https://oz.sputniknews.uz/20221128/aqsh-30306772.html
AQSh rus madaniyatini bekor qilmaydi - Elizabet Rud
AQSh rus madaniyatini bekor qilmaydi - Elizabet Rud
Sputnik O‘zbekiston
AQShning Moskvadagi muvaqqat ishlar vakili amerikaliklarning rus madaniyatini hurmat qilishini bildirdi. 28.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-28T18:16+0500
2022-11-28T18:16+0500
2023-04-05T18:42+0500
dunyoda
aqsh
balet
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1c/30306613_0:0:640:360_1920x0_80_0_0_f44ea04d8e776b9fed2a3e915e0d8549.jpg
TOShKENT, 28 noya - Sputnik AQShda Rossiyadan kelgan san’atkorlar ishtirokidagi bir qator tadbirlar bekor qilinganiga qaramay, mamlakatda rus madaniyatiga chuqur hurmat bilan munosabatda bo‘lishadi. AQShda rus madaniyatining bekor qilish haqida hech qanday so‘z ketmayapti. Bu haqda AQShning Moskvadagi muvaqqat ishlar vakili Elizabet Rud ma’lum qildi.Shu bilan birga u rossiyalik artistlarni Ukraina bo‘yicha pozitsiyalari tufayli qabul qilishni istamagan vaziyatlar bo‘lganini tan oldi.“Ammo bu AQShda rus madaniyati taqiqlanganini bildirmaydi. Rus madaniyati amerikaliklar qalbida, universitetlarimizda, kutubxonalarimizda, teatrlar va konsert zallarida o‘z o‘rniga ega. U tirik va uning uchun hamma xursand”, - deydi Rud.“Misol keltiraman: bayramlar yaqin, va butun Amerika bo‘ylab katta-kichik shaharlarda balet truppalari va maktablari Chaykovskiyning “Shelkunchik” (“Qarsildoq”) baletini namoyish etishadi. Dekabrning ilk haftasida Nyu-York filarmoniyasi Shostakovich va Chaykovskiyning oltinchi simfoniyalarini ijro etishadi. O‘tgan hafta San-Fransisko opera teatri “Yevgeniy Onegin”ni namoyish etgan edi. Kitob do‘konlarida, AQSh kutubxonalari va universitetlarida rus mualliflarining kitoblari turibdi. Amerikalik talabalar va odamlar bu kitoblarni sotib olishadi, o‘qishadi va katta qiziqish bilan rus adabiyotini o‘rganishadi”, - deydi amerikalik diplomat.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/1c/30306613_80:0:560:360_1920x0_80_0_0_c9a47236598df454c12ac7263a9daf4f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, aqsh, balet, rossiya
dunyoda, aqsh, balet, rossiya
AQSh rus madaniyatini bekor qilmaydi - Elizabet Rud
18:16 28.11.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) AQShning Moskvadagi muvaqqat ishlar vakili amerikaliklarning rus madaniyatini hurmat qilishini bildirdi.
TOShKENT, 28 noya - Sputnik AQShda Rossiyadan kelgan san’atkorlar ishtirokidagi bir qator tadbirlar bekor qilinganiga qaramay, mamlakatda rus madaniyatiga chuqur hurmat bilan munosabatda bo‘lishadi. AQShda rus madaniyatining bekor qilish haqida hech qanday so‘z ketmayapti. Bu haqda AQShning Moskvadagi muvaqqat ishlar vakili Elizabet Rud ma’lum qildi.
“Ikki tomonlama munosabatlarimizga kelsak, biz elchixonamizni ochiq tutamiz va bu borada qo‘limizdan kelganini qilamiz. Odamlar o‘rtasidagi aloqalarni davom ettirish, rus madaniyati, rus san’ati va rus adabiyotiga his qilgan chuqur hurmat asosida madaniy-ma’rifiy aloqalarni saqlash uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz”, - dedi Rud RIA Novosti bilan suhbatda.
Shu bilan birga u rossiyalik artistlarni Ukraina bo‘yicha pozitsiyalari tufayli qabul qilishni istamagan vaziyatlar bo‘lganini tan oldi.
“Ammo bu AQShda rus madaniyati taqiqlanganini bildirmaydi. Rus madaniyati amerikaliklar qalbida, universitetlarimizda, kutubxonalarimizda, teatrlar va konsert zallarida o‘z o‘rniga ega. U tirik va uning uchun hamma xursand”, - deydi Rud.
“Misol keltiraman: bayramlar yaqin, va butun Amerika bo‘ylab katta-kichik shaharlarda balet truppalari va maktablari Chaykovskiyning “Shelkunchik” (“Qarsildoq”) baletini namoyish etishadi. Dekabrning ilk haftasida Nyu-York filarmoniyasi Shostakovich va Chaykovskiyning oltinchi simfoniyalarini ijro etishadi. O‘tgan hafta San-Fransisko opera teatri “Yevgeniy Onegin”ni namoyish etgan edi. Kitob do‘konlarida, AQSh kutubxonalari va universitetlarida rus mualliflarining kitoblari turibdi. Amerikalik talabalar va odamlar bu kitoblarni sotib olishadi, o‘qishadi va katta qiziqish bilan rus adabiyotini o‘rganishadi”, - deydi amerikalik diplomat.