O‘zbekistonga Rossiya Dumasi raisi Vacheslav Volodin keladi

© Gosudarstvennaya Duma RFPredsedatel GD vstretilsya s Predsedatelem Senata Uzbekistana
Predsedatel GD vstretilsya s Predsedatelem Senata Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2022
Obuna bo‘lish
Davlat Dumasi raisi boshchiligidagi delegatsiya vakillari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov va Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashadi.
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi raisi boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keladi. Bu haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat Dumasi raisi Vacheslav Volodin boshchiligidagi delegatsiya 27-28 noyabr kunlari mamlakatga tashrif buyuradi.
“Mazkur tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatida uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.
Delegatsiya vakillari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov va Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashadi.
Muloqotlar chog‘ida tomonlar parlamentlararo hamkorlikning bugungi holati, istiqboldagi rejalar hamda ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash va kengaytirish masalalarini muhokama qilishadi.
Yangiliklar lentasi
0