Germaniyalik deputat AQSh Ukrainani Rossiya bilan mojaroga qanday tayyorlab kelganini aytdi

© AP Photo / Nariman El-MoftyFlag SShA v Kiyeve. Arxivnoe foto
Flag SShA v Kiyeve. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.11.2022
Obuna bo‘lish
Germaniya sotsial-demokratik partiyasi sobiq raisining so‘zlariga ko‘ra, AQSh Ukrainani Rossiya bilan mojaroga 2014-yildan buyon tayyorlab kelgan.
TOShKENT, 28 noya - Sputnik AQSh 2014-yilda Yevromaydan boshlangandan buyon Ukrainadagi mojaroni faol qo‘llab-quvvatlab kelyapti. Bu haqda Germaniya sotsial-demokratik partiyasi sobiq raisi Oskar Lafonten "Deutsche Wirtschafts Nachrichten" nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya yozadi RIA Novosti.

“O‘shandan buyon AQSh va uning g‘arblik vassallari Ukrainani qurol bilan ta’minlab, Kiyevni Rossiya bilan qarama-qarshilikka muntazam ravishda tayyorlab kelishgan. Natijada Ukraina de-yure bo‘lmasada, biroq de-fakto NATO a’zosiga aylangan. Buni esa g‘arblik siyosatchilar va davlat OAVlari atayin e’tiborga olmay kelishmoqda”, - deydi siyosatchi.

Uning fikricha, Vashington Yevropa Ittifoqi va Rossiya munosabatlarining sovuqlashishiga erishgan. Endi AQSh YeI mamlakatlari siyosatidan o‘zish imkoniyatiga ega bo‘lgan.
“Ular o‘zlarining iflos slanes gazini sotishapti, bu vaqtda esa Amerika mudofaa sanoati gullab yashnayapti”, - deya xavotir bildirgan Lafonten.
Uning qo‘shimcha qilishicha, boshqa tomondan esa AQSh Rossiyaga qarshi barcha rejalarini to‘liq amalga oshirishning uddasidan chiqmagan.

“Va o‘ylaymanki, AQSh muvaffaqiyatsizlikka uchraganini his qilmoqda. Ukrainaga qurollarning keng ko‘lamli yetkazilib berilishi va u yerga ko‘plab harbiy maslahatchilarni jo‘natganiga qaramay, yadroviy derjava bo‘lgan Rossiyani harbiy yo‘l bilan mag‘lub etish mumkin emasligi ma’lum bo‘ldi. Qolaversa, Rossiyaga qarshi sanksiyalar G‘arbning o‘ziga bumerang bo‘lib qaytdi”, - deb xulosa qilgan sobiq deputat.

Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan genotsidga uchragan insonlarni himoya qilish” ekanini aytgan. Putinning so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad - Donbassni ozod etish va Rossiyaning xavfsizligini kafolatlash.
Ukrainadagi maxsus operatsiya boshlangandan so‘ng G‘arb Moskvaga sanksiya bosimini kuchaytirdi. Natijada Yevropa va AQShda oziq-ovqat, elektr energiyasi hamda yoqilg‘i narxi qimmatlashdi. Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish - G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekani, cheklovlar esa butun dunyo iqtisodiyotiga zarba bo‘lganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh va ittifoqchilarining asosiy maqsadi millionlab insonlar hayotini yomonlashtirishdan iborat.
Yangiliklar lentasi
0