Kunlik koronavirusga chalinish holatlari o‘sishda davom etmoqda - SSV

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishEkspress-testirovanie na COVID-19 v aeroportu Vnukovo. Arxivnoe foto
Ekspress-testirovanie na COVID-19 v aeroportu Vnukovo. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish soni yana kun sayin ko‘paymoqda. Kecha 129 kishida kovid aniqlangan.
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. O‘zbekistonda kunlik koronavirusga chalinish holatlari o‘sishda davom etmoqda. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 26-noyabr kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 129 nafarni tashkil etdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
8 nafari Buxoro viloyatida,
4 nafari Jizzax viloyatida,
12 nafari Namangan viloyatida,
14 nafari Samarqand viloyatida,
2 nafari Sirdaryo viloyatida,
4 nafari Farg‘ona viloyatida,
1 nafari Xorazm viloyatida,
10 nafari Toshkent viloyatida,
72 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, kecha iyun oyidan beri mamlakatda kunlik kasallanish ko‘rsatkichlari soni ilk bor 100 dan oshgandi.
Yangiliklar lentasi
0