https://oz.sputniknews.uz/20221128/xalqaro-savdo-inqiroz-holatida--putin--30312737.html
Xalqaro savdo inqiroz holatida – Putin
Xalqaro savdo inqiroz holatida – Putin
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya iqtisodiyotini yangi bozorlarga yo‘naltirmoqda, deydi Putin. 28.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-28T19:12+0500
2022-11-28T19:12+0500
2023-04-05T18:42+0500
qozog‘iston
vladimir putin
qasim-jomart toqayev
iqtisod
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/17/30206993_0:0:3086:1736_1920x0_80_0_0_fca5a9254d871ac1b8a8a0b8c75d8717.jpg
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Xalqaro savdo inqiroz holatida, Rossiya iqtisodiyotini yangi bozorlarga yo‘naltirmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi XVIII mintaqalararo hamkorlik forumi ishtirokchilariga murojaatida ta’kidladi.Rossiya rahbari ikki mamlakat turli sohalarda, jumladan, yuqori texnologiyali sohalarda hamkorlikda ishlash uchun keng istiqbolga ega ekanligini ta’kidladi.U, shuningdek, Rossiya Qozog‘iston iqtisodiyotiga eng yirik sarmoyadorlardan biri bo‘lgan va shunday bo‘lib qolayotganini eslatib o‘tdi – umumiy sarmoya miqdori qariyb 17 milliard dollarga baholanmoqda.U, shuningdek, Qosim-Jomart Toqayev prezidentlikka qayta saylanganidan so‘ng ilk tashrifini Rossiyaga qilganini ta’kidladi. Putin bu safarni o‘ziga xos deb atadi, uning so‘zlariga ko‘ra, bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning xususiyatiga urg‘u beradi. Toqayev ham o‘z tashrifini ramziy deb atadi va uning siyosiy ahamiyatiga e’tibor qaratdi.Ma’lumot uchun, bu yilgi forum Orenburgda bo‘lib o‘tmoqda va u xalqaro savdodagi infratuzilma cheklovlarini olib tashlashga bag‘ishlangan. Muhokamalarda hukumat, biznes va ekspert doiralari vakillari ishtirok etmoqda.
qozog‘iston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/17/30206993_240:0:2971:2048_1920x0_80_0_0_d8eea58d33b1dddaccca8e4c7675a1d2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘iston, vladimir putin, qasim-jomart toqayev, iqtisod, rossiya
qozog‘iston, vladimir putin, qasim-jomart toqayev, iqtisod, rossiya
Xalqaro savdo inqiroz holatida – Putin
19:12 28.11.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) Rossiya iqtisodiyotini yangi bozorlarga yo‘naltirmoqda, deydi Putin.
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Xalqaro savdo inqiroz holatida, Rossiya iqtisodiyotini yangi bozorlarga yo‘naltirmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasidagi XVIII mintaqalararo hamkorlik forumi ishtirokchilariga murojaatida
ta’kidladi.
“Xalqaro savdo inqiroz holatida. Shuni hisobga olgan holda Rossiyada eksport-import operatsiyalarini yangi bozorlarga yo‘naltirish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda”, - dedi Putin.
Rossiya rahbari ikki mamlakat turli sohalarda, jumladan, yuqori texnologiyali sohalarda hamkorlikda ishlash uchun keng istiqbolga ega ekanligini ta’kidladi.
U, shuningdek, Rossiya Qozog‘iston iqtisodiyotiga eng yirik sarmoyadorlardan biri bo‘lgan va shunday bo‘lib qolayotganini eslatib o‘tdi – umumiy sarmoya miqdori qariyb 17 milliard dollarga baholanmoqda.
“Iqtisodiyotning barcha muhim tarmoqlarida istisnosiz 30 dan ortiq yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda”, - dedi Putin.
U, shuningdek, Qosim-Jomart Toqayev prezidentlikka qayta saylanganidan so‘ng ilk tashrifini Rossiyaga qilganini ta’kidladi. Putin bu safarni o‘ziga xos deb atadi, uning so‘zlariga ko‘ra, bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning xususiyatiga urg‘u beradi. Toqayev ham o‘z tashrifini ramziy deb atadi va uning siyosiy ahamiyatiga e’tibor qaratdi.
Ma’lumot uchun, bu yilgi forum Orenburgda bo‘lib o‘tmoqda va u xalqaro savdodagi infratuzilma cheklovlarini olib tashlashga bag‘ishlangan. Muhokamalarda hukumat, biznes va ekspert doiralari vakillari ishtirok etmoqda.