Buxorodan Urganchgacha 3 soatda: prezident temiryo‘lni elektrlashtirish loyihasi bilan tanishdi
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident oznakomilsya s proyektom elektrifikatsii j/d Buxara - Xiva
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Temiryo‘l elektrlashtirilganidan so‘ng tezlik 250km/soatgacha oshadi va Toshkentdan Urganchgacha 6 soatda, Buxorodan - 3 soatda yetib kelish mumkin bo‘ladi.
TOShKENT, 29 noya - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-noyabr kuni Buxoro – Urganch – Xiva temir yo‘lini elektrlashtirish loyihasi bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Loyiha doirasida Buxorodan Xivagacha bo‘lgan 465 kilometrtemir yo‘l tarmog‘i elektrlashtiriladi, bekat, nimstansiyalar va boshqa inshootlar quriladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident oznakomilsya s proyektom elektrifikatsii j/d Buxara - Xiva
Prezident oznakomilsya s proyektom elektrifikatsii j/d Buxara - Xiva
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shundan so‘ng poyezdlarning yuqori tezligi soatiga 250 kilometrgacha oshadi. Natijada yo‘lovchilarning Toshkentdan Urganchgacha yetib borish vaqti 14 soatdan 6 soatga, Buxorodan Xivagacha 8 soatdan 3 soatgacha qisqaradi, - deyilgan xabarda.
Tezlik evaziga temir yo‘lning o‘tkazuvchanligi ham oshadi. Yuk tashish imkoniyati yiliga 11 million tonnagacha, yo‘lovchilar soni 2 million 300 ming nafarga yetadi. Poyezdlar elektr energiyasida yurishi hisobiga yiliga 18 ming tonna dizel yoqilg‘isi tejaladi.
Prezident loyihaning sifatli bo‘lishiga alohida ahamiyat qaratdi.
– Avvalgi loyihalarda mutaxassislarimiz ancha tajriba orttirdi, chet ellik konsultantlar ham jalb etildi. Endi asosiysi – ishni sifatli bajarish. Bu yo‘lni qancha yaxshi qilsak, xalqimizga sharoit, turistlar uchun qulaylik, iqtisodiyotimizga manfaat bo‘ladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Buxoro va Xorazm viloyati hokimlariga tezurar poyezd o‘tadigan tuman va shaharlarda yo‘l bo‘yi xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berildi.
© Uzbekiston Temir yo‘llariElektrifikatsiya jeleznoy dorogi Buxara - Xiva
Elektrifikatsiya jeleznoy dorogi Buxara - Xiva
– Temir yo‘l borgan joyga madaniyat boradi, hayot jonlanadi. Shunday ekan, bekatlar atrofida, huddi avtomobil yo‘llarida bo‘lganidek, savdo va xizmat shoxobchalarini ko‘paytirish kerak. Yana bir vazifa – temir yo‘l bo‘ylab cho‘l iqlimiga mos daraxt va butalar ekish zarur. Bu ham hudud ekologiyasiga ta’sir qiladi, ham yo‘l bo‘ylariga ko‘rk bag‘ishlaydi, – dedi davlatimiz rahbari.
Undan tashqari, prezident ushbu loyihaga hamohang tarzda, Nukus shahrigacha bo‘lgan temir yo‘lni ham elektrlashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Buning natijasida Toshkent bilan Nukus o‘rtasidagi qatnov vaqti 16 soatdan 7 soatgacha qisqaradi.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda Buxoro – Miskin temir yo‘li qurilib, Xivagacha masofa 242 kilometrga qisqargan edi. Endi navbat ushbu yo‘lni elektrlashtirishda. Chunki elektr poyezdining unumdorligi 4,5 barobar yuqori.
Mazkur loyihaning qiymati 445 million dollar. Shundan 270 million dollari Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankidan jalb etiladi.
© Uzbekiston Temir yo‘llariElektrifikatsiya jeleznoy dorogi Buxara - Xiva
Elektrifikatsiya jeleznoy dorogi Buxara - Xiva