Rossiya elchisi bilan hamkorlikni barcha darajalarda rivojlantirish muhokama qilindi

© MID UzbekistanaZamestitel ministra inostrannix del Uzbekistana Baxrom A’loyev prinyal posla Rossii v respublike Olega Malginova.
Zamestitel ministra inostrannix del  Uzbekistana Baxrom A’loyev prinyal posla Rossii v respublike Olega Malginova. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari va Rossiyaning mamlakatdagi elchisi ikki davlat hamkorligi misli ko‘rilmagan darajada yuqori darajaga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etishdi.
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Bahrom A’loyev Rossiyaning mamlakatdagi elchisi Oleg Malginovni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda tomonlar so‘nggi yillarda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Rossiya hamkorligi misli ko‘rilmagan darajada yuqori darajaga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
“Davlatlararo hamkorlikni barcha darajalarda rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollari to‘g‘risida fikr almashildi”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, kelgusi tadbirlarning jadvali va kun tartibi turli darajalarda ko‘rib chiqiladi. Tomonlar xalqaro va mintaqaviy institutlar doirasida muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Shuningdek, savdo-iqtisodiy aloqalar va sanoat kooperatsiyasini faollashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Yangiliklar lentasi
0