https://oz.sputniknews.uz/20221128/volodin-30309029.html
Volodin: “Toshkentda AQSh bilan hamkorlik nimalarga olib kelishini tushunishadi”
Volodin: “Toshkentda AQSh bilan hamkorlik nimalarga olib kelishini tushunishadi”
Sputnik O‘zbekiston
Davlat dumasi spikeri AQSh va Yevropa o‘rtasidagi munosabatlar hozir Yevropa uchun qanday tus olganini misol qilib keltirdi. 28.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-28T17:22+0500
2022-11-28T17:22+0500
2023-04-05T18:42+0500
o‘zbekiston
toshkent
aqsh
vacheslav volodin
siyosat
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1c/30310142_0:116:2582:1568_1920x0_80_0_0_c36c4a86aefc33d8c4904d5e4cb23c6f.jpg
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. AQSh va uning Yevropadagi strategik hamkorlari o‘rtasidagi munosabatlar natijasi Vashington bilan hamkorlikning mumkin bo‘lgan oqibatlarini baholashda O‘zbekiston uchun namuna bo‘ldi, amerikaliklar “qo‘y terisida” kelishadi, biroq “bo‘rining tish qayrashi ko‘rinib turadi”. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.Davlat dumasi spikeri AQSh va Yevropa o‘rtasidagi munosabatlar “Yevropa uchun muammolar, ishsizlik, korxonalarning yopilishi” bilan yakunlanganini ta’kidladi.Uning so‘zlariga ko‘ra, “endi nihoyat Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari Rossiya energiya resurslari yevropaliklar farovonligi uchun asos bo‘lganini tan ola boshlashgan.U, shuningdek, O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida mushtarak tarix, an’anaviy qadriyatlar, madaniy muammolar kabi mavzularni o‘z ichiga olgan turli masalalar muhokama qilinganini aytdi.Eslatib o‘tamiz, Vacheslav Volodin boshchiligidagi delegatsiya 27-noyabr kuni Samarqandga tashrif buyurdi. U Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashdi.
https://oz.sputniknews.uz/20221128/ismoilov-va-volodin-hamkorlik-boyicha-parlamentlararo-komissiya-reglamentini-imzoladi-30308801.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1c/30310142_121:0:2470:1762_1920x0_80_0_0_7ea8d1be56a870b0b22f5039d468a333.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, toshkent, aqsh, vacheslav volodin , siyosat, rossiya
o‘zbekiston, toshkent, aqsh, vacheslav volodin , siyosat, rossiya
Volodin: “Toshkentda AQSh bilan hamkorlik nimalarga olib kelishini tushunishadi”
17:22 28.11.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) Davlat dumasi spikeri AQSh va Yevropa o‘rtasidagi munosabatlar hozir Yevropa uchun qanday tus olganini misol qilib keltirdi.
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. AQSh va uning Yevropadagi strategik hamkorlari o‘rtasidagi munosabatlar natijasi Vashington bilan hamkorlikning mumkin bo‘lgan oqibatlarini baholashda O‘zbekiston uchun namuna bo‘ldi, amerikaliklar “qo‘y terisida” kelishadi, biroq “bo‘rining tish qayrashi ko‘rinib turadi”. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin ma’lum qildi, deya yozadi
RIA Novosti. “Bu yerda odamlar dono, savodli, ular bu signallar nimaga olib kelishini tushunadi”, - dedi Volodin Toshkentga tashrifi chog‘ida AQSh vakillarining mintaqaga tashrifi ko‘payib qolganiga munosabat bildirayotib.
Davlat dumasi spikeri AQSh va Yevropa o‘rtasidagi munosabatlar “Yevropa uchun muammolar, ishsizlik, korxonalarning yopilishi” bilan yakunlanganini ta’kidladi.
“Amerikaliklar energiya resurslarini o‘zlari uchun bir xil narxda oladi, Yevropa uchun esa to‘rt baravar qimmatga yetkazib beradi, lekin shu bilan birga ular Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar urushiga jalb qilindi, arzon energiyadan foydalanishga imkon beradigan dasturlarimiz cheklandi, ular Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlarda sanoatning rivojlanishi uchun asos edi”, - deydi Volodin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “endi nihoyat Yevropa Ittifoqi davlatlari rahbarlari Rossiya energiya resurslari yevropaliklar farovonligi uchun asos bo‘lganini tan ola boshlashgan.
“Biz buning natijasini ko‘rib turibmiz. Buni Osiyo mamlakatlarida yashovchilar, ayniqsa, biz bilan doimo o‘zaro hurmat, do‘stlik va ichki ishlarga aralashmaslik tamoyillari asosida munosabat o‘rnatganlar tushunadi”, - deb hisoblaydi Davlat dumasi spikeri.
U, shuningdek, O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida mushtarak tarix, an’anaviy qadriyatlar, madaniy muammolar kabi mavzularni o‘z ichiga olgan turli masalalar muhokama qilinganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, Vacheslav Volodin boshchiligidagi delegatsiya 27-noyabr kuni Samarqandga
tashrif buyurdi. U Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashdi.