YaIDXP orqali nikoh tuzish to‘g‘risida ariza berish mumkin bo‘ladi

© PixabaySvadebnaya para
Svadebnaya para - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2022
Obuna bo‘lish
Fuqarolik holatini qayd etish bilan bog‘liq qator jarayonlarni amalga oshirish tartibi belgilanmoqda.
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali nikoh tuzish to‘g‘risida ariza berish tartibi belgilanmoqda. Bu haqda adliya vazirining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i loyihasida ko‘zda tutilgan.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e’lon qilingan quyruq loyihasi bilan:
dalolatnoma yozuvlarini eksterritorial tamoyil asosida qayd qilish tartibi joriy etilmoqda;
alfavit daftarlarini yuritish tartibi bekor qilinmoqda;
FHDYo organlarining ro‘yxatga olish daftarlarini faqat elektron shaklda yuritish tartibi belgilanmoqda;
FHDYo organlarining hisobotlarini faqat elektron tizim orqali olish tartibi belgilanmoqda;
chet davlatning vakolatli organlarida qayd qilingan dalolatnoma yozuvlari (tug‘ilish, nikoh, ajrim va o‘lim) haqidagi ma’lumotlarni FHDOning elektron tizimiga kiritish tartibi nazarda tutilmoqda;
dalolatnoma yozuvlari qayd qilinmaganligi haqidagi ma’lumotni FHDOning axborot tizimidan tekshirib olib tartibi belgilanmoqda;
YaIDXP orqali nikohga kirish haqida ariza berish tartibi joriy etilmoqda;
shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga shtamp qo‘yish tartibi bekor qilinmoqda;
o‘lim holati kompozit davlat xizmati sifatida qayd etilganda, gerbli guvohnoma rasmiylashtirib berish tartibini nazarda tutilmoqda;
vafot etgan fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini olib qolish tartibi bekor qilinmoqda;
familiya, ism va ota ismini o‘zgartirishda ichki ishlar organlarini elektron tizim orqali so‘rovnoma yuborish tartibi belgilanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 540-son qarori bilan Sirdaryo viloyatida 2022-yil 1-noyabrdan 2023-yil 1-iyulgacha nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun arizalarni hududdagi tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkazilishi belgilangandi.
Yangiliklar lentasi
0