Quyuq tuman Farg‘ona vodiysidagi aeroportlar faoliyatini cheklab qo‘ydi

© Uzbekistan airportsQuyuq tuman Farg‘ona vodiysidagi aeroportlar faoliyatini cheklab qo‘ydi
Quyuq tuman Farg‘ona vodiysidagi aeroportlar faoliyatini cheklab qo‘ydi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2022
Obuna bo‘lish
Farg‘ona va Namanganga qo‘nishi lozim bo‘lgan reyslar Toshkentdagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi.
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Kecha tunda tushgan quyuq tuman Farg‘ona vodiysidagi aeroportlar faoliyatini cheklab qo‘ydi. Bu haqida Uzbekistan airports xabar berdi.
Aytilishicha, Farg‘ona va Namanganga qo‘nishi lozim bo‘lgan reyslar Toshkentdagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi.
Xususan, ob-havo sharoiti tufayli – ko‘rish masofasi 50 metrdan kam – “Aeroflot” aviakompaniyasining SU-1970 reysi Farg‘ona aeroportiga qo‘na olmay, Toshkent xalqaro aeroportiga yo‘naltirildi.
Samolyot poytaxtga mahalliy vaqt bilan 18:33da qo‘ndi. Poytaxtdan Farg‘onaga uchish Toshkent vaqti bilan soat 07:00da, Farg‘onadan Moskvaga (Sheremetevo) soat 08:50da rejalashtirilgan.
Shuningdek, “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Istanbuldan uchgan HY278 reysi mahalliy vaqt bilan soat 20:47da Toshkentga qo‘ndi.
Ko‘rinishning yomonligi (200 metr) tufayli Namangan aeroporti ham Yamal aviakompaniyasining Moskvadan uchgan LLM9113 reysini qabul qila olmadi. Samolyot Toshkentga soat 17:46da qo‘ndi.
Quyidagi reyslar ham ob-havo sharoiti tufayli kechiktirildi:
J91645/1646 Quvayt - Namangan - Quvayt (taxminiy yetib kelish vaqti - 22:10);
FZ 781/782 Dubay - Namangan - Dubay (kelish - 01:20);
LLM 9123/9114 Sankt-Peterburg - Namangan - Moskva (kelish soat 05:30);
HY82 Toshkent – Farg‘ona (kelish 21:50) va HH12 Toshkent – Farg‘ona (kelish soat 06:20).
Yangiliklar lentasi
0