Zaporojyeda odamlar gavjum joylardagi teraktlarning oldi olindi

© Sputnik / Russian Federal Security Service / Mediabankka o‘tishNashivka na forme sotrudnika FSB RF
Nashivka na forme sotrudnika FSB RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2022
Obuna bo‘lish
Zaporojye viloyatida Ukraina maxsus xizmatlari ko‘rsatmasi bilan rejalashtirilgan bir qator teraktlarning oldi olindi.
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Zaporojye viloyatidagi odamlar gavjum joylarda uyushtirish rejalashtirilgan qator teraktlarning oldi olindi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati (FXX) jamoatchilik bilan aloqalar markaziga tayanib, xabar berdi.

“Rossiya FXX Zaporojye viloyati hududida fuqarolar gavjum joylarda bir qator teraktlar uyushtirilishining oldini oldi. Melitopolda uch nafar Ukraina fuqarosi shahar bozorlaridan biriga portlovchi moslama qo‘yiladigan joyga ketayotganida qo‘lga olindi. Ulardan ikki nafari, avvalroq Ukraina hududida og‘ir jinoyatlar sodir etgani uchun sudlangan bo‘lib, ular Zaporojye viloyati tinch aholisini qo‘rqitish maqsadida Ukraina maxsus xizmatlari ko‘rsatmasi bo‘yicha harakat qilganliklarini tan oldi”, - deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, qo‘lga olinganlarning mashinasidan plastit va elektr detonatorlar asosida tayyorlangan qo‘lbola portlovchi moslamaning tarkibiy qismlari, ular turgan xonadonlardan ikkita o‘qlangan to‘pponcha, pilta o‘rnatilgan granata topilgan.
Ayblanuvchilar Moskvaga olib ketilib, ularga nisbatan terrorchilik hujumlarini tayyorlash hamda o‘qotar qurollar, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar va portlovchi qurilmalarning noqonuniy savdosi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
“Tergov manfaati uchun hibsga olinganlarning shaxsi oshkor etilmayapti”, - deya ta’kidladi xavfsizlik xizmati.
Yangiliklar lentasi
0