Shakar ishlab chiqarish hajmi oshdi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishSaxar
Saxar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2022
Obuna bo‘lish
Oktabr oyida shakar ishlab chiqarish hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan 10,5 % ga oshgan.
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Joriy yilning oktabr oyida 52,4 ming tonna shakar ishlab chiqarildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Qayd etilishicha, 2022-yilning yanvar-oktabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 544,5 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan.

“Shakar ishlab chiqarish hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan 10,5 % ga oshgan”, - deyiladi xabarda.

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston 10 ta xorijiy davlatlardan qiymati 48,6 ming tonna shakar import qilgan.
Rafinad, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2022
Rossiya kelasi yil ham YeOII davlatlariga shakar yetkazib beradi - Bodin
Yangiliklar lentasi
0