https://oz.sputniknews.uz/20221128/jsst-maymun-chechagi-uchun-yangi-atamani-qollay-boshlaydi-30313404.html
JSST maymun chechagi uchun yangi atamani qo‘llay boshlaydi
JSST maymun chechagi uchun yangi atamani qo‘llay boshlaydi
Sputnik O‘zbekiston
Mutaxassislar “monkeypox” atamasi irqchilik va diskriminatsiyaga sabab bo‘lgani uchun yangi atama tanladi. 28.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-28T20:24+0500
2022-11-28T20:24+0500
2022-11-28T20:24+0500
dunyoda
jsst
maymun chechagi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/18/26470061_0:168:3045:1881_1920x0_80_0_0_27644b56dc87edf7095dbaea0338e0b3.jpg
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) irqchilik va kamsituvchi fikrlar tufayli endilikda maymun chechagiga nisbatan “monkeypox” so‘zi o‘rniga yangi “mpox” atamasidan foydalanadi. Bu haqda RIA Novosti tashkilot saytida e’lon qilingan bayonotga tayanib, xabar berdi.JSST ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil boshida maymun chechagi epidemiyasi boshlangach, Internetda va ba’zi jamiyatlarda irqchilik va qoralovchi fikrlar bildirilgan.JSST maymun chechagi epidemiyasini xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat sifatida tan oldi, biroq bu epidemiya xavf yuqori bo‘lgan Yevropadan tashqari dunyoning barcha mintaqalari uchun o‘rtacha xavf tug‘dirishini ta’kidladi.Maymun chechagi kamdan-kam uchraydigan virusli infeksiya bo‘lib, u odamlar orasida ham yuqishi mumkin. Bu odatda yengil kasallanish bo‘lib, ko‘pchilik bir necha hafta ichida tuzalib ketadi, ammo ba’zilarida asoratlar paydo bo‘lishi mumkin. Maymun chechagining dastlabki belgilariga isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, shishgan limfa tugunlari, titroq va charchoq kiradi. Ko‘pincha yuzdan boshlanib, tananing qolgan qismlariga tarqaluvchi toshma paydo bo‘lishi mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/18/26470061_157:0:2888:2048_1920x0_80_0_0_da03c53d09cb65896ef20bb97e854be8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, jsst, maymun chechagi
dunyoda, jsst, maymun chechagi
JSST maymun chechagi uchun yangi atamani qo‘llay boshlaydi
Mutaxassislar “monkeypox” atamasi irqchilik va diskriminatsiyaga sabab bo‘lgani uchun yangi atama tanladi.
TOShKENT, 28 noya — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) irqchilik va kamsituvchi fikrlar tufayli endilikda maymun chechagiga nisbatan “monkeypox” so‘zi o‘rniga yangi “mpox” atamasidan foydalanadi. Bu haqda RIA Novosti tashkilot saytida e’lon qilingan bayonotga tayanib,
xabar berdi.
“Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti jahon ekspertlari bilan bir qator muhokamalardan so‘ng ingliz tilidagi yangi “mpox” atamasini maymun chechagining sinonimi sifatida qo‘llashni boshlaydi. Maymun chechagi iste’moldan chiqib ketgunga qadar ikkala nom bir yil davomida barobar qo‘llaniladi”, - deyiladi hujjatda.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil boshida maymun chechagi epidemiyasi boshlangach, Internetda va ba’zi jamiyatlarda irqchilik va qoralovchi fikrlar bildirilgan.
JSST maymun chechagi epidemiyasini xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat sifatida tan oldi, biroq bu epidemiya xavf yuqori bo‘lgan Yevropadan tashqari dunyoning barcha mintaqalari uchun o‘rtacha xavf tug‘dirishini ta’kidladi.
Maymun chechagi kamdan-kam uchraydigan virusli infeksiya bo‘lib, u odamlar orasida ham yuqishi mumkin. Bu odatda yengil kasallanish bo‘lib, ko‘pchilik bir necha hafta ichida tuzalib ketadi, ammo ba’zilarida asoratlar paydo bo‘lishi mumkin. Maymun chechagining dastlabki belgilariga isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, shishgan limfa tugunlari, titroq va charchoq kiradi. Ko‘pincha yuzdan boshlanib, tananing qolgan qismlariga tarqaluvchi toshma paydo bo‘lishi mumkin.