liq suverenitetga ega bo‘lgan (yoki Turkiya kabi, uni qayta tiklaydigan) kuchlardir.Xitoydagi noroziliklar esa, nafaqat hokimiyat almashinuviga, hattoki hech qanday jiddiy sarosimalarga ham olib kelmaydi, ularning ko‘lami nihoyatda kichik. Xitoy jamiyatida konsolidatsiya darajasi esa hamon katta. Albatta, Xitoy aholisi allaqachon kovid cheklovlaridan juda charchadi, norozilikning kuchayishi muqarrar edi, lekin bu birinchi navbatda siyosiy emas, balki maishiy norozilikdir va tabiiyki, bu odamlar uchun, KPK va shaxsan Si Szinpin uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydi.Erondagi vaziyat yanada murakkab, bu yerda, albatta, millatlararo, avlodlararo, ijtimoiy qarama-qarshiliklarni va hatto dinga qarshi mavzuni o‘ynashga urinishlar bor. Ammo umuman olganda, Eron jamiyati ancha rivojlangan va uning mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirishi shubhasiz. Oyatullohlar kuchiga jiddiy hech nima tahdid solmaydi va umumiy antiamerika va antig‘arb kayfiyati har qanday holatda ham saqlanib qoladi.Turkiyada jamiyatning diniy va dunyoviy qismlari o‘rtasida ko‘proq tafovut bor, lekin bu yerda ham Erdog‘anning dunyoviy muxoliflarini g‘arbparast siyosatchilar deb hisoblash noto‘g‘ri bo‘lar edi. Turkiya o‘zining milliy (hatto panturkistik) manfaatlarini tobora ko‘proq anglab yetmoqda va uni himoya qilmoqda. Erdo‘g‘on to‘satdan saylovlarda mag‘lub bo‘lsa ham (bu deyarli bo‘lmaydi), yevropaparast va aksilrus kursda tubdan o‘zgarish bo‘lmaydi.Qolaversa, ular biz bilan ikki tomonlama munosabatlardan ham, Rossiya tezlashtirayotgan dunyo tartibini qayta qurishdan ham foyda ko‘radi. Shunday ekan, agar G‘arb g‘arbdan tashqari davlatlar bilan aloqalarimizni zaiflashtirish orqali Rossiyaga zarba berishni o‘ylayotgan bo‘lsa, bu quruq umidlar bo‘lib qolaveradi. Ammo, shu bilan birga, biz hali ham G‘arbning tarqoqligi va tanazzuliga emas, balki faqat o‘z kuchlarimizga tayanishimiz kerak (ularning bir qismi g‘arbiy bo‘lmagan davlatlarning pragmatik manfaatlaridan foydalanish). G‘arbning tarqalishi va tanazzuli albatta bo‘ladi, ammo bizning g‘alabamiz natijasi sifatida.
turkiya
eron
xitoy
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/0f/24000112_51:0:2782:2048_1920x0_80_0_0_ade3da23741183aa9f78b18a86358087.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Potr Akopov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1392/76/13927642_0:1:98:99_100x100_80_0_0_00c551183c830fa4010e178dbf4136ec.jpg
kolumnistlar, turkiya, eron, xitoy, g‘arb, ukraina, rossiya
kolumnistlar, turkiya, eron, xitoy, g‘arb, ukraina, rossiya
Eron va Xitoyda noroziliklar: G‘arb eski usullarini ishga solmoqda
22:55 29.11.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) Dunyo turlicha, va G‘arb diktati hamda gegemonligidan umumiy noroziligiga qaramay, aksariyat g‘arb bo‘lmagan davlatlar biz bilan va G‘arb bilan ham aloqalarni saqlab qolishni istaydi
Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi qarama-qarshilikda, Ukrainada ham, butun dunyoda ham, G‘arb ertami-kechmi bardosh bera olmasligi va sekinlashishi haqidagi fikrlar ommalashgan: Yevropa zaif bo‘g‘inga aylanadi, anglo-sakslar va eski dunyo o‘rtasida (yoki hech bo‘lmaganda Yevropaning o‘zida) bo‘linish bo‘ladi, urush mavzusidagi tarqoqlik va tebranish g‘alabali yakuniga, ya’ni Rossiyaning mag‘lubiyatga qadar boshlanadi.
Umidlar asossiz bo‘lmasada, lekin noto‘g‘ri: bizning G‘arb bilan ziddiyatimiz juda chuqur ildizga ega. Bu kurashda stavkalar shu qadar balandki, qandaydir kutilmagan g‘aroyib uslubda qadimiy pyesalardagidek "parvardigor" yoki "shayton" yordami bilan bu vaziyatda g‘olib chiqishning iloji yo‘q. Biz allaqanday o‘zimizga bog‘liq bo‘lmagan tashqi faktorlardan umid qilgan holda strategiya qursak - bu eng katta va xavfli xato bo‘ladi.
Bu yerda gap faqat Ukrainadagi harbiy harakatlar haqida ketayotgani yo‘q, qarama-qarshilik aslida undan ham chuqur va jiddiy – geosiyosiy va metafizik mojarolarning oqibati hisoblanadi. Agar biz unda g‘alaba qozonsak, bu dunyo tartibining o‘zgarishiga olib keladi, jumladan, hozircha "ahil-inoq" G‘arbning ajralishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.
Ammo bu yakuniy yoki umuman sodir bo‘lishi shart bo‘lgan natija emas. Bundan tashqari, dunyo tartibining o‘zgarishi va G‘arbning mag‘lubiyati bizning g‘alabamiz yaqin bo‘lgan paytdagina hamma uchun seziladi. Ya’ni, bu yaqinda sodir bo‘lmaydi: G‘arb Rossiyani yo‘q qilish uchun urushdan voz kechmoqchi emas, faqat uning shakllari o‘zgarishi mumkin (masalan, harbiy qarama-qarshilik va iqtisodiy bo‘g‘ish o‘rtasidagi nisbat - muvozanat birinchidan ikkinchisiga o‘tishi mumkin). Shuning uchun biz nafaqat uzoq jangga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak, balki dushman sinmasligi, zaiflashmasligi va o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘lib ketmasligini anglashimiz lozim.
Nazariy jihatdan, xuddi shunday munosabat G‘arbda, hech bo‘lmaganda Rossiyaga qarshi butun kurashning asosiy harakatlantiruvchi kuchi - anglosaksonlar orasida bo‘lishi kerak. Ular tushunishlari kerakki, Rossiya chekinmaydi, taslim bo‘lmaydi- na Ukrainadan, na Atlantika dunyo tartibini demontaj qilish siyosatidan voz kechmaydi ham. Buni anglash uchun Kremlda josuslar yoki supertahlilchilar kerak emas, faqat Rossiya tarixi va rus xarakterini bilish kerak.
Biroq, G‘arbda Rossiya Ukrainada ba’zi kutilmagan o‘zgarishlar tufayli yutqazishi mumkin degan juda keng tarqalgan ishonch haligacha bor. Rossiyadagi tartibsizliklar - xalq g‘alayonlari, davlat to‘ntarilishi, ya’ni yuz yil oldin bizni urush va milliy falokatda mag‘lubiyatga olib kelgan hamma narsaning boshlanishi ideal variant bo‘lishi mumkin edi. G‘arbda Rossiyadagi tartibsizliklar bo‘lishiga ishonch juda oz, biroq ular bu yo‘nalishda ishlashga harakat qilishapti, ayniqsa, qochib ketgan ko‘plab siyosiy muhojirlar faol “buzg‘unchi” sifatida o‘z xizmatlarini taklif qilishapti.
G‘arbda rus xalqini sarosimaga solib qo‘yishning ancha ishonchli usuli Rossiyaning iqtisodiy izolyatsiyasi deb hisoblashadi. Ularning fikricha - blokada iqtisodiy muammolarga, turmush darajasining pasayishiga, iqtisodiyotning qulashiga va frontda mag‘lubiyatga olib kelishi kerak. Va mag‘lubiyatning o‘zi esa ichki tartibsizliklarni va hokimiyatni taslim bo‘lishga tayyor bo‘lgan kuchga almashtirishga olib keladi.
Gap bunday stavkaning qanchalik asosli ekanligida emas, G‘arbda hozircha bundan yaxshiroq hech nima yo‘q.
Muammo shundaki, blokada o‘xshamayapti- to‘qqiz oy buni kundek ravshan qildi. To‘g‘ri, sanoat uchun muhim bo‘lgan butlovchi qismlarni import qilish taqiqlangani tufayli bizda juda ko‘p muammolar bor, biz energiya eksportidan voz kechishga majburmiz, lekin hali ham xaridorlar bor va xomashyo narxining global o‘sishi eksportning pasayishini qoplaydi. Rossiya zarba berapti, chunki dunyoning ko‘p qismi uni jahon iqtisodiyotidan chiqarib yubormoqchi emas. Qolaversa, g‘arbiy bo‘lmagan dunyoning aksariyati Rossiyaning g‘alabasidan manfaatdor. Shunchaki, G‘arbdan keyingi dunyo tartibini barpo etish o‘z manfaatlarini ko‘zlagani va G‘arbga to‘g‘ridan-to‘g‘ri e’tiroz bildirgan Rossiya bu jarayonni hech kimga o‘xshamagan tarzda tezlashtirayotgani uchun. Biz o‘z manfaatlarimizni himoya qilib, shu bilan dunyoning aksariyat qismi manfaatlari uchun xolisona ishlayapmiz – G‘arb esa bu borada hech nima qila olmaydi.
Shu bilan birga, g‘arbiy bo‘lmagan dunyo kuchlari Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi ziddiyatda tabiiyki turli pozitsiyalarga ega: kimdir bizning xomashomizni sotib olish bilan cheklansa, yana kimdir bizning bozorimizga kirmoqchi (G‘arb bo‘shatib ketgan o‘rinlarni to‘ldirib), yana biri Rossiya va G‘arb o‘rtasida asosiy vositachi bo‘lishga haraqat qilmoqda, ikkinchisi mamlakatimizni hatto harbiy ta’minot bilan qo‘llab –quvvatlashga tayyor. Dunyo turlicha, va G‘arb diktati hamda gegemonligidan umumiy noroziligiga qaramay, askariyat g‘arb bo‘lmagan davlatlar biz bilan va G‘arb bilan ham aloqalarni saqlab qolishni istaydi (va ular nafaqat oshkora qarama-qarshilik, balki aloqalarning uzilishini ham ko‘tara olmaydi).
G‘arb vaziyatni muntazam nazorat qilib boradi va ba’zi mamlakatlarga bosim o‘tkazadi, chunki u hali ham o‘zi tomonidan qurilgan jahon moliya tizimining asosiy jilovlarini nazorat qila oladi. Ammo ayrim mamlakatlarga u aslo bosim o‘tkaza olmaydi, eng ko‘pida u Rossiya bilan savdo-sotiqni qiyinlashtirib qo‘yishi mumkin. Bu Xitoy, Hindiston, Turkiya, Eron kabi muhim mamlakatlar. Ularning Rossiyani ko‘llab –quvvatlash siyosatini (ba’zilarniki yaqqolroq, boshqalarniki, masalan, bir vaqtda Ukrainani ham qo‘llaydigan Turkiya kabi) tashqaridan o‘zgartirib bo‘lmaydi. Umuman, unda ichkaridan turib o‘zgartirish mumkinmi?
Bu masala ikki oy oldin, Eronda kurd qizining fojiali o‘limidan so‘ng tartibsizliklar boshlanganida dolzarb bo‘lib qoldi. Erondagi tartibsizliklar ichki qarama-qarshilik va muammolar oqibati edi, biroq G‘arb darhol ularga “mullalar diktatura”siga qarshi xalq qo‘zg‘olonini bog‘lashga harakat qilgani aniq.
Yaqinda esa Xitoyda kovid tufayli karantin cheklovlariga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi va G‘arbda darhol 1989-yilda Tananmenni eslab, yangi Xitoy inqilobini bashorat qila boshlashdi.
Turkiyada esa ichki siyosiy kurash kuchayib bormoqda - prezidentlik saylovlariga olti oydan sal ko‘proq vaqt qoldi, bunda muxolifatning birlashgan fronti Erdog‘anga qarshi chiqib, aslida prezidentlik respublikasini rad etishni talab qiladi.
Ya’ni, demak, Rossiya uchun muhim bo‘lgan uchta mamlakatda g‘alayon boshlanishi mumkin- ular o‘zlariga chekinadilarmi yoki siyosatni G‘arb tomonga o‘zgartirishadimi? Albatta, yo‘q. Bu mamlakatlarning har biridagi jarayonlar bir-biridan juda farq qiladi, biroq ularning barchasida umumiylik bor. Bular qadimgi buyuk sivilizatsiyalarning merosxo‘rlari, to‘liq suverenitetga ega bo‘lgan (yoki Turkiya kabi, uni qayta tiklaydigan) kuchlardir.
Xitoydagi noroziliklar esa, nafaqat hokimiyat almashinuviga, hattoki hech qanday jiddiy sarosimalarga ham olib kelmaydi, ularning ko‘lami nihoyatda kichik. Xitoy jamiyatida konsolidatsiya darajasi esa hamon katta. Albatta, Xitoy aholisi allaqachon kovid cheklovlaridan juda charchadi, norozilikning kuchayishi muqarrar edi, lekin bu birinchi navbatda siyosiy emas, balki maishiy norozilikdir va tabiiyki, bu odamlar uchun, KPK va shaxsan Si Szinpin uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydi.
Erondagi vaziyat yanada murakkab, bu yerda, albatta, millatlararo, avlodlararo, ijtimoiy qarama-qarshiliklarni va hatto dinga qarshi mavzuni o‘ynashga urinishlar bor. Ammo umuman olganda, Eron jamiyati ancha rivojlangan va uning mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirishi shubhasiz. Oyatullohlar kuchiga jiddiy hech nima tahdid solmaydi va umumiy antiamerika va antig‘arb kayfiyati har qanday holatda ham saqlanib qoladi.
Turkiyada jamiyatning diniy va dunyoviy qismlari o‘rtasida ko‘proq tafovut bor, lekin bu yerda ham Erdog‘anning dunyoviy muxoliflarini g‘arbparast siyosatchilar deb hisoblash noto‘g‘ri bo‘lar edi. Turkiya o‘zining milliy (hatto panturkistik) manfaatlarini tobora ko‘proq anglab yetmoqda va uni himoya qilmoqda. Erdo‘g‘on to‘satdan saylovlarda mag‘lub bo‘lsa ham (bu deyarli bo‘lmaydi), yevropaparast va aksilrus kursda tubdan o‘zgarish bo‘lmaydi.
Chunki Turkiya Rossiya, shuningdek, Eron va Xitoy bilan turli strategik munosabatlardan manfaatdor.
Qolaversa, ular biz bilan ikki tomonlama munosabatlardan ham, Rossiya tezlashtirayotgan dunyo tartibini qayta qurishdan ham foyda ko‘radi. Shunday ekan, agar G‘arb g‘arbdan tashqari davlatlar bilan aloqalarimizni zaiflashtirish orqali Rossiyaga zarba berishni o‘ylayotgan bo‘lsa, bu quruq umidlar bo‘lib qolaveradi. Ammo, shu bilan birga, biz hali ham G‘arbning tarqoqligi va tanazzuliga emas, balki faqat o‘z kuchlarimizga tayanishimiz kerak (ularning bir qismi g‘arbiy bo‘lmagan davlatlarning pragmatik manfaatlaridan foydalanish). G‘arbning tarqalishi va tanazzuli albatta bo‘ladi, ammo bizning g‘alabamiz natijasi sifatida.