https://oz.sputniknews.uz/20221127/rossiya-bosh-vaziri-ozbekistonga-keladi-30286746.html
Rossiya bosh vaziri O‘zbekistonga keladi
Rossiya bosh vaziri O‘zbekistonga keladi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, tashrif 1-2 dekabr kunlari amalga oshiriladi. 27.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-27T12:51+0500
2022-11-27T12:51+0500
2022-11-27T13:06+0500
siyosat
mixail mishustin
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/16/19354833_0:81:3090:1819_1920x0_80_0_0_587b8cb1a51feec243b0cdccd9ce4d95.jpg
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin 1-2 dekabr kunlari O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi xabar bermoqda.Samarqandda Rossiya-O‘zbekiston biznes forumi bo‘lib o‘tadi. Forumning asosiy majlisida Rossiya Hukumati rahbari Mixail Mishustin va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etadi.Forumda transport-logistika, sanoat loyihalari, savdo-iqtisodiy hamkorlik, kichik va o‘rta biznes o‘rtasidagi hamkorlik kabi masalalar muhokama qilinadi.Qolaversa, tadbir doirasida Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda rossiyalik ishlab chiqaruvchilarning Xalqaro biznes missiyasi bo‘lib o‘tgan edi. Respublikaga Rossiyaning tog‘-kon, metallurgiya va yuk tashish uskunalarini ishlab chiqaruvchi 15 ta korxonasi vakillari kelgandi.Yalpi majlisda ishtirokchilar O‘zbekiston bozoriga kirishning o‘ziga xos xususiyatlari, mamlakatda tashqi savdo faoliyatini tartibga solish va yuritish tartibi, kon-metallurgiya sanoatida loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyatlari, shuningdek, cheklovlar ostida eksport qilish istiqbollarini muhokama qilishdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/06/16/19354833_237:0:2968:2048_1920x0_80_0_0_c6a30997b91c16a9af1fba7ce8922131.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, mixail mishustin, o‘zbekiston
siyosat, mixail mishustin, o‘zbekiston
Rossiya bosh vaziri O‘zbekistonga keladi
12:51 27.11.2022 (yangilandi: 13:06 27.11.2022) Rossiyaning O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, tashrif 1-2 dekabr kunlari amalga oshiriladi.
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin 1-2 dekabr kunlari O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi
xabar bermoqda. Samarqandda Rossiya-O‘zbekiston biznes forumi bo‘lib o‘tadi. Forumning asosiy majlisida Rossiya Hukumati rahbari Mixail Mishustin va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etadi.
Forumda transport-logistika, sanoat loyihalari, savdo-iqtisodiy hamkorlik, kichik va o‘rta biznes o‘rtasidagi hamkorlik kabi masalalar muhokama qilinadi.
Qolaversa, tadbir doirasida Rossiya-O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda rossiyalik ishlab chiqaruvchilarning Xalqaro biznes missiyasi bo‘lib o‘tgan edi. Respublikaga Rossiyaning tog‘-kon, metallurgiya va yuk tashish uskunalarini ishlab chiqaruvchi 15 ta korxonasi vakillari kelgandi.
Yalpi majlisda ishtirokchilar O‘zbekiston bozoriga kirishning o‘ziga xos xususiyatlari, mamlakatda tashqi savdo faoliyatini tartibga solish va yuritish tartibi, kon-metallurgiya sanoatida loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyatlari, shuningdek, cheklovlar ostida eksport qilish istiqbollarini muhokama
qilishdi.