Milliy liboslarga yangilik kerakmi – mutaxassis bilan suhbat

© SputnikV Tashkente proshel festival xan-atlasa
V Tashkente proshel festival xan-atlasa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2022
Obuna bo‘lish
Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonliklari aholisi liboslari o‘rtasida qanday farqlar bo‘lgan? O‘zbek milliy liboslariga yangilik kiritish kerakmi? Sputnik ushbu mavzuda badiiy liboslar mutaxassisi bilan suhbat qildi.
TOShKENT, 28 noya – Sputnik. O‘zbek milliy liboslarining bugungi kunda qayta ommalashib borayotgani odamni quvontiradi, albatta. Xo‘sh ularga yangilik kerakmi?
Sputnik ushbu mavzuda badiiy liboslar bo‘yicha mutaxassis, P.P. Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining “Tarixiy teatr liboslari san’ati bo‘limi” pedagogi Malika Qo‘ziyeva bilan suhbat qildi.
© Malika Qo‘ziyeva shaxsiy arxividanMalika Qo‘ziyeva
Malika Qo‘ziyeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2022
Malika Qo‘ziyeva
Darvoqe, yaqinda Qo‘ziyeva muallifligida noyabr oyining o‘rtalarida nodir tarixiy faktlarga ega “Xonliklar davri o‘zbek milliy libosi tarixi” kitobi nashrdan chiqdi. Unda O‘zbekiston hududlarining tarixiy kiyinish madaniyati bilan yaqindan tanishish mumkin.
- O‘zbek liboslarini o‘rganishni boshlashingizga nima sabab bo‘lgan?
- Oilamizda san’at bilan bog‘liq muhit hukmron bo‘lgan. O‘zbek milliy liboslarimiz juda ham yorqin, o‘ziga xos bichimga ega, boy bezakli bo‘lgani ham yoshligimdan e’tiborimni tortgan va shu sohada ta’lim olishimga, shu yo‘nalishda faoliyat olib borishimga sabab bo‘lgan.
- “Xonliklar davri o‘zbek milliy libosi tarixi” kitobini yozishga sizni nima ilhomlantirdi?
- “Tarixiy Teatr liboslari san’ati” bo‘limida 15-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqdaman. Albatta o‘quvchi yoshlarga o‘zbek milliy liboslari haqida tushuncha berish jarayonida adabiyotlarga tayanaman. O‘zbek milliy liboslari tarixini yanada batafsil yoritib berish orzusi menda avvaldan bor edi. Prezident tashabbusi bilan ta’sis etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi uni amalga oshirish uchun grant ajratdi. Shundan so‘ng bir yil davomida tadqiqot olib bordim, O‘zbekiston hududlarida joylashgan muzeylarga borib, eksponatlarni yaqindan o‘rgandim, fotosuratlar oldim.
- O‘zbek milliy liboslari tarixini o‘rganish uchun O‘zbekistonda yetarli manbalar bormi va ular qanday?
- Albatta, manbalar juda ko‘p. Vizual manba sifatida O‘zbekistondagi muzeylardagi milliy liboslarimiz kabi eksponatlar orqali o‘rganish mumkin. Shuningdek, tarixiy yozma manbaalar, adabiyotlar ham bor. So‘nggi yillarda ana shunday tadqiqot ishlari olib borish uchun ham keng imkoniyatlar ochilyapti.
© Malika Qo‘ziyeva shaxsiy arxividanO‘zbek milliy liboslari
O‘zbek milliy liboslari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2022
O‘zbek milliy liboslari
- O‘zbekistonda yashayotgan xalqlarning qadimiy libos namunalari qaysi xorijiy muzeylarda namoyish etilgan?
- Masalan, Parijdagi Luvr muzeyida, Rossiyadagi ko‘plab muzeylarda, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyida va boshqalarda milliy liboslarimizga oid eksponatlar keng tarqalgan. Chunki chet elliklarning liboslarimizga bo‘lgan qiziqishi yil sayin ortib bormoqda. Nafaqat muzeylarda, balki xorijliklarning shaxsiy kolleksiyalarida ham liboslarimizni uchratish mumkin.
© Malika Qo‘ziyeva shaxsiy arxividanO‘zbek milliy liboslari
O‘zbek milliy liboslari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2022
O‘zbek milliy liboslari
- Ma’lumki, O‘zbekiston hududida Xiva xonligi, Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligi mavjud bo‘lgan. Ularning xalqi va zodagonlari ham o‘ziga xos kiyingan bo‘lishi tabiiy. Xonliklarda liboslar qanday farq qilgan. Masalan, Qo‘qon xonligidan Buxoroga kelgan odamni kiyimiga qarab darrov tanib olish mumkin bo‘lganmi?
- Albatta, libosning bichimida, rang yechimida, bosh kiyim va zargarlik buyumlarida juda ko‘p farqlar bo‘lgan. Bu farqlar hudud, vohaning iqlimi, u yerda yashagan mahalliy aholining turmush tarzi, liboslarning silueti, ular tikilgan matolarining sifati, tikilish texnologiyalari, koloriti va bezagida aks topgan.
Xiva xonligi shimoliy vohada joylashgani bois u yerda junga ishlov berish texnologiyalari yuksak darajada bo‘lgan, ustki kiyimlarni qavilish usuli boshqa hudud liboslaridan tubdan farq kilgan, erkaklar bosh kiyimlari cho‘girma kabi bosh kiyimi ham faqat Xiva xonligiga xos bo‘lgan.
Qo‘qon xonligida do‘ppilar katta ahamiyatga ega bo‘lganligini, ularning turli bezatilishi, tikilish texnologiyalaridan ko‘rishimiz mumkin, liboslar sokin, bosiq rang yechimiga ega bo‘lgan.
Buxoro amirligi liboslari yorqin rangli, hashamdor ularning zardo‘zi kashtalari, erkaklarning sallalari va kamarbandlari haqida juda ko‘p gapirish mumkin.
© Malika Qo‘ziyeva shaxsiy arxividanO‘zbek milliy liboslari
O‘zbek milliy liboslari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2022
O‘zbek milliy liboslari
- XX asrda o‘zbek liboslari keskin o‘zgardi desak, xato bo‘lmaydi. Ham ayollar, ham erkaklar uchun yevropacha kiyim kiyish ommaviy kirib keldi. Lekin milliy liboslar ham butunlay unutilmadi. Masalan, do‘ppi bilan kostum shim kiyish o‘zbek klassikasiga aylandi desak, xato bo‘lmaydi. Shu mavzuda mutaxassis sifatida o‘z fikringizni bildirsangiz.
- XX asrdan boshlab Rossiya madaniyati ta’sirida bichimlar o‘zgarishni boshlagan. Kamzullar kaltalashib, ixchamlashib borgan. Lekin, o‘sha asrda ham ayrim hududlarda paranjilar saqlanib qolgan. Milliy liboslar butunlay unutilmaganiga keladigan bo‘lsak, bu borada ish olib borayotgan dizaynerlarimizga rahmat aytish kerak. Liboslar namoyishlarida milliylikning targ‘ib etilishi yoshlarning e’tiborini tortmay qolmadi. Yoshlar hozir do‘ppilarni faxr bilan kiyib yurmoqda. Bu, albatta, quvonarli.
- O‘zbek milliy liboslari naqsh va ranglar jilosi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, ularga hamohang tarzda taqiladigan taqinchoqlar va bosh kiyimlari ham chiroyli kompozitsiyani tashkil etadi. Hozirda tarixiy liboslar bilan bog‘liq an’ana davom etmoqda, lekin shu sohada biror yangilik yo‘qday. So‘nggi yillarda o‘zbekona biror mato yoki kiyim ommaviy rusum bo‘lgani haqida eshitilmaydi. Bu borada mutaxassislar qanday ishlarni olib bormoqda?
- Mening shaxsiy fikrim, agar bu borada qandaydir yangilik qilinsa, milliylikdan uzoqlashiladi. An’analarni saqlagan holatda qandaydir detallarni o‘zgartirish, hozirgi zamonga moslashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
- Hozirgi zamon o‘zbek ayollari liboslarida saqlanib qolgan eng qadimiy an’anaviy belgilar yoki xususiyatlar bormi?
- Bu narsalarni ko‘proq kelinlarda kuzatamiz. Milliy matolardan turli xil bichimda tikilgan, ko‘zga tashlanuvchi liboslar, tillaqosh-u zebigardonlar. Bular ko‘zni quvontiradi.
- O‘zbekiston an’anaviy musulmon hududi bo‘lgan. Islomiy kiyinishning O‘zbekistonga xos biror alohida belgilarmi bo‘lganmi?
- Biz tarixiy miniaturalarda bunday liboslarni ko‘rishimiz mumkin. Lekin, qora rangda emas. Ya’ni, qadimda ayollar qora rangda ro‘mol o‘rab yurmagan. Hozir ham bu borada to‘g‘ri yo‘nalish ko‘rsatilishi kerak, deb o‘ylayman.
- Ayni damda olib borayotgan izlanishlaringiz qaysi mavzuda?
- Buxoro amirligida, Qo‘qon xonligida erkaklar salla o‘ragan. Ularning o‘ralishi esa har xil bo‘lgan. Hozir shu borada izlanishlar olib borapman. Shuningdek, o‘zbek milliy poyabzallari, erkaklar belbog‘lari haqida ma’lumotlar izlab, ish olib bormoqdaman.
- Hozir Rossiya va boshqa chet davlatlarida an’anaviy o‘zbekcha matolari, o‘zbek milliy naqshlari bilan tikilgan kiyimlarga qiziqish ortib bormoqda. Kelajakda o‘zbek liboslarining yana qanday elementlari trendga chiqishi mumkin deb o‘ylaysiz?
- Ko‘pgina chet mamlakatlarda, sayyoh mehmonlarimizda o‘zbek milliy liboslariga, matolariga qiziqish katta, ularni liboslarimizning asrlar osha hech urfdan qolmaydigan bichimi, matolarimizning betakror dekorativ va rang yechimi, sifati o‘ziga jalb qiladi. Ancha yillardan beri milliy matolarimiz, aksessuar va kashtalarimizni nomi butun dunyoga mashhur libos dizaynerlari tomonidan liboslar to‘plamlarini yaratishda ko‘p foydalanishganini kuzatamiz. Aminmanki, matolarimiz, kashtalarimiz kelajakda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi.
Yangiliklar lentasi
0