Sabzavotlar yetishtirishda qaysi hudud yetakchi?

Ovoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2022
Obuna bo‘lish
Sabzavotlar yetishtirish hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan 2,8 % ga oshgan, deyiladi xabarda.
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Joriy yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonda 8,0 million tonna sabzavotlar yetishtirilgan, Andijon viloyati bu borada yetakchi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.

“Sabzavotlar yetishtirish hajmi 2021-yilning mos davriga nisbatan 2,8 % ga oshgan”, - deyiladi xabarda.

Hududlar kesimida yetishtirilgan sabzavotlar hajmi:
• Andijon viloyati – 1,3 mln. tonna;
• Samarqand viloyati – 1,2 mln. tonna;
• Surxondaryo viloyati – 876 ming tonna;
• Farg‘ona viloyati – 819 ming tonna;
• Toshkent viloyati – 800 ming tonna;
• Buxoro viloyati – 674 ming tonna;
• Namangan viloyati – 613 ming tonna;
• Xorazm viloyati – 404 ming tonna;
• Qashqadaryo viloyati – 403 ming tonna;
• Jizzax viloyati – 308 ming tonna;
• Sirdaryo viloyati – 215 ming tonna;
• Navoiy viloyati – 214 ming tonna;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 201 ming tonna.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston 760,2 mln dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilgan. Qozog‘iston (517,4 ming tonna) va Rossiya (380 ming tonna) o‘zbek meva-sabzavotining asosiy xaridorlari.
Yangiliklar lentasi
0